Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


  Ko‘rgazmani, nazariy bilimni hayot bilan bog‘lashda  foydalanish qoidasi.  17


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

16.  Ko‘rgazmani, nazariy bilimni hayot bilan bog‘lashda 
foydalanish qoidasi. 
17.  Kabinet tizimidan foydalanilayotganda ko‘rgazma 
usulidan foydalanish imkoni kengayadi, shuning uchun 
ko‘rgazmalarni ko‘rsatish tartibini albatta rejalashtirish qoidasi. 
18.  Ko‘rgazmali qurollardan foydalanilayotganda, bolalarning 
yosh xususiyatlaridan kelib chiqish qoidasi. 
19.  Ko‘rgazma juda ham kuchli ta’sir etuvchi vosita bo‘lib, u 
bolalar hayolini o‘ziga qattiq jalb qilib, dars mavzuining asosiy 
maqsadidan chalg‘itishi mumkinligini anglash qoidasi. 
20.  Ko‘rgazmadan haddan ziyod foydalanish, bolalarda 
abstrakt tafakkur rivojiga to‘siq ham bo‘lishi mumkinligini bilish 
qoidasi. 
Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili. Bu tamoyil quyidagi 
obyektiv qonuniyatlarga suyanadi: 
- inson, faqat tashqi dunyoni o‘z tafakkurida aniq aks 
ettirgandagina, haqiqiy va faol bilimlarga ega bo‘la oladi; 
- kishi tafakkurida ilmiy bilimlar tizimini shakllantirishining 
asosiy usuli, maqsadga yo‘naltirilgan rasmiy ta’limning tashkil 
qilinishi; 
- rasmiy ta’limning tashkil qilinish tartibi, o‘quvchilar 
imkoniyati va beriladigan bilimning ichki mantiqiy tuzilishidan 
kelib chiqqanligi; 


90 
- bilim berish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiril-
ganligi tufayli, bilim berish samarasi, bu bosqichlar orasidagi 
vaqtning qanchalik qisqa bo‘lishligiga bog‘liq, bosqichlar orasi-
dagi masofa vaqt jihatdan haddan oshib ketsa, bilim berish samara 
bermaydi; 
- agar bilim va uning negizida shakllangan ko‘nikmalar mashq 
orqali takrorlanib turilmasa, bilim va ko‘nikma yo‘qolib ketadi; 
- bolalarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatilgan bo‘lmasa, ular 
doimo fikr yuritishda qiyinchiliklarga duch keladilar
- o‘qitishda tizimlilik va muntazamlikka amal qilinmasa, 
ta’lim-tarbiya jarayoni susayadi. 
Pedagogik amaliyotda bu tamoyilning ishlashi quyidagi 
qoidalar orqali amalga oshiriladi. 
1. O‘quvchilar tomonidan bilimlar tizimi to‘liq o‘zlashtirib 
olinishi uchun beriladigan bilimlarni mantiqiy tugallangan bilim 
bo‘laklariga ajratib o‘qitish. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling