Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Darsning birinchi bosqichi tashkiliy qism. Odatda, bu qismga 
salomlashish, o‘quvchilarning, sinf xonasidagi jihozlarning darsga 
tayyorligini tekshirish, darsda yo‘q o‘quvchilarni aniqlash, ishning 
rejasini e’lon qilish kiradi. Tashkiliy qismning maqsadi darsda ish 
vaziyatini vujudga keltirishdir. 
Darsning ikkinchi bosqichi yozma uy vazifasini qo‘yilgan 
maqsaddan qat’iy nazar, turli metodlar bilan tekshirish. 
Darsning uchinchi bosqichi o‘quvchilarning bilimlarini 
og‘zaki tekshirish (yoki ulardan so‘rash). 
Darsning to‘rtinchi bosqichi o‘qituvchining bayon etishi 
asosida yoki o‘quvchilarning mustaqil tahlil qilishi orqali yangi 
materialni tushuntirish. 
Darsning beshinchi bosqichi uyga topshiriq berish. Darsning 
bu qismiga mazkur topshiriqning mohiyatini, lozim bo‘lsa, uni 
bajarish metodikasini ham tushuntirish, uni o‘qituvchining o‘zi 
doskaga yozishi, o‘quvchilarning daftarga yoki kundalikka 
ko‘chirishi kiradi. 
Darsning oltinchi bosqichi yangi materialni mustahkamlash, 
ya’ni dastlabki yoki yo‘lakay mazkur material bayon 
qilinayotganda amalga oshiriladigan mustahkamlashdir. 


133 
Darsning yettinchi bosqichi uni tugallashdan iborat bo‘lib, bu 
ish tashkiliy ravishda amalga oshirilishi kerak. Chunki dars faqat 
o‘qituvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha mustahkamlanadi. Muallif 
darsning ana shu yettita elementini nazarda tutib, uning 
strukturasini quyidagicha ifodalaydi: Bilim va malakalarni 
shakllantirish darsining tuzilishi: 
− 
Darsning maqsadini qo‘yish; 
− 
Yangi materialni o‘zlashtirish uchun zarur o‘quvchilarning 
bilim va malakalarni takrorlash; 
− 
Tekshirish mashqlarini o‘tkazish; 
− 
Yangi bilimlar bilan tanishtirish, o‘zlashtirish namunasini 
ko‘rsatish; 
− 
Ularni o‘zlashtirishga qaratilgan mashqlarni bajarish
− 
Ularni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni berish; 
− 
Mashqlarni namuna asosida takrorlash; 
− 
Ijodiy xarakterdagi mashqlarni bajarish; 
− 
Darsni yakunlash; 
− 
Uyga topshiriq berish; 
Takrorlash darsining tuzilishi: 
− 
Darsning tashkiliy qismi; 
− 
Ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarning 
qo‘yilishi (aniqlashtirilishi); 
− 
Uy vazifasini tekshirish, bilim, ko‘nikma faoliyati asoslarini 
tashkil etuvchi fikrlashga e'tibor qaratish (amaliy va nazariy 
tarzda). Avvalgi darsda kelgusi dars takrorlash darsi bo‘limini 
nazarda tutgan holda uyga vazifa berilishi kerak; Darsdagi 
takrorlashni umumlashtirish, o‘quv jarayoni natijalarini tekshirish, 
uyga vazifa berish. 
− 
Bilimlarni tekshirish darsining tuzilishi: 
− 
Darsning tashkiliy qismi. Mazkur holatda ishchan, sokin 
holatni bo‘lishi zarur. O‘quvchilar tekshiruv va nazorat ishidan 
qo‘rqmasliklari yoki o‘qituvchi ularning o‘zlashtirishlarini tekshi-
rishi haqida ortiqcha hayajonlanmasliklari kerak; 
− 
Darsning maqsadini qo‘yilishi. O‘qituvchi o‘quvchilarga 
ularning qaysi dars materiallari yuzasidan bilimlari tekshirilishi va 
nazorat qilinishini e'lon qiladi. O‘quvchilarga tegishli qoidalarni 


134 
eslash va nazorat ishi jarayonida qo‘llash ta'kidlanadi. O‘quv-
chilarga o‘z ishlarini o‘zlari tekshirib chiqishi zarurligi aytildi
− 
Tekshiruv yoki nazorat ishi mazmunining bayoni (masala, 
misollar, diktant, insho yoki savollarga javoblar o‘z tarkibi, qiyinlik 
darajasi bo‘yicha dasturga mos bo‘lishi va har bir o‘quvchining 
imkoniyati yetadigan darajada bo‘lishi kerak); 
− 
Darsni yakunlovchi bosqichi. O‘qituvchi o‘quvchilarning 
eng yaxshi ishlarini rag‘batlantiradi, boshqa ishlarda yo‘l qo‘yilgan 
xatolarni tahlil qiladi, xatolar ustida ishlashni tashkil qiladi (ba’zi 
hollarda bu ishlar kelgusi darsda olib boriladi).Tipik xatolarni, 
bilim, malakalarni egallashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni 
bartaraf etish, bilim va malakalarini takomillashtirish. 
Yangi bilimlarni, malakalarni egallovchi dars tuzilishi: 
− 
Darsning tashkiliy qismi (o‘quvchilarni psixologik 
yo‘naltirish) 
− 
Dars mavzusi va maqsadining bayoni 
− 
Malakalarni shakllantiruvchi yangi bilimlarni o‘rganish; 
− 
Qabul qilingan va o‘xshash vaziyatlar bo‘yicha dastlabki 
malakalarni egallash va mustahkamlash; 
− 
Bilim va malakalarni o‘zgartirilgan vaziyatlar misolida 
ko‘rib chiqish; 
− 
Bilim va malakalarni ijodiy qo‘llash; 
− 
Malakalarni egallash mashqlari
− 
Uy vazifa; 
− 
O‘quvchilar bajargan ishlarini baholash orqali darsni 
yakunlash.Takrorlash, umumlashtirish darsining tuzilishi: 
− 
Tashkiliy vaziyat; 
− 
O‘qituvchining kirish so‘zida takrorlash umumlashtirilishi 
rejalashtirilgan mavzu yoki mavzularning ahamiyati ta'kidlanadi, 
darsning maqsadi va rejasi e'lon qilinadi. O‘quvchilar tomonidan 
turli og‘zaki va yozma umumlashtiruvchi va tizimlovchi top-
shiriqlari yakka va jamoa holatda bajaradilar, bunda malakalarni 
shakllantiruvchi, umumlashtiruvchi bilimlar, umumlashtiruvchi 
faktlar asosida olib boriladi; 
− 
Bajarilgan ishlarni tekshirish, korrektirovkalash (zarur 
holatlarda); 


135 
− 
O‘rganilgan material bo‘yicha xulosalash; 
− 
Darsning erishilgan natijalarini baholash; 
− 
Darsni yakunlash; 
− 
Uyga vazifa berish (doimiy). 
Aralashgan dars tuzilishi (bunday dars tuzilishi odatda o‘z 
oldiga bir nechta didaktik maqsadlarni qo‘yadi) 
− 
Darsning tashkiliy qismi; 
− 
Uy vazifani tekshirish, darsning maqsadini qo‘yilishi; 
− 
O‘quvchilarni yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash
bilimlarning dolzarbligi, amaliy va aqliy malakalarining egalla-
nishi; 
− 
Yangi mavzuning bayoni, shu bilan birga tushuntirish; 
− 
Dars davomida o‘rganilgan yangi bilimni mustahkamlash, 
avval o‘rganilgan bilimlar bilan bog‘lash; 
− 
Yangi bilimlarni avvalgilari bilan bog‘lagan holda bilim va 
malakalarni umumlashtirish va tizimlash; 
− 
Darsni yakunlash va dars natijalari; 
− 
Uyga vazifa berish
O‘quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash 
(zarur hollarda)

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling