II. Oʻqituvchilar jamoasi bilan ishlash. Pedagogik kengash.
1) Psixolog tomonidan maktab pedagog-xodimlari uchun bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash boʻyicha “Kuzatuv xaritasi” soʻrovnomasi (3-ilova) hamda oʻqituvchilarda stress holatini baholash maqsadida “Stress holatini diagnostikasi (K.Shrayner metodikasi)”ni oʻtkazish; (4-ilova)
2) Pedagog-xodimlar uchun “Agressiyani yuzaga kelishi va uni boshqarish” mavzusida trening mashgʻulotlarini oʻtkazish; (5-ilova)
3) Pedagog-xodimlar uchun maktabda bulling holatlarini oldini olish maqsadida tayyorlangan ovozli prezentatsiyalar asosida davra suhbatlarini oʻtkazish. (6-ilova)
III. Ota-onalar bilan ishlash.
1) Ota-onalarda bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazish; (7-ilova)
2) Boshlangʻich va yuqori sinf oʻquvchilari uchun “Xavfsizlik asoslari” koʻrsatmalari asosida tasvirga olingan multfilm va videoroliklar orqali davra suhbatini tashkil etish; (8-ilova)
3) 1-4 sinf oʻquvchilarining ota-onalari uchun “Gender zoʻravonlikni aniqlash va gender zoʻravonlik jabrlanuvchisini identifikatsiya qilish” mavzusida ota-onalar yigʻilishi oʻtkazish;
(9-ilova) (Ish rejaning noyabr oyi, 3-yoʻnalishi)
4) 5-8 sinf oʻquvchilarining ota-onalari uchun “Biz zoʻravonlikka qarshimiz aksiyasi” doirasida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz, qanday himoyalanish mumkin?” mavzusida trening mashgʻulotlarini oʻtkazish;
(10-ilova) (Ish rejaning noyabr oyi, 3-yoʻnalishi)
5) 9-11 sinf oʻquvchilarining ota-onalari uchun “Oilaviy zoʻravonlik nima, oiladagi zoʻravonlik turlari” mavzusida ota-onalar yigʻilishini oʻtkazish; (11-ilova) (Ish rejaning noyabr oyi, 3-yoʻnalishi)
6) “Zoʻravonliksiz hayotni oʻzingiz yarating” taqdimot materiali asosida trening mashgʻulotlarini oʻtkazish; (12-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |