Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

6-yo‘nalish. Fikrlashning kompyuter intellektual (tayanchi) 
yordami. 
Fikrlashning kompyuter intellektual yordami motivlashtirilgan 
topshiriqlar, boshqotirma shaklidagi mashqlar, intellektual 
topshiriqlar asosida yuzaga kelgan g‘oyalarni davom ettiradi va 
chuqurlashtiradi. Fikrlashning kompyuter intellektual yordamini 
qo‘llash kompyuter muhitining, ayniqsa, multimediyalar, interaktiv 
o‘zaro ta’sir vositalarining qo‘shimcha imkoniyatlaridan foyda-
laniladi. 
Fikrlashning kompyuter intellektual yordami bloki topshi-
riqlarining avvalgi bloklar topshiriqlari bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lishi zarurligini esda tutish kerak. Hayotdagi aniq obyektlar 
ustida topshiriqlar bajarishdan virtual obyektlarga ko‘chirish, 
tashqi o‘rganishdan ichki o‘rganishga, ya’ni fikriy o‘rganishga olib 
keladi. Virtual muhitda o‘quvchining ko‘rish kanali haddan ziyod 
faollashadi, muammoning yechimini topishga bo‘lgan qiziqish va 
ehtiyoji faoliyatni kompyuter texnikasi bilan uyg‘unlashtiradi. 
Fikrlashning kompyuter intellektual yordamida topshiriqlar 
bajarish o‘quvchi tafakkurini, fikrlashi, diqqati, xotirasini rivoj-
lantiradi va qonuniyatlar haqidagi malakalari hosil bo‘lishiga 
imkoniyat yaratadi. 
Kompyuter didaktik o‘yinlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar 
quyidagicha: 
1-talab. Kompyuter didaktik o‘yinlardan foydalanishda belgi-
langan bosqichlarga qat’iy amal qilish kerak. Dastlab bolalar 


219 
«Boshqotirma» blokida tanish bo‘lgan obyektlar bilan ishlaydilar, 
o‘ynaydilar. Keyin ular notanish elementlar qo‘shilgan obyektlar 
bilan, keyin notanish obyektlar bilan ishlaydilar. 
2-talab. Mazmunan ular ketma-ketlikda bo‘lishi kerak. 
Sodda topshiriqlardan murakkabga. 
Aniq (konkret) dan mavhum (abstrakt)ga. 
Kam hajmdan katta hajmga. 
3-talab. Kompyuter didaktik o‘yinlar turli tipda bo‘ladi: alohida 
qismli suratlarni yig‘ish, rangli mozaikalar, elementlardan 
konstruksiyalash, xotirani, diqqatni rivojlantiruvchi, qonuniyatlarni 
aniqlovchi, obyektlarni klassifikatsiyalovchi va b. 
4-talab. Topshiriq: yorqin rangli, bezatilishi tajovuzkor bo’l-
masligi kerak. Bezash ishlarida o‘rganilayotgan kursdagi mavjud 
materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday holatda 
o‘rganish samarasi oshib, o‘quv material qo‘shimcha mustah-
kamlanadi. 
5-talab. Ekranning maksimal to‘laligi minimal tugmalarni 
ishlatgan holatda amalga oshirilishi kerak. 
6-talab. Qo‘llab-quvvatlovchi bolalar musiqasining jo‘rligining 
ta’minlanishi, zaruratda ularni o‘chirib qo‘yish imkoniyatining 
mavjudligi. 
7-talab. Topshiriqning ayrim bosqichlarini muvaffaqiyatli 
yakunlashda, rag‘batlantirish maqsadida qiziqarli kitoblar sovg‘a 
qilish lozim. Fikrlashning kompyuter intellektual yordamining 
psixologik asosi shundaki, dars jarayoniga virtual obyektlar 
ishtirokida topshiriqlar va mashqlarni kiritish har xil shakl va 
turdagi fikrlash operatsiyalarining analiz va sintez qilinishiga olib 
keladi.Tavsiya etilayotgan o‘yinlar tizimli differensiatsiyalangan 
bo‘lib, dastur materialini to‘liqroq o‘zlashtirish bilan birgalikda 
o‘quvchining ijtimoiy hayotga kirib borishi samaradorligini 
oshiradi. Ma’lumki, o‘quvchiga o‘z xulqini samarali tashkil etish 
uchun yangilikni qabul qilish va o‘zgarishlarga tayyorlik muhimdir. 
Yaratuvchanlik ruhidagi kompyuter o‘yinlar orqali go‘dak yangilik 
yaratuvchisiga aylanadi, uni o‘rab turgan olam tuzilishining 
ko‘pgina yangi tomonlarini o‘zlashtiradi va o‘rganadi. Falsafaning 


220 
miqdor va sifat o‘zgarishlari, butun va qism birligi haqidagi 
qonuniyatlarini o‘zida kashf etadi. 
N.M.Sechenov ta’kidlaganidek, mustaqil tushunish o‘z tushun-
chalariga tanqidiy yondashuvni shakllantiradi, ya’ni o‘z ichki 
tushunchalarini tashqi muhitdan ayro holda tahlil qilish, taqqoslash 
imkonini beradi. Go‘dakning ongi uning ongli kompyuter virtualini 
vizual shaklda ko‘rsata oladi. Go‘dakning ongi uning ongli 
harakatlari bilan uyg‘unlikda rivojlanadi, ong uning harakatlariga 
asos sifatida sharoit yaratadi. 
Refleksiya o‘zini anglashning yana bir xarakterli ko‘rinishi 
bo‘lib, u o‘z qarorlarining oqibatlarini ko‘ra bilish va o‘zi 
boshqalarning xulq-atvori ustidan tizimli kuzatishni ta’minlaydi. 
Tafakkur va o‘zini anglashning uyg‘unligida mustaqil va maqsadga 
yo‘naltirilgan holda o‘z hulqini boshqarishdek muhim ijtimoiy 
samaraga erishiladi.Kompyuter yordamida ishlash o‘quvchilarning 
fikrlashining yangi psixologik yoki ommaviy shakli bo‘lib, ta’lim 
sifatini va axborotlarni o‘zlashtirish tezligini oshirish imkonini 
beradi. Masalalarning yechimini topishdagi qiyinchiliklar yangicha 
usullarda yechimlarni izlab topishni taqozo etadi. O‘zgartirilgan 
sharoitlarda noodatiy qarorlar chiqarish qobiliyati shaxsning o‘z 
ustida ishlashini ta’minlaydi.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling