Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga


-2022 o‘quv yil uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qoshida logopediya shoxobchalarini tashkil etish to‘g‘risida


Download 104.14 Kb.
bet4/5
Sana19.12.2022
Hajmi104.14 Kb.
#1032517
1   2   3   4   5
Bog'liq
Feruza 12.11.2022

2021-2022 o‘quv yil uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qoshida logopediya shoxobchalarini tashkil etish to‘g‘risida
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuniga muvofiq umumiy o’rta ta’lim muassasalari boshlang’ich sinf o’quvchilarining fanlar bo’yicha o’quv dasturlarini o’zlashtirishlariga to’sqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etishda, ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy va ahloqiy kamol topishida pedagoglar va o`quvchilarning ota-onalari yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarga yordam ko`rsatish, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 oktabrda 2722-raqam bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Umumiy o`rta ta`lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to`g`risida”gi Nizomda belgilangan vazifalarni ijrosini ta`minlash maqsadida buyuraman:

  1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilani aniqlash

va saralab olish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlarining logopedik ko‘rik natijalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinda maktab deb ataladi) qoshida tashkil etiladigan logopediya shoxobchalari va ularga biriktirilgan maktablar dislokatsiyasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  2. Logopediya shoxobchasi tashkil etiladigan maktab direktorlariga:

  • logopediya shoxobchasi uchun boshlang‘ich sinflarga yaqin joyda tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga javob beradigan, umumiy maydoni 20 kv. metrdan kam bo‘lmagan xona

ajratish;

  • Nizomning 1-ilovasidagi talablarga muvofiq jihozlash choralarini ko‘rish;

  • yangi ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchi-logoped (defektolog)lani xalq ta’limi bo‘limining tavsiyasiga asosan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buyrug‘ bilan rasmiylashtirish;

  • o‘qituvchi-logoped (defektolog)lani belgilangan tartibda tarifikatsiyadan o‘tkazish;

-logopediya shoxobchalariga o‘quvchilani qabul qilish bo‘yicha buyruqni rasmiylashtirish va belgilangan shtat bo‘yicha guruhlani shakllantirish;

  • logopediya shoxobchasi mashg‘ulotlar jadvalini tasdiqlash va umumiy dars jadvali yoniga osib qo‘yish;

  • maktab jamoasi va o‘quvchilaning ota-onalari yoki ulaming o‘rnini bosuvchi shaxslarga tushuntirish ishlarini olib borish vazifalari yuklatilsin.

4. Logopediya shoxobchasiga biriktirilgan maktab direktorlariga:

  • maktab jamoasi va o‘quvchilarning ota-onalari yoki ulaming o‘nini bosuvchi shaxslarga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish;

  • o‘quvchilani mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida borishini nazorat qilish va havfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish;

  • darsga kelmagan o‘quvchi haqida logopediya shoxobchasi o‘qituvchilarini o‘z vaqtida ogohlantirish;

  • logopediya shoxobchasida o‘tilayotgan mashg‘ulotlar (dars) tahlilida muntazam ishtirok etib borish vazifalari yuklatilsin.

  1. Xalq ta’limi bo‘limi kadrlar bo‘yicha inspektor-metodist (__________)ga:

-logopediya shoxobchalarini mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;

    • yangi ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchi-logoped (defektolog)larga tavsiyanoma berish;

    • mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda о‘qituvchi-logoped (defektolog)lani hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.

  1. Xalq ta’limi bo‘limi bosh iqtisodchisi (________) Nizom talablari asosida shtat biliklarini ajratish va belgilangan tartibda tarifiksiyadan o‘tkazish vazifalari yuklatilsin.

  2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalarida og‘zaki nutq nuqsonlari va tovushlar talaffuzida, jismoniy va psixik rivojlanishida kamchiliklarini korreksiyalash bo‘yicha o‘quvchilar bilan mashg‘ulot olib borayotganliklarini inobatga olib o‘qituvchi-logoped

(defektolog)lani oylik maoshlariga 100 foiz qo‘shimcha haq belgilansin.

  1. Bolalami ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quwatlash markazi metodisti (______________) ga:

  • logopediya shoxobchasida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-logoped (defektolog)larga amaliy va metodik yordam berish;

  • logopediya shoxobchasidagi o‘quvchilar harakatini monitoringini olib borish;

  • Nizom talablari asosida har chorakda o‘qituvchi-logoped (defektolog)lani hisobotini olish, umumlashtirish va viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.

  • tashkil etilgan logopediya shoxobchalarini o‘qituvchi-logoped va defektolog mutaxassis kadrlar bilan to‘liq ta’minlanish choralarini ko‘rish;

  • o‘qituvchi-logoped(defektolog)lar uchun haftada bir marta faoliyatiga doir o‘quv- seminarlar tashkil etish hamda doimiy amaliy-metodik yordam berib borish;

  • o‘quvchilar nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga doir logopedik bilimlani ta’lim jarayoni ishtirokchilari, o‘qituvchilar va aholi o‘rtasida targ‘ib qilish vazifalari yuklatilsin.

9. Mazkur buyruqning ijro nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.

Download 104.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling