Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

3-yo‘nalish. Psixologik dam olish. 
Psixologik dam olish sifatida qo‘llaniladi. Bosh miya yarim 
sharlarini garmonik rivojlanishiga ta’sir etuvchi jismoniy mashqlar 
(Shuni esda tutish lozimki, o‘ng va chap qo‘llar imkoniyatini 
rivojlantirish muhimdir. Psixologlarning ta’kidlashicha, o‘ng va 
chap qo‘lda birday harakatlanish xotira, fikrlash va nutqning 
rivojlanishi, yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.) 
O‘yinlar, sport-hissiyotli, teatrlashgan, taqlid etuvchi raqslar. 
Sport hissiyotga asoslangan “Jangler”, “Arqon tortuvchilar” kabi 
o‘yinlarni shu turkumga kiritish mumkin. Quvnoq bolalar kuylariga 
raqsga tushish, go‘dakka harakat va teatrlashtirilgan taqlidchan 
“Tabassum o‘yini” va shu kabilar o‘ziga xos kulgi terapiyasidir. 


215 
Topshiriqlar turlari xilma-xil bo‘lib, o‘qituvchining ixtiyoriga 
qarab yangilari bilan to‘ldirib boriladi. “Pantomima” o‘yinlarida
2 tomonlama dam olishga erishiladi: tegishli guruh muskullari dam 
oladi va o‘yin ijobiy hissiyotlar hisobiga reaksiya amalga oshadi. 
Pantomimo bilan shug‘ullanish ijodkorlik rivojlanishining 
boshlanishi bo‘libgina qolmay, go‘dakni o‘z-o‘ziga ishonchini 
orttiruvchi ijobiy hissiyotdir.Psixologik va fiziologik kuzatishlar 
aqliy va hissiy toliqish bilan, vegetativ qo‘zg‘alishlar bilan skelet 
muskullaridan toliqishning uzviy bog‘lanishini ko‘rsatmoqda. 
Hammaga ma’lumki, muntazam jismoniy mashqlar ishchanlik va 
sog‘lomlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. 
Bosh miyaning optimal funksional holatini ta’minlash, bundan 
tashqari, miyadan chiqayotgan nerv impulslarining to‘lqinini 
boshqarishga ham bog‘liq. O‘z-o‘zini boshqarish tizimi yordamida 
markaziy qo‘zg‘alishni periferikka ko‘chirish, eng avvalo, skelet 
muskullarini va shu bilan birga asabiy zo‘riqishning oldini olishni 
ta’minlaydi. 
Ta’kidlash kerakki, tetik holatda fikriy qabul qilish (ijobiy 
hissiy reaksiyalar ta’sirida yuzaga kelgan) kelgusida quyidagi 
siljishlarga olib kelishi mumkin: o‘z-o‘ziga ta’sir etish orqali oldin 
boshdan kechirilgan emotsional holatlar tiklanishi mumkin. O‘z-
o‘ziga ta’sir faqatgina oliy nerv faoliyatining xarakteriga ta’sir etib 
qolmasdan, organizmning hujayralargacha bo‘lgan mexanizmini 
boshqarishga ta’sir ko‘rsatadi. Autogen mashqlarning psixologik 
nazorat mashqlari – “Tinch maskan”, “To‘liq potensial”, “Lazzatlar 
ro‘yxati” kabilar muskul va psixologik reaksiya jarayonida o‘z-
o‘ziga ta’sir etuvchi holatlarda yordam beruvchi formula va 
timsollardir. O‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatishga 
o‘qish va ijodiy faoliyati, munosabat va xulqi jarayonida o‘z ustida 
nazorat o‘rnatuvchi muhim omil sifatida qarash kerak. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling