Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Download 46.49 Kb.
|
35-maktab ustama yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatnashdilar: Ishchi guruh rahbari: X.B.Baltabaeva Ishchi guruhning mas’ul kotibi: B.M.Xatamova Ishchi guruh a‘zolari
- Nuridinova Zamira ga ishchi guruh xulosasiga ko’ra bazaviy tarif stavkasidan 40 %
- ishchi guruh xulosasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkasidan 20%
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 823-sonli qarori hamda 2020 yil 31-dekabrdagi 831-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq 35-sonli umumta’lim maktabida o‘rnak ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhning 2-sonli yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma 2023 yil 12 iyun Qatnashdilar: Ishchi guruh rahbari: X.B.Baltabaeva Ishchi guruhning mas’ul kotibi: B.M.Xatamova Ishchi guruh a‘zolari: A.S.Valiyev-ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.N.Olimova -boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mita raisi Z.Nuridinova-rus tili fani o‘qituvchisi X.Ashirqulov -maktab kuzatuv kengashi raisi S.Nodirova -ota-onalar qo‘mitasi raisi KUN TARTIBI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama haq belgilash to‘g‘risida. ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori, ishchi guruh raisi X.B.Baltabaeva so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 823-sonli Qarori, mazkur Qaror bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida o‘tgan 2022-2023- o‘quv yilida maktabda pedagog xodimlarga o‘zining samarali faoliyati bilan o‘rnak ko‘rsatgan o‘qituvchilar, psixologlar hamda kutubxonachilarni oylik ish haqlarini yaxshilash maqsadida bazaviy tarif stavkalariga ustamalar belgilash lozimligi ma’lum qildi. Maktabning o‘quv-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, ishchi guruh mas’ul kotibi B.Xatamova maktabda o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy xissasini qo‘shayotgan , o‘z kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyon o‘qituvchilar va kutubxona xodimlari hamda maktab psixologlari faoliyatini baxolash mezonlari asosida aniqlash, ustama haq olishi mumkin bo‘lgan pedagog, psixolog va kutubxonachilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda va mukofotlash va moddiy yordam berishda adolat va xolislik prinsiplariga amal qilinganligini ta’kidladi. Taqdim qilingan hujjatlar ishchi guruh tomonidan Nizom asosida ko‘rib chiqilib quyidagilar aniqlanganini ma’lum qildi:
Bazarbaeva Dilfuza 2-toifali boshlag‘ich sinf o‘qituvchisi 1-sinf rahbari o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tayotgan , o‘z fanidan umumiy o‘rta ta’lim DTS talablariga moslashga harakat qilayotgani,yil davomida maktabda o‘tgan ochiq darslari,maktabda ochiq tarbiyaviy soatlarni o‘tib ijobiy ball bilan baholangan yuksak kasb mahorati va o‘quv jarayoniga qo‘shgan aniq shaxsiy hissasi,yuqori samaradorlik va ta’lim saviyasini yuksaltirishga erishgani uchun,ish faoliyati maxsus komissiya to‘g‘risida Nizom talablariga muvofiq bo‘lganligi , darslarda yangi ped.texnologiyadan foydalanishi va kasb-mahoratini va maktabda xotin-qizlar bilan olib borgan ishlarini hisobga olib umumiy 77 ball bilan 20% ustama haq belgilashga tavsiya etildi. Maktab qoshidagi 7 nafar maxsus komissiya a’zolarining barchasi bir ovozdan ma’qulladi Yuksak kasb mahoratga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nodirova Malohat dars o‘tishida yangi ped.texnologiyalardan foydalanishi , o‘z fanidan umumiy o‘rta ta’lim DTS talablariga moslashga harakat qilayotgani,yil davomida maktabda faolligi, maktabda ochiq tarbiyaviy soatlarni o‘tib yuqori ball bilan baholangan yuksak kasb mahorati va o‘quv jarayoniga qo‘shgan aniq shaxsiy hissasi,yuqori samaradorlik va ta’lim saviyasini yuksaltirishga erishgani uchun,ish faoliyati maxsus komissiya to‘g‘risida Nizom talablariga muvofiq bo‘lganligi , darslarda yangi ped.texnologiya foydalanishi va kasb-mahorati 77 ball bilan baholandi va 20 % ustama haq olishga tavsiya etildi. Maktab qoshidagi 7 nafar maxsus komissiya a’zolarining barchasi bir ovozdan ma’qulladi. Maktabda ijodkor,izlanuvchan yosh mutaxassis ilg‘or o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan ingliz tili fani o‘qituvchisi Pusurmonov Abbos o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tayotgan ,o‘z fanidan umumiy o‘rta ta’lim DTS talablariga moslashga harakat qilayotgani,yil davomida maktabda va shaxar miqyosidagi seminarlardagi faolligi, o‘quv jarayoniga qo‘shgan aniq shaxsiy hissasi,yuqori samaradorlik va ta’lim saviyasini yuksaltirishga erishgani,oliy toifa hamda vazir jamg‘armasi ustamasini qo‘lga kiritgani hamda 11-sinf o‘quvchilarining 50% chet tili sertifikatlariga erishgani uchun,ish faoliyati maxsus komissiya to‘g‘risida Nizom talablariga muvofiq bo‘lganligi , darslarda yangi ped.texnologiya foydalanishi va kasb-mahorati 97 ball bilan 40 % ustama haq belgilanishiga tavsiya etildi. Maktab qoshidagi 7 nafar maxsus komissiya a’zolarining barchasi bir ovozdan ma’qulladi. Jumayeva Komila boshlag‘ich sinf o‘qituvchisi 4-sinf raxbari o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tayotgan , o‘z fanidan umumiy o‘rta ta’lim DTS talablariga moslashga harakat qilayotgani, maktabda ochiq tarbiyaviy soatlarni o‘tib ijobiy ball bilan baholangan va o‘quv jarayoniga qo‘shgan aniq shaxsiy hissasi,yuqori samaradorlik va ta’lim saviyasini yuksaltirishga erishgani uchun,ish faoliyati maxsus komissiya to‘g‘risida Nizom talablariga muvofiq bo‘lganligi va kasb-mahorati hisobga olib umumiy 65 ball bilan 10% ustama haq belgilashga tavsiya etildi. Maktab koshidagi 7 nafar maxsus komissiya a’zolarining barchasi bir ovozdan ma’qulladi. Nuridinova Zamira – maktabning 1-toifali rus tili fani o’qituvchisi, C1 sertifikati sohibi. Maktabda dars berayotgan sinflarda va rahbarlik qilayotgan sinfida tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o’quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o’quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko’nikmalar to’liq hajmining o’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olinishi darajasiga va o’quv jarayoniga o’quvchilarni jalb qila olish, dars berayotgan sinf o’quvchilari fan olimpiadasida faxrli 1-o‘rinni egallab viloyatda ishtirok etib keldi. Dars berayotgan sinflarida ko’plab ochiq darslar o’tib berdi. O’z faoliyati davomida erishayotgan yutuqlari natijasida o’quvchi va ota-onalar ichida o’z mehnati bilan hurmat topib ta’lim-tarbiya berishda qo’shgan aniq hissasi, hamda o’qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 100 ball to’plaganligi uchun rus tili fani o’qituvchisi Nuridinova Zamira ga ishchi guruh xulosasiga ko’ra bazaviy tarif stavkasidan 40 % miqdorida ustama haq belgilansin deb tavsiya beradi. Umirzoqov Alimardon– maktabning oliy toifali jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi. Maktabda 2022-2023 o’quv yilida dars berayotgan fanidan sinflarda tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o’quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o’quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko’nikmalar to’liq hajmining o’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olinishi darajasiga erishdi. O’z faoliyati davomida dars berayotgan sinflarida ochiq darslar o’tib berdi. Maktabda, shaharda tashkil etilgan turli tanlovlarda o‘qituvchi va o‘quvchilarning ishtiroki va yuqori natijalarga erishganligi munosabati bilan maktabning jisminiy tarbiya fani oqituvchisi Umirzoqov Alimardon yuqori bilimi va sifatli dars berish jarayoni natijasida va sifati uchun o’quvchi va ota-onalar ichida o’z mehnati bilan hurmat topib ta’lim-tarbiya berishda qo’shilgan aniq hissasi, o’qitishning samaradorligi va sifati buyicha 80 ball to’plaganligi uchun ishchi guruh xulosasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkasidan 20% miqdorida ustama haq belgilansin deb tavsiya etadi. 2022-2023- o‘quv yili uchun quyidagi nomlari ko‘rsatilgan pedagog xodimlarga Nizomda ko‘rsatilgan talablar asosida ishchi guruh tomonidan hujjatlari o‘rganilganda pedagog faoliyati hujjatlari etarli darajada emasligi, monitoring natijalari past ko‘rsatkich ko‘rsatganligi, o‘quvchilari fan olimpiadasida o‘rin olmaganligi, viloyatda ishtirok etmaganligi uchun ustama haqi berilmadi. Nizomda ko‘rsatilgan talablar asosida ishchi guruhi o‘qituvchilar hujjatlari o‘rganib chiqildi va pedagog faoliyati muhokamalardan kelib chiqqan holda, komissiya a’zolarining bir ovozdan xulosasiga ko‘ra Q A R O R Q I L A D I : 2019-2020- o‘quv yili uchun yuksak kasb maxorati va o‘quv jarayoniga , samaradorlik va ta’lim sifatini yuksaltirishga xissa qo‘shgan xamda , o‘z kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyish etgan pedagoglarga pedagogik kengashda ko‘rib chiqilib, ishchi gurux a’zolari kelishgan holda quyidagi o‘qituvchilarga ustama xaq belgilansin.
Bazaviy tarif stavkalariga ustama haqlari belgilangan pedagoglarni hujjatlar yig‘ma jildlarini tayyorlanishini nazorat qilish hamda tarifikatsiyadan o‘tkazish ishchi guruh mas’ul kotibi, o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Xatamovaga topshirilsin. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish maktab direktori, ishchi guruh raisi X.B.Baltabaeva zimmasiga yuklatilsin. Ishtirok etdilar: Ishchi guruh raisi: X.B.Baltabaeva Ishchi guruh mas’ul kotibi : B.Xatamova Ishchi guruh a’zolari: A.Valiyev H.Olimova Z.Nuridinova X.Ashirkulov S.Nodirova Download 46.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling