Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

5-yo‘nalish. Intellektual mashqlar. 
Intellektual mashqlar ham boshqotirmalar singari o‘quvchilarni 
ijodiy faoliyatga, motivlashtirishga xizmat qiladi. Ijodiy bilimlar 
tizimi (IBT) intellektual mashqlar izchil kreativ ta’limning didaktik 
prinsiplari asosida tuzilgan. U maxsus bilimlarni talab qilmaydigan, 
faqat fikrlash, topqirlik va mustaqil yechimlarni talab qiladigan 
ijodiy topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Bu bilimlarning murak-
kablashtirilgan tizimi bo‘lib, o‘quvchilar yoshiga mos maqsadga 
yo‘naltirilgan qiziquvchanlikni, ijodiy qobiliyatni, tafakkurni, 
narsalarga o‘zgacha qarashni talab etadi.Ijodiy bilimlar tizimi – 
intellektual mashqlar o‘zida asosan quyidagicha topshiriqlarni 
qamrab oladi: 
• Taxminiy xulosalar chiqarish: ular o‘quvchilarni sabablar va 
oqibatlar haqida fikrlashga majbur qiladi. 
• Obyektlarni noodatiy qo‘llanishi. 
• Qonuniyatlarni izlab topish (bu topshiriqlar mantiqiy 
fikrlashni, umumlashtirish qobiliyatini rivojlantiradi). 
• Kutilmagan vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tanlay olish, bunday 
topshiriqlar go‘dakda mardlikni rivojlantiradi. 
• Mavjud obrazlar asosida obrazlar sxemasini tuzish (abstrakt 
tafakkurni, asosiy sifatlarni, obyekt tarkibi). 
• Obyektni rivojlantiruvchi vazifalar, masalan, o‘yinchoqlarni 
(kuzatuvchanlikning mustaqil yechimini topa olish va o‘z fikrini 
himoya qila olish mashqlari). 


218 
• Topshiriq chegarasidan chiqa olish qobiliyatini rivojlantirish, 
fikrlash inersiyasini yengib o‘tish. 
• Maqsadga yo‘naltirilgan savollar bera olish va javoblar 
asosida predmetni aniqlash. 
• Tafakkurni bosqichma-bosqich rivojlantirish. 
Mazkur dars komponentining psixologik qiymati shundaki, 
aqliy mehnat qoidasi va shakli mustahkamlanadi, fikrlash sama-
radorligini oshirish, yechimlarning alohida bosqichlarida ijodiy 
jarayonning malakalari shakllanadi. 
Intellektual mashqlar bosh funksiyasi murakkab topshiriqlar 
bajarishda axborot tahliliga asoslanishdan iboratdir. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling