Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Detallarni parchinlash yordamida biriktirish
26-rasm. Gaz bilan payvand-
lash uchun uskunalar: 1 – qizdirgich; 2 – shlang lar; 3 – rеduktor; 4 – kislorodli ballon; 5 – atsеtilеnli ballon. 1 2 3 4 5 33 27-rasm. Elеktrpayvand uchun uskunalar: 1 – himoya niqobi; 2 – elеktrod; 3 – buyum; 4 – payvand apparati; 5 – simlar. 1 2 3 4 5 Gaz bilan payvandlash uskuna- sida ishlash nihoyatda ehtiyotkor- lik, tajriba va maxsus tayyorgar- lik talab qiladi. Elektrpayvandning ikkita turi mavjud: yoyli va kontaktli. Elektr yoyli payvandda asosiy bo‘lgan uskuna payvandlash ap- parati hisoblanadi. Simlarning biri ishlanadigan detalga, ikkinchisi elektrodga ulanadi. Elektordlar po‘lat elektrodli simlardan tay- yorlanadi. Payvand sifati yuqori bo‘lishi uchun elektrodlar maxsus o‘rama bilan qoplanadi va u metallni oksidlanishdan saqlaydi. Qo‘l bilan ishlatiladigan elektr yoy payvandlash jarayoni quyidagicha (27-rasm). Avval ulanadigan detallarning qalinli- giga qarab tok kuchi to‘g‘rilanib olinadi. Keyin detal va elek- trod qisqa tutashtiriladi, natijada kontakt bo‘lgan joyda ha- rorat keskin ko‘tariladi. Bundan keyin elektrod detaldan 3–5 mm uzoqlikka olinadi va elektr yoy paydo bo‘ladi. Keyin elektrod asta yurg‘iziladi va erigan metall ulanadigan joyga oqizib tushiriladi. Detallarni parchinlash yordamida biriktirish Parchinli birikmalar yuzi yassi bo‘lgan bir-birining sirtini yopgan detallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Parchinlash, asosan, aviatsiya, kemasozlik, ko‘prik qurilishida va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Uni tunukalarni biriktirish uchun ham ishlatsa bo‘ladi. Parchinlar uchi har xil shakldagi sterjen ko‘rinishida bo‘ladi (28-rasm). Ular shtamplash yo‘li bilan 3 – Mehnat ta’limi, 5-sinf 34 а b f d e egiluvchan metalldan (yumshoq po‘lat, mis, aluminiy) tay- yorlanadi. Tunukadan tayyorlangan detallarni parchinlash uchun bolg‘a, sumba (belgilovchi va teshuvchi), tortuvchi, siquvchi va mus- tahkamlovchi moslamalar ishlatiladi (29-rasm). Parchinlash uchun detal yog‘och brusiga o‘rnatilib (29-rasm, a) diamet- ri shunday bo‘lishi kerakki, unga parchin sterjen bemalol va zich kirishi kerak. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling