Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
YA.A.Komenskiy (1592‒1670) o‘zining “Buyuk didaktika”
asarida didaktika “barchani barcha narsaga o‘qitishning universal sanhati”, “ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish” vazifasini bajaradi, degan g‘oyani ilgari surgan; I.F.Gerbart (17762‒1841) didaktikaning nazariy asoslarini ishlab chiqishda ta’lim va tarbiya, o‘qitish va o‘qish jarayonlarini birlashtirgan holda “tarbiyalovchi ta’lim” deb tushungan; D.Dyui (1859‒1952) ta’lim jarayonida asosiy e’tiborni o‘quv- chining faolligiga, shaxsiy tajriba va aqliy faoliyat qobiliyatini shakllantirish asosidagi amaliy faoliyat tamoyillariga qaratgan. Mazkur pedagogik yondashuvlar va konsepsiyalar didaktikani o‘qitish va o‘rganishning nazariyasini tavsif qiluvchi fan sifatida tushunishga o‘zining jiddiy ta’sirini o‘tkazdi. Bir vaqtning o‘zida didaktika umumlashgan ijtimoiy va madaniy tajribani keyingi avlodga tizimli yetkazish bilan bog‘liq fan sifatida shakl- langanligiga ehtibor qaratish mumkin. Shu bilan birga, taniqli bolgar faylasufi va pedagog olimi I.Marev didaktikaning tarixiy 74 rivojlanish davrlarini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratgan. Birinchi bosqich – YA.A.Komenskiygacha bo‘lgan davr. Ushbu bosqich o‘rta asr sxolastikasi hukmronlik qilgan sharoitda ilmiy asoslanmagan “pedagogik va didaktik ijodiyot” shakllanganligi, didaktik jarayonni anglash, “tarbiya an’analari va udumlari” rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ikkinchi bosqich – YA.A.Komenskiydan kibernetika fani (boshqaruv jarayonlari nazariyasi) kirib kelgungacha bo‘lgan davrni (1950) o‘z ichiga oladi va ushbu bosqichda pedagogik va didaktik nazariyalarning rivojlanishi, ularning asosiy qonun va qonuniyatlarining shakllanishi bilan ajralib turadi. Uchinchi bosqich – kibernetika fani kirib kelishidan hozirgi kungacha bo‘lgan davrdir. Ushbu bosqich hal qiluvchi bosqich bo‘lib, pedagogika va didaktikaning dolzarb vazifalarini yechish, yangi didaktik materiallarni yaratish va ulardan samarali foydalanish, o‘qitishning texnik vositalarini, o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturlarning yaratilishi bilan bog‘liq. Didaktikaning fan sifatidagi ko‘p asrlik tarixi davomida “pedagogika” va “didaktika” ilmiy kategoriyalar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashga doir turli yondashuvlar shakllandi. I.Marev va boshqa mutaxassislar fikricha pedagogika va didaktika o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi konseptual yondashuvlar asosida talqin etilishi mumkin: − pedagogika va didaktika o‘xshash tushunchalar; − pedagogika va didaktika o‘rtasida yaxlitlik va uning tashkil etuvchisi (bir qismi) sifatida munosabatlar shakllanganligi; − “didaktika” – “pedagogika” nisbatan hajm jihatidan kengroq tushuncha; − pedagogika va didaktika alohida mustaqil fanlar; Yevropa va Amerika, sobiq ittifoq hamda sharqiy Yevropa pedagog olimlari tomonidan ham mazkur ilmiy sohalar (pedago- gika va didaktika) o‘rtasidagi munosabatlar va o‘zaro bog‘liqliklar turlicha talqin qilib kelingan, yagona yondashuv va konseptual |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling