Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-
hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan 
talablarni belgilaydi. 
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublika-
sining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 
DTSning tashkil etuvchilari: 
1. o‘quvchilar bilimiga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yila-
digan minimal talablar 
2. o‘quv reja 
3. o‘quv dastur 
4. baholash me’zonlari 
O‘quv predmeti pedagogik nuqtayi nazardan asoslangan va 
talqin etilgan ilmiy bilimlar, aqliy va amaliy faoliyat usul va 
vositalari (ko‘nikma va malakalar) tizimi bo‘lib fanning asosiy 
mazmuni va usullarini aks ettiradi. 
O‘quv predmetining fandan farqlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, bilimlar hajmi bilan; ikkinchidan, bilimlarni talqin 
etish usullari bilan; uchinchidan, fanning barcha elementlarini 
o‘quv fanida keltirilishi bilan farqlanadi. 


109 
Odatda o‘quv predmetlari tabiiy-matematik va ijtimoiy 
(gumanitar) bloklarga bo‘linadi. Tabiiy-matematik siklga oid 
fanlarda deyarli barcha tabiiy va aniq fanlarning elementlari 
keltiriladi, ijtimoiy o‘quv predmetlarida esa asosiy urg‘u faktlar va 
tushunchalarga beriladi. 
O‘quv predmetlarini klassifikatsiya qilishning boshqa usuli 
ham mavjud bo‘lib, bunda o‘quv predmetini o‘qitishdan asosiy 
komponent nimaligidan kelib chiqiladi. Masalan, fizika, ximiya, 
matematika, biologiya, astronomiya, geografiya, tarix fanlari 
“ilmiy bilimlar” asosiy komponent hisoblanadigan fanlar 
turkumiga kiradi; informatika, chet tillari, chizmachilik, jismoniy 
tarbiya, mehnat fanlarida esa “faoliyat usullari” asosiy komponent 
hisoblanadi; tasviriy sanhat va musiqa o‘quv predmetlari esa 
“badiiy ta’lim va estetik tarbiya” asosiy komponent hisoblanadigan 
fanlar turkumiga mansub. 
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta'lim standarti o‘quvchilar 
umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy 
minimal darajani belgilab beradi. 
Davlat ta'lim standarti (DTS) ta'lim mazmuni, shakllari, 
vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. 
Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida
mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda 
(davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash 
sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv 
dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy 
hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Umumiy o‘rta 
ta'limning davlat ta'lim standarti o‘zining tuzilishi va mazmuniga 
ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvoza-
natini aks ettiradi hamda eng asosiysi o‘quvchi shaxsi, uning 
intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi. 
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi
tamoyillarga tayangan holda ishlab chiqiladi: 
• 
davlat ta’lim standartining davlat va jamiyat talablariga, 
shaxs ehtiyojiga mosligi; 
• 
o‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi; 


110 
• 
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari 
bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
• 
umumiy o‘rta ta'lim mazmunining insonparvarligi
• 
ta'lim mazmunining Respublikadagi barcha hududlarda
birligi va yaxlitligi; 
• 
umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va 
usullarini tanlashda innovatsion texnologiyalarga tayanish; 
• 
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan 
majburiy minimal talablar. 
Umumiy o‘rta ta’lim ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 
boshlang‘ich (1-4 sinflar) va umumiy o‘rta ta’lim (1-9 sinflar)ni 
qamrab oladi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat talim standarti 
boshlang‘ich hamda umumiy o‘rta ta’lim nihoyasida o‘quvchilar 
egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal 
darajasini belgilab beradi. Har bir sinf yakunida o‘quvchilar 
egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar o‘quv fanlari 
bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarida o‘z aksini topgan. 
Barcha maktab predmetlarida beriladigan ta’limning mazmuni 
davlat hujjatlarida, o‘quv rejasida, o‘quv dasturlari va darsliklarida 
aks etgan. Ana shu hujjatlar respublikadagi barcha maktablar uchun 
majburiydir. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling