Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi doirasida oʻtkaziladigan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” tadbirini oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalar


Download 21.33 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi21.33 Kb.
#1817702
1   2   3
Bog'liq
Услубий тавсиялар (4)

IV. Oʻquvchilar bilan ishlash.
1) Boshlangʻich va yuqori sinf oʻquvchilari uchun “Xavfsizlik asoslari” koʻrsatmalari asosida tasvirga olingan multfilm va videoroliklar orqali davra suhbatini tashkil etish; (8-ilova)
2) “Zoʻravon va kuchli insonning farqi” mavzusida munozara oʻtkazish (sinf doskasining 2 ustunining bir tomonga “zoʻravon”, ikkinchi tomoniga esa “kuchli” soʻzlari yoziladi. Oʻquvchilar navbati bilan ikkala tushunchaga mos keladigan xususiyatlarni yozishadi. Jarayonning yakunida maktab psixologi yoki sinf rahbari, sinf soatlarida fikrlarni umumlashtirib, yakuniy xulosani aytadi).
3) 1-4 sinf oʻquvchilari bilan zoʻravonlik va kamsitishlarsiz sogʻlom shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha “Mehribonlikni saqlash qonunlari” (13-ilova) (Ish rejaning noyabr oyi, 2-yoʻnalishi) hamda “Doʻst va doʻstlik” mavzularida suhbatlar tashkil etish; (14-ilova) (Ish rejaning dekabr oyi, 2-yoʻnalishi)
4) 5-8 sinf oʻquvchilari bilan zoʻravonlik va kamsitishlarsiz sogʻlom shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha “Agressiya nima” mavzusida suhbatlar tashkil etish; (15-ilova) (Ish rejaning noyabr oyi, 2-yoʻnalishi)
5) 9-11 sinf oʻquvchilari bilan zoʻravonlik va kamsitishlarsiz sogʻlom shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha “Nizolar va ularni hal qilish usullari” mavzusida suhbatlar (16-ilova) (Ish rejaning noyabr oyi, 2-yoʻnalishi) hamda “Men oʻzim” dasturidan:
6-mashgʻulot — “Bizning kuchli va zaif tomonlarimiz” mavzusida trening mashgʻulotlarini oʻtkazish; (17-ilova) (Ish rejaning dekabr oyi,
2-yoʻnalishi)

V. Maktab psixologlarning maktabda ota-onalar, pedagoglar va oʻquvchilar uchun mavjud ijtimoiy tarmoqlarda (sinf, maktab, pedagogik jamoa telegram kanallarida va boshqa) targʻibot va profilaktik ishlarini olib borish.
Maʼlumki, har bir taʼlim muassasalarida turli xil ichki guruh telegram kanallari mavjud. Bular, har bir sinflar kesimida ota-onalar guruh kanallari, har bir sinf oʻquvchilarning telegram kanallari, pedagogik jamoa telegram kanallari. Shulardan zoʻravonlik va kamsitishlarsiz sogʻlom shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha turli xil targʻibot va profilaktik maʼlumotlarni joylashtirish yoʻli bilan maqsadga erishish mumkin. Shuning uchun har bir psixolog mazkur kanallardan foydalangan holda mavzuga oid chiqishlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Bu chiqishlar bola tarbiyasiga oid turli xil tavsiyalardan iborat boʻlishi mumkin.
Ushbu harakatni qoʻllab-quvvatlash va bolaga nisbatan har-xil zoʻravonliklarga qarshi kurash boʻyicha maktablarda oʻtkaziladigan barcha tadbirlar videotasvirga olinishi, ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borilishi kerak.
Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling