Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Kreativ dars yo‘nalishlarining mazmuni va psixologik asosi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
4.Kreativ dars yo‘nalishlarining mazmuni va psixologik asosi 
 
1-yo‘nalish. Motivlashtirish (hayratlanish, surpriz). 
“Hayratlanish – donishmandlikning boshlanishidir” (Suqrot). 
Axborotlardan toliqishning oldini olish va o‘quvchilarni 
intellektual faolligini oshirish maqsadidagi izlanishlar yo‘lidagi 
muqobil usullaridan biri “hayratlanish” yoki boshqacha aytganda, 
“mo‘jiza effekti”. Hayratlanarli predmetlar bilan to‘qnashuv tizimi, 
ularni 
yaratilish 
haqidagi 
izlanishlari 
kichik 
maktab 
o‘quvchilarining qiziqish va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi. 
Motivlashtirish dars jarayonida predmetlar timsolida, masalan, 
go‘dak tafakkurini jumboqliligi, siri va favqulodda go‘zalligi bilan 
olib boriladi. Bunday predmetlar turlicha bo‘lishi mumkin. 
Jumladan, oynasi orasiga o‘rgimchak kirib qolgan soat, ichiga 
yelkanli kema joylashtirilgan butilka va h.k. Bolalar qiziqishini 
oshiruvchi oddiy fokuslar. Masalan: quti ichida bir ko‘rinib, bir 
ko‘rinmaydigan sichqoncha va b. 
Bunday jihozlar unutilgan qadimiy o‘yinchoqlar vazifasini ham 
bajarishi mumkin. Yog‘ochdan yasalgan cho‘qiyotgan tovuq, 
pianino chalayotgan ayiq, ayiq bilan o‘tin arralayotgan dehqon. 
Bolalarda sovun ko‘piklarida hosil bo‘ladigan shakllar ham hayrat 
va qiziqish uyg‘otadi. Sovun pufagini hosil qiluvchi qismi bo‘lgan 


214 
oddiy ruchka yoki sovun pufagidan chiroyli shakllar yasovchi 
to‘pponcha – avtomat o‘yinchog‘i. Obyektning tortishish mar-
kaziga asoslangan o‘yinchoqlar: yiqilmas matryoshkalar, magnit 
tortishiga asoslangan kamondan o‘q otish o‘yinchoqlari o‘quv-
chilarda kuchli qiziqish uyg‘otadi. Bundan tashqari, o‘yinchoq-
boshqotirmalar ham qiziqarlidir. 
2-yo‘nalish. Dasturning mazmuni. 
Dasturning mazmuni boshqa yo‘nalishlarni tizimli umumlash-
tirish asosida bir butunlikda ijodiy tafakkurning va fantaziyasining 
rivojlanishiga hamda tasviriy masalalarning nazariy yechimi degan 
jiddiy muammoni (G.S.Altmuller) yechishga xizmat qiladi. Bu 
yerda shuni hisobga olish kerakki, qiyin masalalarni yechishda 
yuqori natijalarga erishish uchun 3 ta muhim omil mavjud: 
Qobiliyat, imkoniyat, individualliklarni og‘zaki, matematik va 
texnik hisoblash, o‘zlashtirish qobiliyati, abstrakt va murakkab 
fikrlash natijasidir. Bunday qobiliyatlar boshqa kishilar tomonidan 
ijobiy e’tirof etilishi muhimdir. Imkoniyatlar go‘dakni intellektual 
faol va o‘z muammolarini mustaqil hal etishdan manfaatdor 
bo‘lgan, atrofdagi eng yaxshi, o‘z-o‘ziga ishonch tug‘diradigan 
boshlang‘ich tajribalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Individuallik 
dastlabki ikki omilning ta’sirini kuchaytirishga, shu bilan birga 
qobiliyatlar shakllanishini qiyinlashtirishga ta’sir qiladi. Ijodkor 
shaxsning shakllanishida uni qurshab turgan muhit ijobiy sharoitni 
yaratishi lozim. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling