Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Yangi dars o‘tishda bilimi kuchli talabalardan va darsni  mustahkamlayotganda bilimi o‘rta va kuchsiz talabalardan  foydalanish.  9


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

8. Yangi dars o‘tishda bilimi kuchli talabalardan va darsni 
mustahkamlayotganda bilimi o‘rta va kuchsiz talabalardan 
foydalanish. 
9. Berilayotgan bilimlarning qarama-qarshi tomonlarini ham 
tushuntirib, talabalarning bilim olishini osonlashtirish. 
10. Talabalarga eng qiyin singadigan bilimlar tabiat va jamiyat 
taraqqiyotining umumiy qonunlaridir. Shuning uchun muayyan 
fanni o‘tayotganda ustalik bilan ularni qo‘shib tushuntirib ketish. 
11.  Sekinlik bilan shoshish! Ta’lim-tarbiya jarayonini asossiz 
tezlashtirmaslik va susaytirib yubormaslik. 
12.  Talabalarnig 
oraliq-yakuniy 
fikrlarini 
«bildi»ga 
yo‘ymasdan, ulardan fikrni davom ettirish uchun foydalanish. 
13.  Tushunarlilik o‘qituvchining so‘zlarini yuqori hissiyot va 
har bir so‘zni asoslab berilganligi bilan ham belgilanganligi. 
14.  Uzoq maruzalardan qochish. 
15.  O‘qitishning bosh qismida faqat asosiylarini aytib o‘tish 
bilan kifoyalanish. 


95 
16.  «Yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib qo‘ya qoladi, yaxshi 
o‘qituvchi bu haqiqatni topishni o‘quvchilarga o‘rgatadi» iborasini 
unutmaslik. 
17.  Tushunarli qilib dars o‘tish, butun bilimni talabalarga 
sodda tilda tushuntirib berish yoki bu bilimlarni topishni tushunarli 
qilib aytib berishda emas, balki kalavaning uchini ushlatib qo‘yib, 
bilimni sekin-asta chiqib kelishini ko‘rsatish, ularni rag‘batlantirib 
turish va hokazo tadbirlarga aytiladi. 
Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil asosida bir qator qonuniyatlar 
yotadi. Jumladan: 
- dunyoni o‘rganib bo‘ladi va insoniyat aniqlagan va 
amaliyotda sinab ko‘rilgan qonuniyatlarni o‘rgansa bo‘ladi; 
- ta’lim-tarbiya jarayoni ‒ ilmiy faoliyat orqali to‘plangan, 
obyektiv olam to‘g‘risidagi ma’lumot tizimini o‘sib kelayotgan 
avlodga bildiradi
- ilmiylik ‒ beriladigan bilimlar ma’lum bir ketma-ketlikda 
berilishini taqozo etadi; 
- ilmiylik yana berilayotgan bilimning hozirgi zamon ijtimoiy 
va ilmiy-taraqqiyot darajasiga mosligi bilan hamda tuzilgan dastur 
va ishchi rejaga mos bo‘lishligi bilan ham belgilanadi. 
Didaktika bu tamoyilni amaliyotga qo‘llashlikning bir qator 
qoidalarini ishlab chiqqan.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling