Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


  Mashq davrida bolalarni charchab qolishdan saqlash.  19


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

18.  Mashq davrida bolalarni charchab qolishdan saqlash. 
19.  Hozirgi zamon nazorat usullaridan to‘g‘ri foydalanish. 
20.  Bolalarni o‘z mehnatini nazorat qilish va baholashga 
o‘rgatish. 
Tushunarlilik tamoyili. Bu tamoyil bir tomondan, didaktika-
ning boshqa tamoyillarining talablaridan, ikkinchi tomondan
talabalar yosh xususiyatidan, uchinchi tomondan, ko‘p yillik 
pedagogik tajriba asosida yaratilgan. 
Bu tamoyil zaminida tezaurus qonuni yotadi. Bu qonun 
bo‘yicha ‒ kishiga bilim faqat uning tezaurusiga mos kelganigina 
tushunarli bo‘ladi. Tazaurus lotinchada «xazina»ni bildiradi. 
Ma’nosi, kishining to‘plagan bilimi, ko‘nikma va fikrlash uslubi 
uning tezaurusini tashkil qiladi. 
Boshqa qonuniyatlarni ham ko‘rsatishimiz mumkin: beriladi-
gan bilimning tushunarliligi, uni egallayotgan bolaning yoshi 
individual xususiyatlariga bog‘liq; tushunarlilik bilim berishni 
tashkil qilishga va unda qo‘llaniladigan bilim berish usul va 
uslublariga bog‘liq; bilimning tushunarliligi o‘quvchining saviya-
siga va bilim sifatiga bog‘liqligi; bilimni tushunarliligi uni berilish 
sur’atiga bog‘liqligi va hokazo. 


94 
Ya. A. Komenskiy shakllantirgan quyidagi qoidalar mavjud: 
osondan qiyinga, ma’lumdan noma’lumga va oddiydan murakkab-
ga. Shu zamonning pedagogik nazariya va amaliyoti tushunarlilik 
tamoyilini qo‘llanish qoidalarini kengaytirdi va boyitdi. Ular 
quyidagilar: 
1. Bilimni bolaning yoshiga qarab berish. 
2. Bola tafakkuri berilayotgan bilimga tayyorlangan bo‘lishi 
shart. 
3. O‘qitayotganda bolaning tayyorgarlik va rivojlanganlik 
darajasiga qarab bilim berish. 
4. Bolaning individual qobiliyatidan kelib chiqib bilim berish. 
5.  Bilim berish sur’ati o‘rtacha olib borilishi shart. 
6. Bilim berishda, muayyan kuchlanishning hosil bo‘lishini 
esda saqlash. Bu kuchlanish oshib ketsa, bolalar toliqib, kuchlanish 
pasayib ketsa, bolalar zerikib qolishini bilish. 
7. Psixologiya va pedagogikaning yangi kashfiyotlaridan 
unumli foydalanish, kichik qadamlardan asta-sekin katta 
qadamlarga o‘tish yo‘li bilan ta’lim jarayonini intensivlashtirish. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling