7-bob. Yakuniy qoidalar
27. Musobaqa natijasi bo‘yicha berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun uch kishidan iborat Appellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Appellyatsiya komissiyasi tarkibi tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
28. Musobaqa natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar musobaqa yakunidan so‘ng 15 daqiqa ichida Appellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi shart.
29. Shikoyatlar taqdim etilgandan so‘ng Appellyatsiya komissiyasi tomonidan 1 soat ichida ko‘rib chiqilib, asoslangan tarzda o‘rganish natijasi shikoyatchiga e’lon qilinadi.
30. Musobaqada ishtirok etuvchi o‘quvchilarning sinfi mazkur Nizomda ko‘rsatilgan sinfdan yuqori bo‘lganda, ishtirokchi qalbakilashtirilgan hujjat bilan musobaqalarga jalb etilganligi tasdig‘ini topsa, jamoa ko‘rsatgan natija bekor qilinib, ushbu jamoaga umumjamoa hisobida oxirgi o‘rin beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |