Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

17.  Haqiqiy bilimga ega bo‘lgan deb, uni qaytarib aytib 
berganga emas, balki bu bilimni amaliyotda qo‘llay olganga 
aytiladi, degan qoida. 
18.  Doimo talabalar qiziqish va ehtiyojlarini o‘rganib borib, 
ularni jamiyat ehtiyojiga moslashtirib borish. 
19.  Bolalardagi kuzatuvchanlikni rivojlantirib, hayotdagi 
voqeliklarni ilmiy asoslab berish yo‘li bilan ularda onglilikni kamol 
toptirish qoidasi. 
20.  Talabalarga shunday bilim berish kerakki, bu bilimlar 
ularda qat’iy ishonch hosil qilib, harakat uchun dastur vazifasini 
o‘tash qoidasi. 
21.  Hech qachon o‘qituvchi aytganlarini qaytarish, birovlardan 
ko‘chirish va aytib turish hollariga yo‘l qo‘ymaslik bilan, o‘quvchi-
talabalarni mustaqil fikrlashga va harakat qilishga o‘rgatish qoidasi. 
22.  Berilayotgan bilimni har tomonlama tahlil qilib berish 
yo‘li bilan bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish qoidasi. 
23.  Talabalarni faollashtirish va rag‘batlantirish uchun doimo 
savollar berib, ularga javobni chidam bilan tinglash qoidasi. 
Ko‘rgazmalilik tamoyili. Bu eng hammaga ma’lum va 
tushunarli bo‘ladigan tamoyillardan biri bo‘lib, u qadimiy 
zamonlardan qo‘llanilib kelingan. Buning asosida quyidagi 
qonuniyatlar yotadi: birinchidan, ko‘rish va eshitish orqali olingan 


88 
axborotlar miyaga turlicha ta’sir etib, turlicha xotirada saqlanadi. 
Qisqacha qilib aytganda, ko‘z bilan ko‘rganda quloq bilan 
eshitgandagiga nisbatan besh barobar ko‘p axborot olinib, uning 
miyada saqlanish darajasi ham yuqori. Ikkinchidan, ko‘zdan borgan 
axborot qayta ishlashga muhtoj emas. 
Ta’lim amaliyoti bu tamoyilni amalga oshirishning bir qator 
qoidalarini ishlab chiqqan. 
1. O‘qitish jarayonida, ko‘rgan narsa eshitganga nisbatan bir 
necha barobar tez o‘zlashtirilib, uzoq muddatga esda saqlanib 
qolishligini doimo yodda tutish qoidasi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling