Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

3) tizimlilik va muntazamlilik ‒ bilimni ma’lum bir tizimda 
va uzluksiz ravishda berib borish
4) mustahkamlik ‒ bilimni tushunarli tilda qayta-qayta 
takrorlash yo‘li bilan berish; 
5) tushunarlilik ‒ bilimni hammaga tushunarli va hammabop 
qilib berish; 
6) ilmiylik ‒ bilimni bolalarda avvaldan mavjud bilimlarga 
berish; 
7) nazariya va amaliyot birligi ‒ bilim berishda nazariy 
bilimlarning amaliyotda ishlashini, ya’ni uni hayot bilan, amaliyot 
bilan bog‘liqdigini ko‘rsatib berish. 
Bu tamoyillar pedagogik jamoatchilik tomonidan umumiy 
tamoyillar deb qabul qilingan. 
Onglilik va faollik tamoyili. Bu tamoyil asosida ilm tomonidan 
aniqlangan, insonning haqiqiy bilim egallashi uchun, u ‒ bu 
bilimlarni chuqur anglab yetgan holda aqliy quvvatini intensiv 
ishlatishi natijasida yetishi mumkin, degan qonuniyat yotadi. 
Bilimlarni anglaganlik holati quyidagi omillardan kelib chiqadi: 
o‘qishning sababi; talabaning bilish faolligi darajasi; o‘quvchi va 
talabalarning bilish faolligining boshqarilishi va bilim berishni 


86 
tashkil qilish hamda boshqa omillar. Talabaning shaxsiy bilish 
faolligi bilib olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Onglilik tamoyilini amaliyotda qo‘llash quyidagi qoidalarga 
rioya qilishni taqozo etadi: 
1. Bu bilimning hayotdagi zarurligi va ahamiyatini talaba-
yoshlarga tushuntirib, uning istiqbolini ravshan qilib ko‘rsatib 
berish yo‘li bilan, ta’lim oluvchilarda aniq maqsad va vazifalarni 
shakllantirish qoidasi. 
2. Talabalarga qanday yo‘l bilan bilim olishni tushuntirib
ularda shunday ishonch hosil qilish kerakki, ular hech qachon 
olinadigan bilimni chuqur anglab yetmay mexanik holda 
egallamasinlar. 
3. O‘qitganda barcha bilish shakllaridan: tahlil va sintez; 
deduktiv va induktiv; taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yish va 
hokazolardan foydalanish qoidasi. 
4. Bolalardagi mavjud bilim va ko‘nikmalariga tayanib, 
obrazli taqqoslash usulidan foydalanib, har bir so‘z va gapning tom 
ma’nosini ochib berish qoidasi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling