Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
-rasm. Yog‘ochning yorilishi. 45 Jihozlar
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi 1.
- Qarag‘ay.
- Dub (eman).
34-rasm. Yog‘ochning
yorilishi. 45 Jihozlar: Texnika xavfsizligi qoidalari plakati. O‘quv ustaxonalari- ning jihoz lanishi va tuzilishiga oid materiallar. Ishni bajarish tartibi 1. Mehnat uchun xavfsizlik qoidalari haqidagi plakatni o‘rganish. 2. Asboblarni ishlatish va saqlash qonun-qoidalarini o‘rganing. 3. O‘quv ustaxonalarida maxsus kiyimlar ro‘yxatini tuzib chiqing. 4. O‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarning o‘zini tutish qoidalarini o‘r- ganib chiqing va amal qiling. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘ochlar Duradgorlikda bir necha xil daraxt turlaridan foydalaniladi. Quyida shulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Terak. Terakning baqaterak va mirzaterak turlari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan tana va shoxlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Baqaterakning po‘stlog‘i oq-ko‘kish rangli, silliq, tanasining pastki qismida chatnog‘i bo‘ladi. Sershox, tanasi uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. Mirzaterakning po‘stlog‘i sarg‘ish, silliq, chatnash kam uchraydi. Tanasi to‘g‘ri, baqaterakka nis- batan kam shox bo‘ladi, undan yaxshi sifatli xoda olinadi. Shumtol. Shumtol yog‘ochi och-qizg‘ish rangli, puxta, pishiq, egiluvchan bo‘lib, ishlash qiyin. Lekin silliq randalani- ladi va yaxshi pardozlaniladi. Mayin tolali, yillik halqalari aniq bilinadi, tabiiy guli chiroyli. Bug‘langan holda yaxshi egiluvchan bo‘ladi. Shumtol mebel sanoatida, faner tayyor- lashda, kemasozlik, vagonsozlik, samalyotsozlik korxonalarida ishlatiladi. Qarag‘ay. Qarag‘ayning po‘stlog‘i qalin, to‘q jigarrang, yog‘ochi oq-qizg‘ish rangli, to‘g‘ri qatlamli, yengil, puxta, smolali bo‘lib, namga chidamli. Buk (qoraqayin). Qoraqayin sarg‘ish-qizg‘imtir tovlana- digan oqish tusli, radial qirqimi bo‘yicha chiroyli tabiiy gulli, nam ga chidamsiz, qattiq qovushqoq yog‘och. Shuning uchun un dan egib ishlanadigan mebellar, randalangan faner, chizma- 46 chi lik asboblari tayyorlanadi, mashinasozlik sanoatida ham ishlatiladi. Nok qizg‘ish-jigarrang, taramlari va chiziqlari kam seziladi. Bir tekis zichlikka ega, qattiq va silliq yog‘och. Ishlov berish qulay. Nok 150–300 yilgacha yashaydi. Dub (eman). Eman yog‘ochi to‘q jigarrangli, yillik halqa- lari aniq bilinadi, chiroyli tabiiy gulli, yirik tolali bo‘ladi. Mexanik xossalari juda yuqori, ishlash qiyin, zichligi katta. Suvda chirimaydi, namga chidamli, yaxshi pardozlanadi. Shu- ning uchun undan yerosti qurilishlarida, mashinasozlikda, me- bellarni tayyorlashda mebel korxonalarida keng foydalaniladi. Chinor. Chinor daraxtining po‘stlog‘i qizg‘ish sariq tusli, silliq, yupqa bo‘ladi. Yog‘ochi pishiq-puxta, qattiq, ishlash ancha qiyin, qizg‘ish-qoramtir rangli, chiroyli tabiiy gulli, yax shi pardozlanadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlanadi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling