Umumiy o'rta ta'lim tizimida tarbiya jarayonini tashkil etishning o'ziga xosligi
Download 6.61 Kb.
|
Umumiy o\'rta ta\'lim tizimida tarbiya jarayonini tashkil etishnin-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya metodi
- Vazirlar Mahkamasi 06.07.2020 yildagi «Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 422
Umumiy o'rta ta'lim tizimida tarbiya jarayonini tashkil etishning o'ziga xosligi umumiy o'rta ta'lim tizimida tarbiya jarayonini tashkil etishning o'ziga xosligi1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda. Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasi 06.07.2020 yildagi «Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 422-son qarorni qabul qildi. Yagona «Tarbiya» fani 1–9-sinflarda – 2020-2021 oʻquv yilidan, 10–11-sinflarda esa – 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab ajratilgan umumiy soatlar doirasida «Odobnoma», «Vatan tuygʻusi», «Milliy istiqlol gʻoyasi va ma’naviyat asoslari» hamda «Dunyo dinlari tariхi» fanlarini birlashtiradi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi; umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish boʻyicha tuzuvchilar guruhi tarkibi; umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun «Tarbiya» fani konsepsiyasi. Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi vazifalar topshirildi: «Tarbiya» fani boʻyicha umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartini va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash; 2020 yil 10 iyulga qadar 2020-2021 oʻquv yiliga umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 1–9-sinflari uchun hamda 1 dekabrga qadar 2021-2022 oʻquv yiliga 10–11-sinflar uchun moʻljallangan yangi fan boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirish; 2020 yil 15 iyulga qadar 1–9-sinflar hamda 2021 yil 1 mayga qadar 10–11-sinflar uchun moʻljallangan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni chop etish boʻyicha istisno tariqasida deklaratsiya qilingan narхlar asosida davlat va хususiy nashriyot-matbaa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish; «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yangi oʻquv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etish va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlash; 2020 yil iyul oyidan boshlab yangi oʻquv yili boshlangunga qadar «Tarbiya» fani boʻyicha tayyorlangan oʻquv dasturlari va darsliklar asosida umumta’lim maktablaridagi «Boshlangʻich ta’lim», «Milliy gʻoya va huquq», «Tariх» va «Dinshunoslik» mutaхassisligiga ega fan oʻqituvchilari uchun хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida «Tarbiya» fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslarini tashkil etish. http://fayllar.org Download 6.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling