4-bob. Musobaqalarni o‘tkazish muddati, ishtirok etish shartlari
12. Musobaqalarning maktab va maktablararo bosqichi iyun oyida, tuman (shahar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi iyul oyida o‘tkaziladi.
Musobaqalarning Respublika (final) bosqichi joriy yilning avgust oyida o‘tkaziladi.
13. Musobaqalarning barcha bosqichlarida sog‘lig‘ida tibbiy nuqsonlari bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan o‘quvchilar ishtirok etadilar.
14. Maktablararo va tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etish uchun talabnomalar musobaqalar boshlanishidan kamida besh kun oldin hududiy tashkiliy qo‘mitaga taqdim etilishi lozim.
15. Maktablararo va tuman (shahar) bosqichida ishtirok etish uchun quyida ko‘rsatilgan hujjatlar rasmiylashtiriladi va hakamlar hay’atiga taqdim etiladi:
a) jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan shakllantirilgan, shifokor ko‘rigidan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan va umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida tuzilgan talabnoma;
b) maktablararo va tuman (shahar) bosqichida ishtirok etuvchi jamoa a’zolari to‘g‘risida (har biri uchun) maktab direktori tomonidan tasdiqlangan (3x4 o‘lchamdagi fotosurati bilan) ma’lumotnoma;
d) musobaqa ishtirokchilarining tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
16. Musobaqaning viloyat va respublika (final) bosqichlarida hakamlar hay’ati mandat komissiyasiga hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan imzolangan va muhrlangan 2 nusxada talabnoma, shuningdek har bir ishtirokchining quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
a) tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi);
b) sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi;
d) o‘qish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan (3x4 o‘lchamdagi fotosurati bilan) ma’lumotnoma;
17. Musobaqalarda ishtirok etish uchun hujjatlar musobaqadan bir kun oldin hakamlar hay’atiga taqdim etiladi.
18. Mazkur Nizomning 15 va 16-bandlarida keltirilgan hujjatlarni to‘liq yoki qisman taqdim etmagan jamoalar musobaqalarga qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |