Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida
Д.О.Лоpдкипaнидзе Принципы, организящии и методы обучения. Тибилси, 1955. 53 c
Download 485.96 Kb.
|
2 5438136192598023813
1 Д.О.Лоpдкипaнидзе Принципы, организящии и методы обучения. Тибилси, 1955. 53 c.
2 Есипов Б.П. Основые дидяктики М.: «Просв.», 1967. 207 c. 59 Didaktik qonuniyatlar ta’lim jarayonini (mazmunini, metod va shaklini) aniqlaydigan asosiy ko‘rsatmalarda o‘zining aniq ifodasini topadi. M.A.Sorokin (1975) fikricha, «ushbu asosiy ko‘rsatmalar ta’lim prinsiplari deyiladi»1. Ta’lim prinsiplari jamiyatning maktab oldiga qo‘yadigan obyektiv talablarini ifodalaydi. Ular ta’lim-tarbiya maqsadi bilan aniqlanadi hamda tarixiy va dialektik xarakterga ega bo‘lib aniq tarixiy sharoitlarda qo‘llaniladi. Ta’lim prinsiplari erkin shaxsni shakllantirishning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining xarakteri, yo‘nalishi, o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda, ta’lim prinsipi ikkita faoliyatni — o‘qituvchi va o‘quvchining o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradigan qator talablarga ham amal qiladi. Ta’lim prinsipi ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning negizi hisoblanadi. Ta’limning maqsadi hayot talablariga muvofiq tarzda o‘zgarib borgani kabi ta’lim prinsiplari ham yangilanib boradi. Ta’lim prinsiplari maktablar oldiga qo‘yiladigan vazifalar asosida belgilanadi va o‘zaro mustahkam aloqadorlikda amalga oshiriladi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli markazida Shaxs turadi. U bosh obyekt va subyekt sifatida har qanday ta’lim tizimida ishtirok etadi. O‘quvchi shaxsini shakllantirish pedagogika fanining asriy va dolzarb muammosi sifatida ta’lim prinsiplari bilan ham aloqada bo‘ladi. Bu fikr L.N.Baranovning (1975) ilmiy tadqiqotlarida uchratish mumkin: «Ta’lim prinsiplari o‘quvchi shaxsini shakllantirishning umumiy qonuniyatlari bo‘lib, u ta’limning metodlariga, uni tashkil etish shakliga, ta’lim mazmuniga, mohiyati va tarkibiy qismlariga qo‘yiladigan umumiy talablarini belgilashga xizmat qiladi»2. Bu yerda muhim, birmuncha jiddiy muammo qayd etilyapti: o‘qitish jarayonining barcha unsurlari: mazmuni, shakli, metodi va vositalari ma’lum qonuniyatlar - prinsiplar asosida o‘zaro bog‘lanadi hamda jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi. Pedagogik nashrlarda, shuningdek, amaliyotda o‘qitish jarayonining qonuniyatlari va prinsiplari bitta tushuncha degan qarashlar hanuzgacha uchrab turibdi. Holbuki, qonuniyat inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan har bir mustaqil hodisa yoki jarayonning mavjudligini ta’min etadigan ichki bog‘lanishlar yig‘indisidir. Ta’lim prinsipi esa o‘qitish jarayonida amal qilinishi, majburiy bajarilishi shart bo‘lgan yetakchi qoida, asosiy talablar bo‘lib, u ta’lim jarayonining ichki mohiyatini belgilab beradi va harakatga soladi. «Ta’lim prinsiplari bu o‘qitishni samarali tashkil etish qonuniyatlaridan kelib chiqib, o‘qitish jarayoniga qo‘yilgan asosiy talabdir». Binobarin, ta’lim jarayoni samarali tashkil etilsagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin bo‘ladi. Bu jarayon har doim ham samara beravermaydi, qachonki o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligida ongli va faol munosabat yuzaga kelsa, shu daqiqadan boshlab samarali faoliyat mexanizmi ishga tushadi. Demak, samarali tashkil etilgan ta’lim jarayonida bajarilishi va amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar ta’lim prinsipining mohiyatini ifodalar ekan. Download 485.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling