Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi doirasida oʻtkaziladigan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” tadbirini oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalar
Download 21.33 Kb.
|
Услубий тавсиялар (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Maktabni jihozlash.
- Sinf xonalari
- “Sehrli koʻzgu”
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi doirasida oʻtkaziladigan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” tadbirini oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalar Mazkur aksiya davomida maktabning pedagogik jamoasi, oʻquvchilar va ularning ota onalari qamrab olinadi. “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” tadbirlarini oʻtkazish davomida pedagog va ota-onalarga bolalarga nisbatan sodir etiladigan zoʻravonlik holatlarining asoratlari, ularning oldini olish va bartaraf etish usullari haqida maʼlumot beriladi. Oʻquvchi-yoshlarga esa zoʻravon shaxs hamda kuchli inson orasidagi farq, jamoat joylarida begona shaxslardan oʻz-oʻzini himoya qilish usullari haqida tavsiyalardan iborat boʻlgan maʼlumotlar taqdim etiladi. I. Maktabni jihozlash. Foye: “Biz zoʻravonlikka qarshimiz”, “Zoʻravonlik kuchlilik belgisi emas”, “Zoʻravonliklarsiz – erkin maktab” va bundan tashqari, aksiya mavzusiga mos tarzda ixtiyoriy boshqa shiorlar bilan koʻrgazma materiallari joylashtiriladi. Shuningdek, aksiya davomida imkoniyatga qarab maktabda ijobiy munosabat, yaxshilikni tarannum etadigan sokin musiqa yangrab turadi. Bundan tashqari, foyega mazkur aksiya davomidagi tadbirlar dasturini joylashtirish (har bir maktab ijodiy yondashgan holda oʻz dasturini ishlab chiqish huquqiga ega). Bunda quyidagi yoʻnalishlar oʻz aksini topadi: 1. Pedagogik jamoa bilan ishlash. 2. Ota-onalar yigʻilishi, oʻtkazilgan tadbirlar va yigʻilishlar. 3. Oʻtkazilgan tanlovlar. 4. Treninglar, fleshmoblar, videofilmlar va chellenj. Sinf xonalari va u yerga kirish joylarini oʻsha sinfning rahbari va oʻquvchilari “zoʻravonliksiz hayot”ni qanday tasavvur qilishsa oʻsha tasavvuridan kelib chiqib, bezatishadi. Maktabning chiqish joyida esa “Bugun oila aʼzolaringiz va yaqinlaringizga ularni qanchalik yaxshi koʻrishingizni aytishni unutmang” degan yozuv koʻzga tashlanib turishi kerak. Aksiya doirasida pedagog-xodimlar uchun “Sehrli koʻzgu” mashgʻuloti va oʻquvchilar uchun “Sehrli stul” mashgʻuloti oʻtkaziladi. (2-ilova) Jarayonlar imkon qadar tabiiy, samimiy oʻtkazilishi va shu asosda rolik tasvirga olinishi maqsadga muvofiq keladi. Tasvirga olingan roliklar har bir sinf uchun oʻrin ajratilmaydi. Barcha sinf oʻquvchilarini xursand qilish maqsadida turli yoʻnalishlarda nominatsiyalar boʻyicha baholanadi. Masalan: - Eng yaxshi rolik; - Eng ahil-inoq sinf; - Eng qiziqarli rolik; - Sinf oʻquvchilarini birlashtira olgan rolik va hokazo. Download 21.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling