Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida


И.Т.Огородников, Шимбирев П.Н. Педaгогикa М., Уч. Пед.,-1950. 108 б


Download 485.96 Kb.
bet6/31
Sana20.12.2022
Hajmi485.96 Kb.
#1036612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
2 5438136192598023813

1 И.Т.Огородников, Шимбирев П.Н. Педaгогикa М., Уч. Пед.,-1950. 108 б.


2 Статеин М.Н. Дидaктикa средней школ^1. М.: «Просв.», 1982. 117 б..


3 Сявин Н.В. Педaгогикa Тошкент «У^итувчи» 1975.


58




ta’kidlaydi. Uning fikricha, «ta’lim prinsiplari jarayonni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha yetakchi metodik ko‘rsatmalardir»1.
Professor E.S.Kairov tadqiqotlarida ta’lim prinsipining mohiyati ta’lim jarayoni tahlili asosida aniqlashtiriladi: «Ta’lim prinsipi bu maktabdagi ta’lim jarayonini tashkil etishga qo‘yilgan talablarni ifodalovchi, boshlang‘ich didaktik ko‘rsatmalardir». Bunday qarashning muhim tomoni shundaki, ta’lim prinsiplari butun bir pedagogik amaliyotning asosini, boshlang‘ich holatini, «start» chizig‘ini belgilab beryapti. Bu fikr B.P.Fsipov (1967) tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanadi: «ta’lim prinsipi deganda, biz maktabdagi ta’lim jarayonini o‘tkazish va tashkil etish mazmuni asosida yotadigan ko‘rsatmalarni tushunamiz»2. Ta’lim prinsipi bir tomondan umumiy o‘rta ta’lim maqsadi va faoliyati mazmunini aniqlashtirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyat­larini hisobga olgan holda samarali didaktik jarayonni tashkil etishga imkon yaratadi, ta’lim-tarbiya maqsadini o‘rnatishga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga didaktik prinsiplar o‘z tarkibini, tasnifini bir xilda saqlab qolishi mumkin emas. Ular tarixiy davrga mos holda jamiyatning ta’lim tizimiga qo‘yadigan aniq talab­larni ifodalaydi. Shu bois vaqt o‘tishi bilan ayrim prinsiplar o‘z ahamiyatini yo‘- qotadi, ba’zilari esa yangidan paydo bo‘ladi. Demak, prinsip pedagogik kategoriya sifatida boshqa fanlar kategoriyalari kabi rivojlanib boradi, jamiyat talablariga mos holda yangilanadi. Ayni vaqtda prinsiplar jamiyatning maktab oldiga qo‘ygan vazifalarini qamrab oladi, ijtimoiy rivojlanish talablarini qanoatlantiradi, o‘quv faoliyatining xususiyatlarini va ularning psixologik asoslarini hisobga oladi.
Ta’lim prinsipi o‘zining to‘liq ifodasini o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyatida topadi va ayni vaqtda o‘quv jarayonining butunligini ta’minlaydi (mazmun, metod, shakl)ni, o‘zaro bog‘lanishlarning umumiy yo‘nalishini va asosiy talablarini aniqlaydi.
Ta’lim prinsiplaridan oqilona foydalanish uchun ma’lum shart-sharoit yaratilishi lozim. Shuning uchun butun bir ko‘rsatmalarni shakllantirish kerak. Qachon o‘qituvchi o‘z faoliyatida bunday ko‘rsatmalarga amal qilsa, ta’lim prinsiplarini to‘g‘ri qo‘llagan bo‘ladi. Shunday holda maktablarda ta’lim maqsadiga to‘g‘ri erishiladi. Ta’lim prinsipi o‘qituvchini o‘rgatuvchilik faoliyati asosida emas, balki ta’limning umumiy tashkil etilishi asosida yotadi.
Ta’lim prinsiplari ta’limning umumiy va asosiy ko‘rsatmalari hisoblanib, har qanday o‘quv predmeti va ta’limning har bir bosqichida o‘ziga xos tarzda hamda ma’lum qonunlar asosida qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatmalar o‘z vaqtida har bir davrning ilg‘or o‘qituvchilari tajribalari natijasida paydo bo‘lgan. Klassik didakshunos- larning xizmati shundaki, ushbu amaliy xarakterga ega bo‘lgan ko‘rsatmalarni ilmiy jihatdan asoslashgan va ularning ta’lim fazosiga tarqalishiga hissa qo‘shishgan.
Ayrim didakshunoslar didaktik prinsiplar bilish nazariyasidan kelib chiqadigan ta’limning asosiy qonuniyatlari deb qaraydilar. Bunday yondashuvga o‘qitish jarayonining ilmiy bilish jarayoni bilan bog‘liqligi asos bo‘lgan.



Download 485.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling