Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
4-yo‘nalish. Boshqotirmalar.
Zamonaviy kreativ darsning muhim elementlaridan biri sifatida o‘quvchilar ijodiy faoliyati tabiiy obyektlar tizimida o‘tkir aql va topqirlik mujassamlashgan boshqotirmalar muhim ahamiyatga ega. Boshqotirmalar o‘quvchi oldiga yechimini topish jarayoni fikrni noan’anaviy birikishga olib keladigan muammo zararsiz materiallar 216 (yog‘och, qog‘oz, metall, plastmassa)dan yasalgan buyumlardan foydalanish mumkin. Taklif etiladigan boshqotirmalar ko‘p sonli obyektlar ichida didaktik prinsiplarga mos ravishda tanlab olinadi. Quyidagi talablar qo‘yiladi: • Boshqotirmaga asoslangan g‘oyaning jozibadorligi. • O‘quvchilar qiziqishlariga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik quvvati. • Maktabda o‘qitiladigan predmetlar bilan bog‘liqlik (fizik, kimyoiy, biologik va boshqalar.). • Go‘dakning obyekt bilan estetik uyg‘unligi. • Go‘dakning qiziqishlari va yoshiga bog‘liq ijodiy imkoniyatlari. • Natijani topishda asta-sekin yuksalish. Boshqotirmalarning bunday tizimi biz tomonimizdan dunyo tajribasida birinchi marta dars tizimining yaxlit bir bo‘lagi sifatida tavsiya etilmoqda.Biz tomonimizdan saralangan boshqotirmalar tizimi kreativ ta’lim tizimining yangi didaktik vositasidir. Uning bosh funksiyasi ijodiy fikrlashni, topqirlikni, fikrlash to‘siqlarini yengish, ijodiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari, bu tizim kuzatuvchanlikni, qiziquvchanlik va ijodkorlik faoliyatini natijasi sifatida intellektual faollikni rivojlantiradi. Boshqo- tirmalarni yechish insonning doimiy o‘yinga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. O‘yin ijodiy faoliyatning o‘ziga xos tayyorgarlik turi bo‘lib, boshlang‘ich maktab o‘quvchisining kreativ sifatlarini rivojlantiradi. Ehtiyojning kitob javoni matematik boshqotirma va o‘yinlar bilan to‘la bo‘lganligi ham bejiz emas. “Alisa mo‘jizalar mamlakatida”, “Alisa ko‘zgu ortida” kabi umume’tirof etilgan ertaklarning muallifi, ajoyib ertakchi, Oksford universitetida matematikadan dars o‘tgan Lyuis Kerrol boshqotirmalarning katta ixlosmandi edi. U oddiy qog‘oz varag‘ini buklash orqali g‘aroyib figuralar (origami)dan juda ko‘p foydalangan. Uning qo‘llarida varaqni buklash orqali oddiy geometrik chiziqlardan kutilmaganda o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘zining mukammalligi bilan miniatura asarlari, yarim abstrakt haykallar paydo bo‘lgan. 217 Boshqotirmalar tizimida yana bir muhim (motivatsion) funk- siyasi shundan iboratki, ular o‘quvchilarning o‘rganilayotgan materialga nisbatan qiziqishini orttiradi, bundan ko‘p samaraliroq motivlash shaklini topish mushkuldir. Berilgan masalalarni bir necha usullarda yechish ham samaralidir. Boshqotirmalar bilan olib boriladigan faoliyat fikrlash mahsuldorligini oshirishda qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga soladi. Tafakkurda hayoliy obrazlarning mavjudligi, taxminlarni tekshirishda kattalar yordamiga tayan- maslik o‘quvchida zoriqmasdan belgilar olamidan obrazlarga yoki aksinchaga o‘tishga yordam beradi. Yaxlit ta’limiy ish shaklida o‘qish, o‘z holicha aqliy rivojlanish amalga oshiriladi. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling