Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining ii-sinf o'quvchilari o'rtasida Huquq bilimdonlari” tanlovini tashkil qilish va o'tkazish to'g'risida


Download 33.25 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi33.25 Kb.
#1060859
Bog'liq
ТАНЛОВ буйруги




KOSONSOY TUMAN XALQ TA'LIMI BO'LIMI MUDIRINING BUYRUG'I

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining II-sinf o'quvchilari o'rtasida "Huquq bilimdonlari” tanlovini tashkil qilish va o'tkazish to'g'risida


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son farmoni va mazkur Farmon asosida qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish” Konsepsiyasida xamda Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022 yil 9-noyabrdagi 140-sonli buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida buyuraman:
l . Namangan yuridik texnikumi va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamkorligida imzolangan "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi 2022-yil 28-oktabrdagi memorandum hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022 yil 9-noyabrdagi 140-sonli buyrug’i ijro uchun qabul qilinsin.

  1. Ushbu buyruqqa asosan:

- Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'quv jarayonida memorandumda belgilangan vazifalar ijrosi ta'minimsin;
- Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining (keying o'rinlarda - maktab) II-sinf o'quvchilari o'rtasida "Huquq bilimdonlari” tanlovi o'tkazilsin
3. «Xuquq bilimdonlari» tanlovi Nizomi 1-ilovaga muvofiq; «Xuquq bilimdonlari» tanlovini utkazish reja-grafigi 2-ilovaga, hakamlar hay’ti ro’yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Xorijiy til va ijtimoiy fanlar metodisti va hakamlar hay’atiga:

- umumiy o'rta ta'lim muassasalarida huquq fanlarini o'qitilishini yanada rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish; tanlovni o'tkazilishi bo'yicha reja-grafiklarni ishlab chiqish va nazoratga olib borish; tanlov qatnashchilari va g'olib jamoalar ro'yxatini shakllantirish;
- mazkur tanlovni ijtimoiy tarmoqlarda keng ko'lamda yoritib borish; adliya bo'limlari bilan hamkorlikda tanlovni hududiy va tuman bosqichlarini o'tkazish; tuman bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarni xavfsizligini ta'minlagan holatda saralash va viloyat bosqichlariga kelib-ketishlarini ta'minlash; tanlovning tuman bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa o'quvchilarini rag'batlantirish choralarini ko'rish vazifasi yuklatilsin

  1. Barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari direktorlariga:

- Tanlov Nizomini barcha umumiy o’rta ta'lim muassasalari ijtimoiy fanlar o’qituvchilariga tanishtirish;
- reja-grafikka asosan tanlovni hududiy va tuman bosqichlarida belgilangan muddatlarda maktab jamoasi ishtirokini va xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
-.

  1. Mazkur buyruq ijrosini ta'minlanishini o'z zimmamda qoldiraman.

Kosonsoy tuman xalk ta’limi bulimi mudiri S Ergashev.


Kosonsoy tuman
2022-yil _____-noyabr
__________ —- sonli
Download 33.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling