Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida


Онишук В.А. Урок в совремннои школе М. // Просвешение 198 c


Download 485.96 Kb.
bet9/31
Sana20.12.2022
Hajmi485.96 Kb.
#1036612
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
2 5438136192598023813

1 Онишук В.А. Урок в совремннои школе М. // Просвешение 198 c.


2 Ч.Купесевич Основы общей дидяктики /пер с... М. 1986. 148 c.


61




mumkin qadar asosli ravishda to‘liq o‘zlashtirishiga kafolat beradi. Ta’lim prinsiplari o‘qituvchining didaktik faoliyatiga oid umumiy yo‘nalishini aniqlab beradi. Professor O.Roziqovning(1997) ta’kidlashicha, «Ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, qoidalar ta’lim prinsiplari»1, -deb aytiladi. Ko‘p holatlarda mutaxassislar ta’lim prinsiplari xususiyatlarini asosan o‘qituvchi faoliyatiga nisbatan izohlashadi. Shuning uchun pedagogika darsliklarida, qo‘llanmalarda «ta’lim prinsiplari» atamasi keng ishlatiladi. Ta’lim prinsiplari ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga daxldor. Didakshunos olimlar ta’lim prinsipi mohiyatini yoritishda turli nuqtayi nazarlarni asos qilib olishgan. K. Sosnitskiy (1986) tadqiqotlariga ko‘ra «ta’lim prinsiplari umumiy qonuniyatlar bo‘lib, ular o‘quv - tarbiya jarayonida qat’iy rioya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi». Har bir prinsip ta’lim jarayonining muayyan komponentiga taalluqlidir. Ta’lim prinsiplarini o‘quv tarbiya jarayoni komponentlariga bog‘lab bayon etish tendensiyasi Yu.K. Babanskiy tadqiqotlarida ham uchraydi. [161 b]
Ta’limning ilmiyligi, hayot bilan bog‘liqligi, tizimliligi, izchilliligi, tushunarliligi prinsiplari ma’lumot mazmuniga ko‘ra; onglilik va faollik, metod va vositalarni uyg‘unlashtirish prinsipi metodlarga ko‘ra; bilimlarning puxtaligi prinsipi ta’lim natijalariga ko‘ra belgilanadi.
Ta’lim prinsiplarining mohiyatini o‘quv tarbiya jarayonining qonuniyatlari asosida tushuntirish ham mavjud. Yuqorida ta’kidlanganidek M.A. Sorokin (1975. 87b) ta’limning rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatlarini qonuniyat sifatida belgilaydi va shular asosida ta’lim prinsiplari xususiyatlarini bayon etadi. V.I.Zagvyazinskiy (2002) ta’lim prinsiplari «shunday mexanizmki, uning yordamida o‘qitishning mohiyati, mazmuni va tarkibiy qismlarini aks ettiruvchi qonun va qonuniyatlar aniqlashtiriladi»2,- deb ko‘rsatishi bilan o‘qitishning barcha unsurlarini aks ettiruvchi qonuniyatlar ta’lim prinsipining mohiyatini tashkil etishini ta’kidlaydi. Prinsiplarni ta’lim jarayoni qonuniyatlaridan kelib chiqib belgilash garchand yangicha yondashuv bo‘lsa-da, u mohiyat jihatidan zaruratni tenglashtirishga olib keladi. Qonuniyatlar kishi ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud, u narsaning o‘zida, jarayonning tarkibida amal qiladi. Fanning vazifasi esa qonuniyatlarni izlash, topish, izohlashdan iborat. Boshqa tomondan ta’lim prinsipi amaliyotga daxldor tushunchadir. Ta’lim prinsipi har doim o‘qitishni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish mezonlari sifatida mavjud bo‘ladi. Prinsip umumdidaktik kategoriya hisoblanib, u ta’limning barcha turlariga, darajalariga, subyektlariga shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonining ichki komponentlari (maqsad, mazmun, metod, vosita, shakl) ga daxldor umumiy qoidalardir.
B.T.Lexachyovning (2000. 139 b) ta’kidlashicha, «ta’lim prinsiplari pedagogik qonuniyatlar guruhiga taalluqli toifadir. Ular o‘quv-tarbiya jarayonida paydo bo‘ladi va faoliyat ko‘rsatadi, shuningdek, o‘qituvchining pedagogik mahorati va san’atining dastlabki mavqelarini aniqlaydi»3. Didaktik prinsiplarga qat’iy amal qilish ta’lim-tarbiyadagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga yordam



Download 485.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling