Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyаlar


Download 41.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.06.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1656557
  1   2
Bog'liq
birinchi qungiroq senariysi (2)



Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
 “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha 
TAVSIYАLAR 
“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon” 
(2019/2020-o’quv yilida birinchi qo‘ng‘iroq bayram tadbirini tashkil etish bo‘yicha 
tavsiyalar) 
Tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi”ga tayyorgarlik ko‘rish 
va 
uni 
o‘tkazish 
to‘g‘risida”gi 
2019 
yil 

iyuldagi
PQ-4386-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019 
yil 11 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz 
yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi 231 sonli 
buyrug‘i asosida tashkil etish; 
Mamlakatimizdagi 
barcha 
umumiy 
o‘rta 
ta’lim 
muassasalarida
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etish 
maqsadida quyidagilarga amal qilishingiz tavsiya etiladi: 
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini joriy yilning 2 
sentabr kuni soat ertalabki 8:00 da 
Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon”
 
shiori ostida tashkil etish; 

maktab maydoni mustaqillik bayrami kayfiyatida bayramona “Birinchi 
qo‘ng‘iroq” va Mustaqillikning yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan “Jonajon 
O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon” shiori, devoriy gazetalar va bukletlar bilan 
bezatiladi. (maktab imkoniyatdan kelib chiqqan holda sahna qo‘shimcha bezaklar 
bilan bezatilishi mumkin) 
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarining maktab hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin 
ochiq maydonlarida o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona 
shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash; 
- tadbirda o‘quvchilar belgilangan maktab formasida kelishini ta’minlash;
- tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiena va tozalik 
talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga 
amal qilgan holda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash; 
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirlarning tartibli o‘tishini ta’minlash 
maqsadida joylardagi mahalla qo‘mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish 
idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish; 
- maktab rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilarini mustaqilligimizning 
yigirma sakkiz yillik bayrami hamda “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayramlari bilan 
tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga 
oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida 
aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda ma’lumot berish;
- tadbirga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va 
hamkor tashkilotlarni taklif etgan holda o‘quvchilarga bayram tabrigi va tilaklarini 
bildirishlarini tashkil etish;


-«Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirini boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy 
imkoniyatlarini inobatga olgan holda 30 daqiqadan oshmasligi ta’minlash; 
-tadbir tugagandan keyin barcha sinflarda dars mashg‘ulotlari tasdiqlangan 
jadval asosida boshlanishini direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari nazoratga 
olishi; 
- tabdirni tashkil etishda maktabning “Kuzatuv kengashi” a’zolari faol ishtirok 
etishi bilan bir qatorda, yuqorida keltirib o‘tilgan tavsiyalarga amal qilinishi ustidan 
nazorat olib boradilar. 

Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling