Umumiy o`rta ta`lim maktablarining boshlang`ich sinf matematika darslarida didaktik o`yinlardan foydalanish


Download 17.36 Kb.
Sana04.09.2020
Hajmi17.36 Kb.
#128502
Bog'liq
10. Зиёмиддинова Нилуфар Авазбековна


UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARINING BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH.

Ziyomiddinova Nilufar Avazbekovna

28-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Chortoq tumani, Namangan viloyati

Hozirgi kunda o`quvchilarni matematika faniga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida darslarni didaktik o`yinlar orqali tashkil etilmoqda. Ta`lim-tarbiya jarayonida pedagogning innovatsion texnologiyalarni qo`llashi, o`quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan darslar asosida tashkil etish, o`quvchilar bilim, ko`nikma malakalarini oshirish zarurdir.

Darslarda didaktik o’yinlardan foydalanish natijasida o’quvchilar to`g`ri va aniq fikrlay olish, xulosalarni to`g`ri qabul qilish, muammolarni birgalikda hal etish, hayotda o`z fikriga ega bo`lish ko’nikmalari shakllanadi.

Boshlang`ich sinf o`quvchilariga dastlabki matematik tushunchalarni o`rgatish ushun o`qituvchi ta`limning eng qulay usullaridan foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Bunda didaktik o`yinlarning ahamiyati juda katta. Shuning uchun o`quvchilarga berilayotgan bilimlar ularning yosh xususiyatiga muvofiq o`yin tariqasida tashkil etiladi. Bunday o`yinlar orqali o`quvchilar matematika fanidan darslikda berilgan, o`zlashtirish qiyin bo`lgan mavzularni oson o`zlashtiradi va shu bilan birga atrof-muhit, voqealarini kuzatishga, solishtirib ko`rish, ular to`g`risida fikrlash, ulardan to`g`ri xulosa chiqarishga o`rganadilar. O`quvchilarni matematika faniga qiziqtirish va bilim, ko`nikma va malaka egallashga yordam beradi.

Didaktik o`yinlar asosan ta`lim jarayonida yosh xususiyatlari va tayyorgarliklariga qarab amalga oshiriladi, ularga bilim va ma`lumotlar berishni yengillashtiradi, ta`limda ko`rgazmalilikni ta`minlashga yordam beradi. Ayniqsa, matematika darslarida olib boriladigan ta`limiy o`yinlarning ahamiyati katta. O`yin faoliyati bolalarning jismoniy va psixik jihatdan har tomonlama rivojlanishi uchun hizmat qiladi. O`quvchilarning tabiatiga mos tushuvchi o`yinlar o`quv –tarbiyaviy jarayonni faol tashkil etishga yordam beradi.

Didaktik o`yinlarning tarbiyaviy ahamiyati tajribada shuni ko`rsatdiki, ular hamjihatlik va intizomlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o`yin g`alaba qozonishga intilish bilan bog`liq bo`lib, o`yin shartlari va qoidalariga qat`iy

va izchil rioya qilishni talab qiladi. “Kim aniqroq va tezroq”, “Bo`sh kelma”, “Eng yaxshi hisobchi”, “Ko`rganni eslab qolish” kabi o`yinlarni o`tkazish paytida o`quvchilarni sinf xonasida jimjitlik bo`lishiga, ularning o`zlarini tuta bilishlariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq uchida doskaga chiqa olishlariga, joylariga osoyishtalik bilan kelib o`tirishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga,
narsalarga zehn bilan qarashlariga yordam beradi.

Didaktik o`yinlarda tirishqoqlik, matonatlilik, boshlagan ishini oxirigacha yetkaza bilish, eng kerakli irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. Didaktik o`yinlar orqali o`qituvchi bilan o`quvchilar orasida yaqinlik, hamkorlik paydo bo`ladi. O`quvchilarda tortinchoqlik, uyatchanlik kabi fazilatlar yo`qolib, o’ziga ishonch paydo bo`ladi.



Didaktik o`yinlar o`quvchi oldiga qo`ygan maqsadlar sari erishishiga yangi imkoniyatlar yaratib beradi. Hayotlari davomida to`g`ri fikrlash, o`zlariga bo`lgan ishonch, to`g’ri va aniq xulosalar qabul qilishlariga yordam bera oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. M.E.Jumayev, N.T.Axmedova, B.S.Abdullayeva, N.U.Aslonova. “Boshlang`ich sinflar uchun matematikadan didaktik materiallar”. Toshkent. 2016 yil. 43-45 betlar.


  2. E.E.Jumayev. “Boshlang`ich matematika nazariyasi va metodikasi”. O’quv qo’llanma. Toshkent, “Turon-Iqbol” nashriyoti. 2010 yil.



F.I.Sh:

Ziyomiddinova Nilufar Avazbekovna

Yo’nalish:

  1. Maktabda umumta’lim fanlarini o’qitish metodikasi

Maqola nomi:

Umumiy o`rta ta`lim maktablarining boshlang`ich sinf matematika darslarida didaktik o`yinlardan foydalanish

Ish joyi:

28-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Lavozimi:

Boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Ilmiy daraja va unvoni:

-

Ish joyi va mobil telefoni:

+998945908380

e-mail:

azamatmadrahimov80@mail.ru

Download 17.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling