Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” hamda yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yoshlik sport jamoalari” respublika birinchiligini tizimli tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida


-bob. Musobaqalarni o‘tkazishga rahbarlik qilish


Download 58 Kb.
bet4/5
Sana27.01.2023
Hajmi58 Kb.
#1132833
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ilova

5-bob. Musobaqalarni o‘tkazishga rahbarlik qilish

19. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston basketbol, voleybol, gandbol, stol tennisi va badminton federatsiyasilari tomonidan amalga oshiriladi.


Musobaqani bevosita tashkillashtirish va o‘tkazish O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi hamda uning joylardagi mintaqaviy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi, shuningdek musobaqalarni o‘tkazuvchi tashkiliy qo‘mitalar, sport turlari bo‘yicha assotsiatsiya
va federatsiyalar tomonidan biriktirilgan hakamlar musobaqalarning barcha bosqichlariga rahbarlik qiladilar.
20. Musobaqalarning barcha bosqichlarini o‘tkazish majburiyati quyidagi mas’ullarga yuklatiladi:
a) umumiy o‘rta ta’lim maktabi va maktablararo bosqichlarini o‘tkazish
- joylardagi xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tuman (shahar) rais o‘rinbosarlari;
b) tuman (shahar), viloyat bosqichini o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar mintaqaviy bo‘limlari rais o‘rinbosarlari;
d) respublika (final) bosqichini o‘tkazish O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi;
e) musobaqalarning barcha bosqichlarini o‘tkazishni muvofiqlashtirish O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashidagi respublika shtabiga hamda bosh hakamlar hay’atiga.


6-bob. Musobaqalar g‘olib va sovrindorlarini mukofotlash
hamda moliyalashtirish

21. Musobaqalarni maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarni esdalik sovg‘alari, diplom (sertefikat) bilan taqdirlash O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshlang‘ich tashkilotlari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.


22. Maktablararo bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalarni esdalik sovg‘alari, diplom bilan taqdirlash O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
23. Tuman (shahar) bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni esdalik sovg‘alari, tegishli darajadagi medal, diplomlar bilan taqdirlash O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining mintaqaviy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
24. Viloyat bosqichlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarini esdalik sovg‘alari, tegishli darajadagi medal, diplomlar bilan taqdirlash O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining mintaqaviy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
25. Respublika (final) bosqichida 1-3-o‘rinni egallagan jamoalar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’sis etilgan diplom, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanadilar.
26. Musobaqa ishtirokchilari, g‘olib va sovrindorlari homiylar hamda manfaatdor tashkilotlar tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlanishi mumkin.



Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling