Umumiy ovqatlanish korxonalarida


Download 268 Kb.
bet7/27
Sana19.10.2023
Hajmi268 Kb.
#1709908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena

Savol va topshiriqlar:
  1. Kasb kasalligi deb nimaga aytiladi?


  2. Kasb kasalligini oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar qo’llash kerak?


  3. Ovqatdan zaharlanishning asosiy sabablari nimalardan iborat?


  4. Ovqatdan zaharlanishga qaysi kasalliklar kiradi?


  5. Ovqatdan zaharlanishning profilaktika yo’li nimalardan iborat?




SHAXSIY GIGIYENA
Reja:
1. Restoranda shaxsiy gigiyena talablari.
2.Ish kiyimiga bo’lgan talablar.
Tayanch iboralar:
Dezinfeksiya, perikis vodorod, steril doka, rezina g’ilof, bakteriya, sanitariya kiyimi.
Shaxsiy gigiyena — umumiy ovqatlanish korxona xodimlari amal qilishi shart bo'lgan sanitariya qoidalaridir. Ushbu qoidalarga amal qilish ovqatlarni yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi mikroblar bilan zararlanishning oldini oladi.
Ishchi xodimlarning shaxsiy gigiyenasi umumiy ovqatlanish korxonalaridagi madaniy xizmat ko'rsatish saviyasini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlardan biridir.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga ko'ra sanitariya kiyimlariga, korxona sanitariya tartibiga, umumiy ovqatlanish korxonalarining ishchilarining tibbiy saviyasiga bir qator gigiyenik talablar qo'yilgandir.
Tananing tozaligi muhim gigiyenik talablardan hisoblanadi. Teri inson hayotida muhim vazifani bajaradi. U nafas olish va moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi. Odam terlaganda teridagi chang va mikroblar bilan ifloslanadi, natijada teri o'z vazifasini yomon bajaradi.
Shuning uchun barcha xodimlar ayniqsa oshpazlar, qando-latchilar, ofisiantlar badanlarini toza tutishlari zarur. Har kuni ish boshlashdan oldin qo'lni tirsagigacha yaxshilab sovun bilan yuvishi shart. Yuqoridagi kasblarda ishlovchi erkaklarning sochlari kaltalatilgan,soqol mo'ylovlari tozalab qirilgan bo'lishi shart. Ofi-siantlarning sochlari silliq taralgan bo'lishi, kosmetik vositalardan me'yorida foydalanishlari, kuchli xid taratuvchi atirlardan foydalanmasliklari zarur.
Qo'lni tozaligi — umumiy ovqatlanish korxonalari xodimla-rining qo'li hamma vaqt ovqat tayyorlash bilan band bo'lganligi uchun ularni tozaligi muhim ahamiyatga ega. Ularning qo'li quyidagi talablarga qa'tiy javob berishi kerak: tirnoqlari kalta qilib olingan va ichi toza bo'lishi shart. Xizmat paytida turli taqinchoqlar va soat taqib yurish ma'n etiladi. Ofisiantlar bundan tashqari tirnoqlariga ishlab chiqarish manikyuri qilishlari kerak.
Oshpazlar, qandolatchilar, ofisiantlarning qo'lida turli (salmonellalar, dezinteriya tayoqchasi) mikroblar, gijja qurtlari tuxumi bo'lishi mumkin. Shuning uchun ular ish boshlashdan oldin, hojatxonaga kirgandan so'ng, xom ashyolarni tozalab bo'lgandan keyin qo'lini yuvib dezinfeksiyalab, undan keyin tayyor ovqatlarni qayta ishlashga o'tishlari mumkin. Boshqa barcha hollarda ovqat tayyorlash jarayonida har bir ishlab chiqarish operatsiyasidan so'ng, ofisiantlar esa ovqat qoldiqlarini foydalanilgan idish tovoqlarini yigishtirib olganidan keyin qo'llarini yaxshilab sovunlab yuvishlari shart.
Qo'lni yuvishda iroqi sovunlardan, dizinfeksiyalovchi xususiyatga ega, tarkibida 3—5% geksoxlorofen bo'lgan 70% li ho'jalik sovuni va boshqalardan foydalanish mumkin.
Qo'l barmoqlari zararlangan bo'lsa, yarani perikis vodorod yoki brilyant yashili bilan artib, steril doka bilan bog'lab, ustidan rezina g'ilof kiygizilishi kerak. Qo'llarida yiringli yaralari bo'lgan xodimlar ishga qo'yilmaydi.
Ofisiantlar ishgacha va ish vaqtida kuchli hidli, sarimsoqli v;i piyozli ovqatlarni istemol qilmasliklari kerak. Og'izni eleksirlar bilan chayish tavsiya etiladi.
Oshpazlar va qandolatchilarning sanitariya kiyimlari oziq-ovqatlarni ifloslanishdan ya'ni, organizmdan tushadigan bakteriya va mikroblardan saqlaydi.
Sanitariya kiyimlariga kurtka yoki xalat, qalpoqcha yoki doka ro'mol, fartuk, sochiq, terni artish uchun ro'molcha, shim yoki maxsus poyafzallar kiradi. Sanitariya kiyimlari ixcham, chiroyli tashqi ko'rinishga ega bo'lib, sochlarni to'liq berkitishi kerak. Sanitariya kiyimlari alohida xonalarda saqlanib, haftada uch marta almashtirilishi shart.
Namligi yuqori bo'lgan xonalarda ishlovchi xodimlar suv shimmaydigan fartuk va poyafzallar bilan ta'minlanadi. Restoran va kafe ofisiantlarining ishchi kiyimi o'zlariga mos zamonaviy, milliy ananalarni hisobga olgan holda tikiladi.



Download 268 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling