Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Tasviriy vazifa na’munasi. Bezash. Ma’lum obyektlarni de-
tallar bilan to‘ldirish.Gilford testlari kattalar va yuqori sinf 
o‘quvchilariga mo‘ljallanadi. Ularni standartlashtirish katta bo‘l-
magan tanlovlarda, ishonchlilik ma’lumotlari bir testdan ikkinchisiga 
o‘tganda o‘zgarib turadi va to‘liq qoniqarli bo‘lmaydi. Psixologlar 
fikricha, ijodiy qobiliyatlarni baholashda Gilford testlari samaraliligi 
kam bo‘lishiga, bilimlar natijasini bilish shaxsiy xarakterlarga emas, 
balki bajarish tezligiga asoslangani sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, 
vazifalar ma’lum sondagi javoblarni belgilanmagan, bu natijani aniq 
hisoblash imkonini bermaydi. Shu sababli, ba’zi psixodiagnostlar 
kreativ testlar uchun va ularning natijalarini aniqlashda ishonchli 
mutaxassislarni jalb etishni taklif qiladilar. Hozirgi kunda 
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda E.P.Gorrensning 
kreativlik testlaridan foydalanilmoqda. Gorrens test topshiriqlari 
ijodiy jarayon modeli sifatida ko‘rilib, unda talabalarning bilimi 
natijaga emas, balki ijod jarayoniga qaratilgan.  
1966 yilda angliyalik olimlar tomonidan Verbal shakldagi test 
ishlab chiqilgan. Bu test 5 yoshli bolalardan boshlab kattalarga 
mo‘ljallangan. U 7 ta topshiriqdan iborat. Dastlabki uchta topshiriq 
bir rasmga bog‘liq savollardan iborat: rasmga ko‘proq savollar 
tuzish, tasvirlangan narsalarning nima uchun chizilganligi va oqi-
batlari haqida iloji boricha ko‘proq sabablarni ko‘rsatish so‘raladi.
1-topshiriq – “Rasm chizib bering”. Vazifa bajaruvchi qog‘oz 
varag‘iga rangli qog‘ozlardan qirqib olingan noto‘g‘ri shakldagi 
qog‘ozni yopishtirish va uning asosida o‘ziga xos rasm chizish 
so‘raladi. 
2-topshiriq – “Rasm chizishni tugallang” – test daftarlarida 
berilgan tugallanmagan shakllar rasmi asosida noodatiy sujet, rasm 
va predmetni chizib berish so‘raladi. 
3-topshiriqda parallel chiziqlar va doiralar asosida iloji boricha 
ko‘proq predmetlarni chizib berish so‘raladi. Har bir subtestning 


209 
bajarilishi uchun 10 minut vaqt ajratiladi (javoblarning tahlili 
tezkorlik, ko‘p qirralik, egiluvchanlik, o‘ziga xoslik va mukam-
mallik mezonlari bo‘yicha tahlil qilinadi). 
4-topshiriqda berilgan rasmdagi o‘yinchoqlar o‘rnini iloji 
boricha ko‘proq va qiziqroq tarzda almashtirish so‘raladi. 
5-topshiriqda turmushda ishlatiladigan predmet (masalan, 
bo‘sh quti) dan ko‘proq noodatiy va qiziq foydalanish usullarini 
o‘ylab topish so‘raladi. 
6-topshiriqda shu predmet haqida noodatiy savollarni o‘ylab 
topish so‘raladi. 
7-topshiriq noodatiy vaziyatning yechimlari haqida iloji 
boricha ko‘proq izlanishlar olib borish so‘raladi.
1980 yilda Torrens tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar 
uchun yangi kreativlik testlari tuzildi. Bu testning vazifalari shun-
dan iborat ediki, go‘dak o‘zining ijodiy qobiliyatlarini biror bir 
xonada erkin harakatlanish asnosida namoyon qiladi. Ijodiy 
fikrlashni reproduktivga qarshi qo‘ygan psixologlarning intilish-
lariga qaramasdan, amaliyotda kreativlik testlari intellekt testlari 
bilan bir xil prinsiplarda, ya’ni tezlik metodikasi va qat’iy mazmun 
asosida qurilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, ularning asosiy 
kamchiligi motivlarni va individning boshqa ijodiy qobiliyatni 
tashkil etuvchi tavsiflarini hisobga olinmaganligidadir. Ko‘pgina 
psixologlar kreativlikni testlar yordamida aniqlash mumkin emas, 
deb hisoblaydilar. Fan, texnika, san’at va boshqa inson 
faoliyatidagi muvaffaqiyatlarga erishish, turli qobiliyatlarning va 
shaxsiy xususiyatlarining murakkab tuzilmasini (shu jumladan, 
intellektual va maxsus) talab qiladi. Hozirgi davrda mavjud bo‘lgan 
kreativ testlarda ijodiy qobiliyatning alohida elementlariga e’tibor 
qaratiladi, ijodiy muvaffaqiyatlarni bashoratlashda buning o‘zi 
yetarli emas. Ayrim psixologlar ijodning ayrim qismlarini tahlil 
qilish yo‘li bilan kreativlikni aniqlash mumkin deb hisoblaydilar. 
Kreativlikni tashxislash yo‘nalishi deyarli o‘rganilmagan. Bu 
sohada professor D.B.Bogoyavlenskaya (1983 yil) ijodiy qobiliyat 
intellektual tashabbuskor birliklarini yaratdi. U muammoning 
yechimini topishda inson oldiga qo‘yilgan masalani fikrlash 
faoliyati deb ataydi. D.B.Bogoyavlenskaya gipotezasi (taxmini)ga 


210 
muvofiq bajaruvchiga tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirisiz nazariy 
umumlashtirishlarga va vaziyatni baholashga o‘ta oladigan “kreativ 
doira metodi”ni taklif qiladi. Bu metod doirasida bir necha 
metodikalar ishlab chiqilgan. Tashqi mezonlarni belgilashda 
muallif sezilarli qiyinchiliklarga duch keldi. Ijodiy muvaffaqiyat bir 
qator kamchiliklarga ega bo‘lgan tajribalar asosida aniqlanadi. 
«Kreativ doira» ning tamoyillari: 
1) Tashqi qo‘zg‘atuvchidan va baholashni belgilovchi 
stimulidan voz kechish. 
2) Obyektni tadqiq etishda “chegara”ning bo‘lmasligi – 
chegaralanmagan faoliyat. 
3) Eksperimentning davomiyligi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling