Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Yog‘ochlarning sifati va nuqsonlarini aniqlash
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
Yog‘ochlarning sifati va nuqsonlarini aniqlash
Yog‘ochning sifati uni kuzatish va sinab ko‘rish orqali aniqlanadi. Kuzatib tekshirishda yog‘och olinadigan daraxtning tanasi va butoqlari qanchalik to‘g‘ri, bir tekis yo‘g‘onlikda ekanligi hamda sog‘lomligi aniqlanadi. Ko‘p daraxtlarning tanasidan eng asosiy yog‘och olinadi. Daraxtning yog‘och olinadigan qismlari qanchalik to‘g‘ri, uzun va tekis yo‘g‘onlikda hamda sog‘lom bo‘lsa, shunchalik yuqori sifatli bo‘ladi. Agar yog‘och tanasidan yon tomonga butoq va shoxlar ko‘p o‘sgan bo‘lsa, yog‘och sifati pasayadi. Tanasi bukilib yoki buralib o‘sgan, to‘g‘ri yoki kalta bo‘lgan daraxtning yog‘ochi kerakli maqsadlarda foydalanish uchun yaproqsizligi sababli past sifatli hisoblanadi. Shu bilan birga bu daraxtlarning yog‘ochidan turli mayda buyumlar yasashda qulay bo‘lgan holda shunday maqsadlar uchun sifatli yog‘och deb hisoblanadi. Zararkunandalar yetkazadigan shikastlar, shuningdek, yog‘och ni quritish va saqlash davrida yuzaga keladigan hamda har xil boshqa tabiiy nuqsonlar yog‘och nuqsonlari sanaladi. Yog‘och zararkunandalari o‘sib turgan daraxt larga 49 va yog‘och buyumlarga zarar yetkazuvchi turli zamburug‘lar hamda yog‘och kemiruvchi qo‘ng‘izlardan iborat. Bunday zamburug‘lar daraxtlarning yog‘och qismini, ay- niqsa, o‘zagini chiritadi. Ular yog‘och tanasining turli joy- lari ga zarar yetkazishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zgarishlar 36-rasmda ko‘rsatilgan. Yog‘ochning ushbu zararkunandalariga qarshi turli kimyo- viy moddalar yordamida kurashiladi. Yog‘och va yog‘och materiallarni quritish va saqlash dav ri- da bir qator nuqsonlar yuzaga kelishi mumkin. Ular noto‘g‘ri quritilishi natijasida egilishi, buralishi, yorilishi hamda quruq va shamollatiladigan joyda saqlamaslik natijasida chirishi mumkin. Shuningdek, yog‘och zamburug‘lari va yog‘ochxo‘r qo‘ngizlardan himoya qilinmaslik natijasida shikastlanadi. Bunday nuqsonlarning oldini olish uchun yog‘och va yog‘och materiallarini quritish, saqlash, zararkunandalardan himo ya qilish qoidalariga rioya qilish lozim. 36-rasm. Yog‘ochning holatiga qarab ko‘zlarning xillari: a) oqish sog‘lom ko‘z; b) qoramtir sog‘lom ko‘z; d) chiriy boshlagan ko‘z; e) chirigan ko‘z; f) po‘kak ko‘z. a b d e f 4 – Mehnat ta’limi, 5-sinf |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling