Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


O‘quvchilarning o‘zaro o‘qitish kuchidan unumli foy- dalanib, qo‘yilgan savollarga jamoa bo‘lib javob topish qoidasi.  6


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

5. O‘quvchilarning o‘zaro o‘qitish kuchidan unumli foy-
dalanib, qo‘yilgan savollarga jamoa bo‘lib javob topish qoidasi. 
6. Bugungi faol talaba, ertangi faol ishchi va xizmatchi 
ekanligini yaqqol bilgan holda, ularni faollashtirishga hech qanday 
kuchni ayamaslik qoidasi. 
7. Bolalardagi mavjud bilimlar bilan berilayotgan bilim 
orasidagi mantiqiy bog‘lanish yo‘q joyda onglilik bo‘lmasligini 
esda tutgan holda, ularning aqli yetmay turgan joylarni, ulardagi 
bor bilim bilan mantiqiy bog‘lab berish qoidasi. 
8. O‘quv fanini hech qachon dars markaziga qo‘ymay, dars 
markazida doimo o‘quvchi turishini, uning shaxsi shakllana-
yotganini bilgan holda talabaga ta’limiy ta’sir o‘tkazish qoidasi. 
9. Talabalar fikrini, hayot bilan nazariy bilimlar orasidagi 
farqlar borligiga qaratish yo‘li bilan, ularning tafakkurini 
faollashtirish qoidasi. 
10.  O‘qitish jarayoni yanada muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, har 
bir tushuncha berilganidan keyin, uni bir necha misollar bilan 
mustahkamlash qoidasi. 


87 
11.  O‘qitilayotgan fanda asosiy va ikkinchi darajali joylarini 
ajratish yo‘li bilan, talabalarda berilgan bilim ichidagi asosiy 
o‘rinlarini ajrata olishga o‘rgatish qoidasi. 
12.  Hech qachon quruq obro‘ga tayanib o‘qitmay, faqat aql va 
hissiyotdan kelib chiquvchi dalillarga tayanib o‘qitish qoidasi. 
13.  Bolalarni o‘qishga o‘rgatish qoidasi. 
14.  Ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi ichki 
va tashqi omillarni doimo bartaraf etib borish qoidasi. 
15.  Talabalarga «nega?» degan savolni tinmay berish yo‘li 
bilan, ularda sabab va oqibat orasidagi bog‘lanishni bildirib borish 
qoidasi. 
16.  Berilayotgan bilimning to‘g‘riligiga, bolalarda hech 
qanday shubha-gumon qolmasligi va uni esdan chiqmasligi uchun 
bilimni asos va dalillar bilan berish qoidasi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling