Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Yog‘och turlari qaysi belgilari bilan farqlanadi? 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Yog‘och turlari qaysi belgilari bilan farqlanadi?
2. Ignabargli daraxtlarga misollar keltiring.
3. Yumshoq yog‘ochli ninabargli daraxtlar qaysilar?
4. Yaproqli daraxtlardan qaysilarining yog‘ochi yumshoq?
5. Qattiq yoki mo‘rt yog‘ochlardan nimalar yasash mumkin?
Yog‘ochlarning umumiy xossalarini o‘rganish, ishga yaroqliligi va 
yaroqsizligini aniqlash. Yog‘ochning sifatini aniqlash.
Jihozlar: Yog‘och namunalari. 
Ishni bajarish tartibi
1. Yog‘och namunalaridan yog‘och turlarini aniqlashga doir mashq-
larni bajarish.
2. Yog‘ochlarning mustahkamligini va namlikka chidamliligini aniq-
lash.
3. Yog‘och namunalaridagi ko‘zlarning holatiga qarab sifatini aniq-
lashga qaratilgan mashqlarni bajarish.
4. Yog‘och namunalarini tahlil qilish orqali ular qaysi daraxtdan tay-
yorlanganligini aniqlash.
2
.2. ASBOB-USKUNALAR, MOSLAMALAR VA ULARDAN 
FOYDALANISH
Duradgorlik dastgohlari 
Duradgorlik dastgohlarida yog‘ochga ishlov berish jarayon-
lari bajariladi. Ma’lumki, duradgorlik dastgohlarining tuzilishi 
har xildir. Duradgorlik dastgohlari turlicha bo‘lsa-da, ularn-
ing hammasida yog‘och yoki metall asos (dastgoh tagligi) 
va iskanjali yog‘och qopqoq mavjud. Asosda stol o‘rnatilgan 
bo‘ladi. Stolning asosiy qismlari bo‘ylama va ko‘ndalang 
tiskilardan, ponalar o‘rnatish uchun teshiklar ochilgan ish 
taxtasi va asbob-uskunalar qo‘yish uchun moslangan novdan 


51
iborat. Har bir ish o‘rniga alohida asbob-uskunalar, yog‘och 
materiallar qo‘yiladi (37-rasm). Ular dastgoh noviga xavfsiz-
lik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib o‘rnatiladi. 
Dastarra, randa, iskana, bolg‘a kabi asboblarning dastalari 
ishlovchiga qaratib joylanadi.
Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta mate-
rialning uzun-qisqaligiga, enli-ensizligiga qarab tilinadi yoki 
qirqiladi.
Asboblar dastgohda foy-
dalanish uchun qulay ho-
latda turishi kerak.
Duradgorlik dastgohi-
ning iskanjasida vintli 
mexanizmdan foydalaniladi 
(38-rasm). Uning yordami-
da vint dastgohini burab 
siquvchi taxtacha suriladi 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling