Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Dars – maktabda o‘quv ishlarini tashkil qilishning asosiy


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
3.Dars – maktabda o‘quv ishlarini tashkil qilishning asosiy 
shakli 
Hozirgi paytda o‘quv ishlarini tashkil etishning quyidagi 
shakllari qo‘llanadi: dars, ekskursiya, o‘quv ustaxonalaridagi 
mashg‘ulotlar, mehnat va ishlab chiqarish ta’limi shakllari, uy 
ishlari, sinfdan tashqari o‘quv ishlarining shakllari (predmet 
to‘garaklari, studiyalar, olimpiadalar, tanlovlar). 
Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida darsdagi 
ishlarni tashkil etishning asosan uchta: yakka tartibdagi, umumiy 


126 
va guruhiy shakllari qabul qilingan. Biz darslardagi va uydagi 
yakka tartibdagi ishlar deganda o‘quvchilarning o‘zlari uchun 
maxsus tanlangan va har birining imkoniyatlariga mos topshiriqni 
bajarishlarini tushunamiz. Shunga ko‘ra o‘qituvchi o‘quvchining 
o‘ziga xos imkoniyatlarini aniqlab, unga faqat tayyor namuna 
bo‘yicha emas, balki mustaqil holda ishlashni ham talab qiladigan 
topshiriqlar sistemasini tanlaydi. Bunday ish tasodifiy emas, balki 
muntazam, puxta o‘ylangan bo‘lishi va bunda o‘quvchining 
xususiyatlari hamda imkoniyatlari hisobga olinishi lozim. O‘quvchi 
imkoniyatlarining ikki tomoni nazarda tutilishi zarur. O‘quv 
imkoniyatlarining ichki tomoniga fikrlash va eslab qolishdan iborat 
o‘qish qobiliyati; o‘quvchi ilgarigi ta’limda olgan maxsus bilimlar
shuningdek, o‘quv mehnatiga doir ko‘nikma va malakalarning, 
ma’lum darajada ish qobiliyati va mas’uliyatning, o‘qish sabablari 
majmuyining mavjudligi kiradi. O‘quvchi imkoniyatlarining tashqi 
tomoni unga maktabda xilma-xil ta’sir ko‘rsatishdan va uning oila 
muhitida oladigan taassurotlaridan iboratdir. Yakka tartibdagi 
ta’lim har bir o‘quvchiga yetarli darajada chuqur va puxta bilimlar 
berish uchun, har bir o‘quvchi maqsadga muvofiq kamol topishini 
va zaruratga qarab o‘zining bilimlarini mustaqil holda to‘ldirib 
borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishini ta’minlash uchun kerak. 
Yakka tartibdagi ishlarni darsning hamma bosqichlarida tashkil 
qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlardan bilimlarni 
mustahkamlash, takrorlash va turli mashqlarni uyushtirishda 
foydalanish juda osondir. Ular yangi materialni o‘rganishda ham 
g‘oyat samaralidir. O‘quvchilar bilan olib boriladigan yakka 
tartibdagi ishlar rejasini quyidagi yo‘sinda tuzish mumkin: 
- dastlab mustaqil ishlarni o‘tkazish hamda o‘quvchi 
yashaydigan va o‘qiydigan sharoitlarni tahlil qilish orqali uning 
imkoniyatlarini o‘rganish; 
- o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik 
vositalarini yaratish; 
- har bir o‘quvchi uchun eng maqbul topshiriqlarni hamda 
bilim olishi va kamol topishini nazorat qilish sistemasini belgilash, 
o‘quvchini o‘z vaqtida murakkabroq masalalarni hal qilishga 


127 
o‘rgatish, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va umumlashtirish, 
tuzatish va xulosalar chiqarish. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling