Umumiy ovqatlanish korxonalarida


ZARARLI ODATLAR VA ULARGA QARSHI KURASH


Download 268 Kb.
bet5/27
Sana19.10.2023
Hajmi268 Kb.
#1709908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena

ZARARLI ODATLAR VA ULARGA QARSHI KURASH


Reja:



  1. Kashandalik illati va uning organizmga ta’siri


  2. Ichkilikbozlik haqida


  3. Giyohvandlikninng oqibatlari


Tayanch iboralar:


alkagol,giyohvand, kashandalik, tamaki giyohi,
mahorka, o’pka raki, ko’knor giyohi, nasha giyohi
Insoniyat tarixida o’tkir spirtli ichimlik chiqilgandan buyon, uni domiga tushib qolishga nisbatan qarshi kurashib kelindi.

Qadim zamonlardan buyon “kayf beruvchi” bu sirli ichimliklar xilma-xil turlari kashf etilib kelingan. Ular may, sharob,qimiz, boda, spirt, aroq, konyak, balzam, pivo, vino va boshqa shunga o’xshash turlaridan iborat bo’lib, ular inson umrining egovi hisoblanadi. Bularning barchasini tarkibida etil spirti mavjud bo’lib, ichilganda kishining damini ma’lum muddatga ravshanlashtiradi, sarxush qiladi. Bunday holatni tez-tez takrorlashi kishining alkogol domiga tushib qolishiga sabab bo’ladi.


Kishilik jamiyatida inson “kayf beruvchi” bu ichimlikni yaratibdiki, uni ichib keladi. Ammo hozirga davrda hatto, o’smir yoshlar, ayollar o’rtasida ham ichkibozlikka, giyohvandlikka, kashandalikka ruju qo’yish hollari paydo bo’lmoqda.
Tamaki giyohi jahon miqyosida maxsus ravishda ekiladi va ko’paytiriladi. Tamaki giyohidan turli xildagi sigaretlar, takasidan moxorkalar, shuningdek undan nos ham tayyorlanadi. Tamaki giyohidan tayyorlangan moddalarni chekish inson salomatligi uchun o’ta zararlidir. Kashandalar aksariyati o’pka raki, asab, bo’g’ma kasalliklariga duchor bo’ladilar. Tamaki tutuni oshqozon, gastrit, o’n ikki barmoqli ichak yarasi kabi kasalliklarni, qonning buzilishini ham keltirib chiqaradi, ovoz pardalarini dag’allashtiradi. Bundan tashqari kashandalik tam bilish, xid sezish qobilyatlarini ham susaytiradi. Chekuvchi mutaxassislar, shu qatorda oshpaz va qandolatchilar professional tam bilish, hid bilish qobiliyatlarini yo’qotadilar. Chekuvchi ofitsantlar o’z atrofini tamaki hidi bilan zaxarlab, mijozlarga xizmat ko’rsatish madaniyatini pasaytirib yuboradilar. Kashandalik tufayli ishchining ko’p vaqti besamar ketadi, tamaki tutunidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati pasayadi, buning oqibatida korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichi pasayadi.
Spirtli ichimliklarning kishini jismoniy va aqliy rivojlanishiga zarari katta. Undan keragidan ortiq iste’mol qilgan kishi naoilasi uchun na jamiyat uchun foyda keltiradi, balki ularni har ikkalasini ham izdan chiqaradi.
Ichimlik iste’mol qilish ham turli xilda bo’ladi.
Birinchisi: ovqat bilan ozgina miqdorda ichish. Bu bosqichda kishi uchun xursandchilik xosil bo’lmaydi. Ammo chanqashlik bartaraf bo’lib, ovqat yaxshi hazm bo’ladi.
Ikkinchisi: bunda xushhollik kayfiyati paydo bo’ladi. Biroq bosh og’irlashib, sezgilar buzilishi darajasiga bormaydi.
Uchunchisi: bunda tul sustlashadi, aql xiralashadi, bo’g’inlar qaltiraydi, oyoqqa to’g’ri turolmaydi. Ichimlik ichgan odam or-nomus, urf-odat va mulozamatlarga yomon munosabatda, shuningdek rahm-shafqat degan tushunchalardan uzoqda bo’ladi. Bunday kishilar o’ta surbet, parishonxotir, nafosatsiz, didsiz jonli bir maxluqqa aylanib qoladilar. Alkogol qonga tez so’rilib asab sistemasiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Buning oqibatida ishchi mehnat qilish qoidlarini buzadi. Bu esa o’z navbatida baxtsiz xodisalarga olib kelib kishi oilasiga hamda jamiyatga katta zarar keltiradi.
Giyoxvandlik ham ichkilikbozdek inson salomatligining kushandasidir.
Giyoxvandlik asosan uchga bo’linadi: ko’knor giyohi, nasha giyohi, tamaki giyohi.
Bu giyohlarni iste’mol qiluvchilar jismoniy va aqliytomondan zaif, turli jinoyatlar(odam o’ldirish, o’g’rilik qilish, qaroqchilik) qilishdan qaytmaydigan, bir umr farzand ko’rmaydigan bo’lib qoladilar. Narkotik moddalarning qaysi turini iste’mol qilishidan qat’iy nazar, hammasi ham naslga yomon ta’sir etadi, narkoman ayol yoki erkakning farzandlari tug’ma nogiron, mayib-majrux, aqli zaif, jismoniy rivojlanmaydigan bo’lib tug’iladi. Narkotik moddalarga o’rganib qolgan kishi organizmi uni vaqtida qabul qilmasa moddalarga kuchli ehtiyoj sezadi. Bunda kishining bosh og’irig’i, yurak bezovtaligi, qo’l –oyoqning qaltirashi, ter bosishi, lohaslik kabi xolatlar paydo bo’ladi. Bunday holatdan qutilish , ozgina bo’lsada narkotik moddallarni qo’lga kiritish uchun har qanday og’ir jinoyatlardan ham qaytarmaydi. Bunday kishilar atrof muxitdan ham, oila va jamiyat mustahkamligi, rivojlanishi uchun ham xaflidir.
Narkomaniyaga qarshi kurashda ishchi kollektiv, oila, jamiyat birgalikda harakat qilishi kerak. Bunda har bir insonni yoshligidan boshlab sog’lom turmush tarziga o’rgatish kerak.



Download 268 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling