Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
4.Darsga qo‘yiladigan talablar 
1. Har bir dars ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qara-
tilgan va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun: 
a) dars yoshlarni barkamol shaxs ruhida tarbiyalashning 
umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqadigan aniq bir 
maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi; 
b) darsning maqsadi albatta, o‘quvchilarga tugallangan bilim 
berishni nazarda tutgan bo‘lishi; 
d) bir soatlik darsda o‘tishga mo‘ljallangan mavzu dastur 
materialining bir qismi sifatida ifodalanishi va bu materiallar o‘zaro 
ichki mantiqiy bog‘lanishga ega bo‘lishi; 
e) o‘tilishi kerak bo‘lgan materialning xarakteriga ko‘ra qanday 
dars tipi, o‘qitish metodidan foydalanish nazarda tutilishi
f) sinf o‘quvchilarining faolligini oshirish maqsadida 
umumsinf va ayrim o‘quvchilar bilan qanday ish olib borish 
kerakligi belgilangan bo‘lishi kerak. 
2. Har bir dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyaviy 
yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim: 
a) darsning mazmuni o‘tilayotgan mavzuning mohiyatiga 
bog‘liq holda o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashga 
xizmat qiladigan materiallar bilan boyitilishi; 
b) dars o‘tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqadigan 
tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar 
o‘quvchilarning 
ilmiy 
dunyoqarashi 
va 
e’tiqodlarining 
shakllanishiga qaratilgan bo‘lishi; 
d) dars o‘tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqadigan 
ilmiy nazariyalar orqali o‘quvchilarning dialektik, materialistik 
dunyoqarashlarini shakllantirish va o‘quvchilarni barkamol shaxs 
ruhida tarbiyalashi lozim. 
3. Har bir dars albatta, turmush bilan, amaliyot bilan 
bog‘langan bo‘lmog‘i lozim. Bunda ayniqsa: 


128 
a) matematika, fizika, kimyo, biologiya, geometriya va boshqa 
fanlarning ilmiy asoslari, uni turmushda, ishlab chiqarish 
amaliyotida qo‘llashi; 
b) sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishida fanning tutgan 
o‘rni kabilar nazarda tutilishi lozim. 
4. Har bir dars xilma-xil metod, metodik usul va vositalardan 
keng va unumli foydalangan holda olib borilishi lozim. 
5. Darsga ajratilgan har bir soatni tejab undan samarali 
foydalanish lozim. 
6. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati 
birlashgandagina qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin. Buning 
uchun: 
a) o‘qituvchi darsga puxta tayyorlanishi; 
b) shu dars davomida ishlatiladigan ko‘rgazmali o‘quv 
materiallarini to‘g‘ri tanlashi va ishlatishi; 
d) sinf jamoasi va har qaysi o‘quvchi bilan munosib 
muomalada bo‘lishi; 
e) sinf faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni to‘g‘ri 
belgilashi, ayniqsa, o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlarini, 
ularning diqqatini jalb qilish va ma'lum topshiriqlarni kitob bilan 
ishlash, tajriba o‘tkazish va yozma grafik ishlarni bajarish. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling