Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
Download 98 Kb.
|
1 2
Bog'liq51-мактаб имтихон буйруғи 2022 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinko`l tumani 51- umumiy o’rta ta’lim maktabining BUYRUG’I
- buyuraman
Oltinko`l tumani 51- umumiy o’rta ta’lim maktabining BUYRUG’I “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish hamda Oltinko`l tuman xalq ta’limi bo’limining 2022-yil 9-aprel kungi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilaming yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to’g‘risida”gi 34 -sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: Oltinko`l tuman xalq ta’limi bo’limining 2022-yil 9-aprel kungi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 34-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. Maktabda o‘quv mashg‘ulotlari 2022-yil 25-mayda tugallanishi belgilab qo‘yilsin. Ta’lim muassasasi o‘quvchilarining davlat ta’lim standarti asosida egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun 9- va 11-sinflar davlat attestatsiyasi shaklida yakuniy (bitirish) nazorat imtihonlari ilovaga muvofiq belgilangan fanlardan tashkil etilsin. 2021-2022 o’quv yilida Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini o’tkazish bekor qilinsin. Ta’lim muassasasi 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 2022-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin (“Jismoniy tarbiya” fani bundan mustasno). Belgilab qo’yilsinki, umumta’lim fanini belglash darajasi to’g’risida sertifikat hamda chet-tili fani bo’yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo’lgan o’quvchilar yakuniy davlat nazorat imtihonidan muayyan fandan ozod qilinadi. Ta’lim muassasasining 9-sinf o‘quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2022-yil 2-7-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining nazorati ostida o‘tkazilsin. O’IBDO’ (K.Qazaqova)ga: Ta’lim muassasasi o‘quvchilarining yakuniy (bitirish) nazorat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoitlar yaratish; yakuniy nazorat imtihonlarini shaffof, adolatli, xolis o‘tkazilishini nazoratga olish; yakuniy nazorat imtihonlarining natijalari, ularni o‘tkazish yuzasidan taklif va mulohazalarni umumlashtirib, 2022-yil 16-iyuniga qadar Oltinko`l tuman XTBning Ta’lim muassasalarini tashkil etish bo’limi(Sh.Odilov)ga taqdim etish vazifalari topshirilsin. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o’z zimamda qoldiraman. Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling