Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
-bob. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-rasm .
- Yog‘ochga ishlov berishda texnika xavfsizligi qoidalari
2-bob. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH
TEXNOLOGIYASI 2.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR Yog‘ochga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi Yog‘ochga ishlov berish mashg‘ulotlari maktabning tegishli ustaxonasida o‘tkaziladi. Unda har biringizga doimiy ish o‘rni, ya’ni xonaning dastgoh o‘rnatilgan muayyan qismi ajra tiladi (30-rasm). Har bir ish o‘rni o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lishi za rur. Ish o‘rni maxsus moslamalar: tumbochka, suriluvchi quti, shkaf, asbob-uskuna uchun javon, himoya ko‘zoynagi, chiz- malar va h.k. bilan jihozlanishi hamda ularning ish o‘rnidan tashqariga chiqib turmasligi ta’minlanishi kerak. 30-rasm. Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida ish o‘rinlarining taxminiy joylanish rejasi: 1 – o‘qituvchining ish o‘rni; 2 – qo‘l yuvgich moslamasi; 3 – dori-darmon qutisi; 4 – asbob-uskuna va materiallar javoni; 5 – dastgohlar; 6 – o‘quv-ko‘rgazma qurollari javoni; 7, 8, 9, 10, 11 – frezerlash, parmalash, yog‘och ishlash tokarlik stanoklari, randalash, arralash stanoklari; 12 – charx; 13 – materiallar tokchasi. 8 7 13 9 9 12 10 11 150 3 2 4 4 60 80 130 300 700 6 1 5 600 1200 39 Ish o‘rni va yo‘laklarni material, namuna buyum yoki chiqit - lar bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi. Asboblar uskuna yonidagi saqlanishi mumkin bo‘lgan quti, shkaf, mashina konstruksiyasida ko‘zda tutilgan holda uning ichki qismida maxsus joyda saqlanishi kerak. Ish o‘rnida hamma vaqt namunali tartib bo‘lishi va u yerga faqat mazkur dars uchun kerakli asboblar qo‘yilishi lozim. Yog‘ochga ishlov berishda texnika xavfsizligi qoidalari Maktab ustaxonalarida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya qilish zarur. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin ish kiyimini kiyish kerak. Ustaxonaga qo‘ng‘iroq chalinmasdan oldin kelish, har bir o‘quvchining qo‘lida o‘quv qurollaridan kundalik daftar, dars- lik, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich bo‘lishi shart. Mashg‘ulot boshlanishida har kim o‘zining ish o‘rnini ko‘zdan kechirishi va uni ishlash uchun taxt qilishi lozim. Shuningdek, hamma o‘z ish o‘rnida ishlashi va o‘qituvchining ruxsatisiz hech kim u yerdan ketmasligi kerak. Asboblar, moslamalar va uskunalarni ehtiyotlab saqlash, xomashyo- lardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ishni to‘xtatish va uning tushuntirishlarini diqqat-e’tibor bilan tinglash kerak. Tanaffus vaqtida deraza darchalarini ochib qo‘yib, so‘ng usta- xonadan chiqish lozim. Tanaffusdan keyin har kim o‘zining ish o‘rniga keladi va ishlashni davom ettiradi. Ish tugagach as- boblar, moslamalar, materiallar artib tozalanadi va joy-joyiga qo‘yiladi, ish o‘rni yig‘ishtiriladi, tayyorlangan buyum top- shiriladi, kiyimlar tozalanadi va qo‘llar yuviladi. O‘qituvchi ruxsat berganidan keyingina ustaxonadan chiqish mumkin. Ustaxonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda ish xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilib olish va ularga to‘liq rioya 40 etish lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: 1. Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatning qo‘l va old tugmalari qadalgan bo‘lishi kerak), bo‘yinbog‘ uchla- rini qis tirish. 2. Ish o‘rnini, asboblarni ko‘zdan kechirish va ish latishga tayyorligini tekshirish. 3. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnidan uzoqlashmaslik. 4. Asboblar va xomashyolarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish. 5. O‘qituvchining ruxsatisiz dastgohlarda ishlamaslik, tuzi- lishi o‘rga nilgan uskunalardangina foydalanish. 6. Faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish, ularni o‘z o‘rnida ishlatish, asboblarni ish o‘rniga ulardan foydalanish uchun qulay holatda joylashtirish. 7. Ish yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan ke- chirish, nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchini ogohlantirish. 8. Ish o‘rnini payraxa va qipiqlardan maxsus cho‘tka bilan tozalash. 9. Mehnatda xavfsizlik qoidalari buzilgan yoki jarohatla- nish yuz bergan hollarda darrov o‘qituvchiga xabar qilish. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling