Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Afina ta’lim tizimi 
Umumbashariyatga boy ma’naviy me’ros qoldirgan antik 
davr (lot. antiquitas – qadimgi davr: e.av. VII–II asrlar, bunda 
qadimgi 
yunon-rim 
sivilizatsiyasi 
tushuniladi) 
ko‘plab 
sivilizatsiyalarning rivojlanishini belgilab bergan hamda ularda 
ilm, fan, madaniyat shakllanishiga turtki bo‘lgan. O‘sha davrning 
boshqa hududlaridagi davlatlardan farqli ravishda Qadimgi 
Yunoniston (Ellada) madaniyati – uning davlatchilik asoslarini 
belgilab bergan asosiy omillardan hisoblangan. Afina davlatining 
Yunoniston polislari bilan bo‘lgan 30 yillik urushda (er.av. 404 y.) 
fojiaviy mag‘lubiyatidan so‘ng Fukidid Afina davlatchiligida 
hokimiyat va fuqarolarning yuqori madaniyati o‘rtasida ajoyib 


82 
muvozanat o‘rnatilganligi, uning barcha sohalarida gurkirab 
rivojlangani hamda mag‘lubiyatdan so‘ng yana tiklanish 
mumkinligiga ishonch bildirib quyidagilarni qoldirgan: hatto 
metindek eng mustahkam hokimiyat qulashi mumkin, va faqat 
guldek nozik inson tafakkuri hech qachon so‘nmaydi. Bundan 
shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday davlatning rivoji 
uning ma’naviy madaniyati, ya’ni ilm, fan, san’at, ta’limning 
rivojlanishiga bog‘liq. Umuman olganda Afina madaniyati polis 
hayotining ajralmas qismi hisoblangan. 
Shu o‘rinda aytish joizki, Afina ma’naviy madaniyatining 
asosini ilm, fan va uni egallashga, keyingi avlodga meros sifatida 
qoldirishga qaratilgan ta’lim va tarbiya tashkil etadi. 
Afina o‘z davrining madaniy, siyosiy va iqtisodiy markazga 
aylanganligi yosh avlod ta’lim va tarbiyasiga qo‘yiladigan o‘ziga 
xos talablarni ham belgilab bergan edi. Shu sababli Afina ta’lim 
tizimi Sparta va Rim ta’lim tizimlaridan jiddiy farqlanadi. 
Afinada ta’lim va tarbiya Paydeyya deb yuritiladi (paydeyya 
– qad.yunon. bola tarbiyasi; paydos – bola, o‘smir) va o‘sha 
davrning mutafakkirlari tomonidan falsafa kategoriyasi sifatida 
qaralgan va hozirgi tilda “ta’lim tizimi”, tarbiyaning ma’lum bir 
modeli sifatida tushunish mumkin. 
Hukmron qatlamining ta’lim va tarbiyasi har tomonlama 
rivojlangan shaxsni shakllantirish g‘oyasi – kallogatiyaga (yunon. 
etuk, ajoyib inson; boshqalarni lol qoldiruvchi inson) – qaratilgan 
bo‘lib, uning mohiyati insonning aqliy, jismoniy, ma’naviy va 
estetik rivojlanishidan iborat bo‘lgan. 
Har bir inson ta’lim va tarbiyasi darajasiga ko‘ra jamiyatda 
ma’lum bir mavqega ega bo‘lgan. Afinada ham ta’lim maqsadli 
ravishda tashkil etilgan va amalga oshgan. Bunga o‘g‘il bolalar 7 
yoshdan jalb qilingan. Afinada Spartadagi kabi davlat ta’lim tizimi 
bo‘lmagan, barcha maktablar xususiy va pullik bo‘lgan.
Ijtimoiy hayotda o‘qituvchi (didaskal) katta mavqega ega 
bo‘lmagan, ular hunarmand va ustalarga tenglashtirilgan, ularning 
mehnati yuqori baholanmagan va aholining yuqori qatlam qatorida 
ko‘rilmagan. Ular tomonidan ochilgan maktablar hunarmand-
larning ustaxonasini eslatar va maktab ochish uchun yuqori 


83 
darajadagi bilim va tajribaga ega bo‘lish shart bo‘lmagan. Bunday 
maktablarda turli yoshdagi bolalar ta’lim olishgan va o‘qituvchi 
ularning har biriga individual topshiriqlar berib bajarilishini nazorat 
qilgan. 
O‘g‘il bolalarga boshlang‘ich bilimlarni grammatist 
(didaskal) yozish, o‘qish va sanash asoslarini o‘rgatish orqali 
bergan. Boshlang‘ich yozish ko‘nikmalari eritilgan mum 
tayyoqchalariga (ser) o‘tkir uchli cho‘plar (stilo) yordamida turli 
xil belgi va shakllarni yozish orqali shakllantirilgan. Barcha 
bajariladigan yozuvlar o‘qituvchi tomonidan namuna sifatida 
ko‘rsatilgan va ushbu namunalarni talabga mos ravishda bajar-
ganidan so‘ng ser va stilo husnixat ko‘nikmalarini shakllantirish 
papirus va pero orqali davom ettirilgan. Husnixatga o‘rganish 
ancha murakkab jarayon bo‘lib, Aflotun guvohligicha uch yil 
davom etgan. Dionisiy boshlang‘ich savodxonlik mashg‘ulotlarini 
bunday tasvirlagan: “Husnixatga o‘rganishda biz avval harflarni, 
keyin ularning shakllarini yod olamiz; keyin esa so‘z bo‘g‘inlari, 
so‘zlar va ularni hosil bo‘lishi, sonlar, urg‘ular, gap tarkibi 
o‘rganiladi. Shundan keyingina o‘qish va yozish o‘rganiladi: avval 
bo‘g‘inlab, shoshmasdan va ma’lum darajada ko‘nikma hosil 
bo‘lganidan keyin to‘liq fikr bayon etilishi o‘rganiladi. O‘qishni 
o‘rganganidan keyin o‘quvchi mazmunli o‘qish, urg‘ularni to‘g‘ri 
qo‘yish, ovozning ko‘tarilishi va pasayishi, nutq ritmini va umuman 
“jozibali” o‘qishni mashq qilgan”. 
Afina ta’limiga va umuman Antik davrga xos bo‘lgan bir jihat 
shundan iborat ediki, insonlar mashhur shoir va yozuvchilarning 
asarlarini yod bilishi va ularni omma oldida san’at darajasiga 
ko‘tarib o‘qish urf bo‘lgan. O‘quvchilar ham o‘sha davrning 
mashhur shoirlari, yozuvchilari, tarixchi va faylasuflarining 
she’rlari, poemalari, tragediya va “tarixiy komediyalari”, gnomus-
lar (qisqa didaktik xarakterdagi matnlar), mif va afsonalar, gimn 
va boshqa turdagi adabiy asarlarni yod olishgan. Ayniqsa Ezopa, 
Gomer, Gesiod va Solon, Esxil va Sofokl asarlari mashhur bo‘lgan. 
O‘qishga o‘rgatishning asosiy didaktik usuli sifatida 
o‘qituvchi tomonidan o‘qilgan har bir matn parchasini o‘quvchilar 
birgalikda ovoz chiqarib takrorlashgan. Arifmetikaga o‘rgatish 


84 
birmuncha qiziqarli olib borilgan, chunki o‘qituvchilar sanash 
uchun buyumlardan ko‘rgazma sifatida foydalanishgan. O‘sha 
davrda sanashga o‘rgatishda hisob taxtasi (abak) asosiy va eng 
samarali didaktik vosita hisoblangan. 
O‘quvchi bolalar boshalng‘ich savodxonlikni grammatistdan 
egallaganlaridan so‘ng ularning keyingi ta’lim va tarbiyasi bilan 
kifarist shug‘ullangan. Bunda asosiy e’tibor estetik tarbiyaga 
qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar musiqa ta’limini egallaganlar. 
Musiqa ta’limi antik davrning ta’lim va tarbiyasida muhim o‘rin 
tutgan. O‘quvchilar keng tarqalgan musiqa asboblari – lira, kifar, 
fleyta, sitrada chalishni, jo‘r bo‘lib ashula aytishni o‘rganganlar. 
Yunon mutafakkirlari fikriga ko‘ra, musiqani o‘rganish orqali 
milliy an’analarni saqlab qolish va uni takomillashtirishga 
erishilgan, jo‘r bo‘lib ashula aytish orqali esa o‘quvchilarning 
hamkorlik ko‘nikmalari shakllantirilgan.
Ushbu bosqichdan so‘ng o‘quvchilar taxminan 12 yoshlarida 
umumiy jismoniy va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik olish maqsa-
dida gimnastika maktablarida (palestrlarda) ta’lim olishgan. 
Palestrlarda olib boriladigan gimnastika mashqlari va harbiy 
tayyorgarlik davlat nazorati ostida olib borilgan va bu jarayonga 
alohida tayinlangan pedotriblar rahbarlik qilgan
1


Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling