Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Ta’lim mazmuni va uning tuzilishi
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
2. Ta’lim mazmuni va uning tuzilishi Pedagogik nazariyada ta’lim mazmuniga turlicha talqinlar berilgan bo‘lib, ba’zida ushbu talqinlar bir-birini inkor etuvchi hollar ham uchrab turadi. D.Dyui o‘zining “Dunyodan – bolaga, boladan – dunyoga” kitobining (1921y.) “Bola va o‘quv dasturi” («The Child and Curriculum») bobida mazmun va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi munosabatni shunday ta’riflagan: “O‘rgatayotgan faningizni qismlarga bo‘ling... Uning alohida qismlarini bosqichma-bosqich o‘rganishga majburlang va bola fanni to‘laligicha egallaydi. O‘qitishning bunday tamoyilini tutganda darsliklar shunday 107 yozilishi kerakki, u mantiqiy qismlarga bo‘linishi va ular mahlum ketma-ketlikda joylashishi hamda ushbu qismlarni o‘rgatish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak... Agar ta’lim mazmuni o‘quvchining asta sekin shakllanib va kengayib borayotgan tafakkurida ma’lum o‘rin egallashi, keyingi faoliyatida foydali bo‘lsa, o‘quvichining “qiziqishini” uyg‘otish uchun xilma- xil metodik harakatlarga ehtiyoj qolmaydi”. Ko‘rinib turibdiki, ta’lim berishda uning mazmuni metodologiyaga (uning ahamiyatini pasaytirmagan holda) nisbatan birlamchi o‘rinda turadi. Aynan ta’lim mazmuni o‘qitish strategiya, yondashuv, texnologiya va metodlarni qanday bo‘lishini belgilab beruvchi birlamchi omildir. Ta’lim mazmuniga ijtimoiy-madaniy jihatdan qaraydigan bo‘lsak, u insonni jamiyatdagi hayotga tayyorlash va ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni bajarishga tayyorlovchi, ma’lum pedagogik qoidalarga moslashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar, ijodiy faoliyat vosita va usullaridan iborat tizimdir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ta’lim mazmuni – ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi bo‘lib, ularni egallash o‘quvchilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining rivojlanishi, ularning dunyoqarashi va ahloq normalarining shakllanishi, ijtimoiy hayot va mehnat faoliyatiga tayyorlanishi ta’minlanadi. Zamonaviy didaktikada ta’lim mazmuni va uning strukturasi haqida so‘z borganda turli yondashuvlar mavjud. Uning birinchi sababi shundan iboratki, ta’limning maqsadlari hamda uning amalga oshiradigan vazifalari jiddiy tarzda o‘zgarganligidadir. Yana bir sababi esa ta’lim – insoniyat tomonidan erishgan fan yutuqlari va madaniy me’roslarni o‘quvchilar tomonidan egallash degan tushuncha o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish va ko‘zlagan maqsadlariga erishish bilan to‘qnash kelishidir. Bir tomondan ta’lim mazmuni deganda o‘quvchiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi ta’sir qiluvchi omil tushunilsa, boshqa jihatdan o‘quvchida ta’lim olish jarayonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, uchinchidan esa shaxsiy va ijtimoiy madaniy jihatlar aloqasi tushuniladi. 108 Ta’lim mazmuniga nisbatan turli yondashuvlar va qarashlar mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar uning manbasi insoniyat tomonidan to‘plangan ijtimoiy-madaniy tajriba va merosdir. Ta’lim mazmunini belgilash va shakllantirish bir nechta bosqich orqali amalga oshiriladi. Bular: − ta’lim mazmuni yaxlit holda, o‘rganiladigan ijtimoiy tajriba elementlari, strukturasi va ijtimoiy funksiyalari umumlashgan holda pedagogik talqinda berilib davlat ta’lim standartlarida aks etgan nazariy bosqich; − maxsus bosqich, bunda alohida o‘quv predmetlarining mazmuni belgilanib o‘quv dasturlarida o‘z aksini topadi; − ta’lim mazmunini shakllantiruvchi alohida o‘quv predmetiga xos o‘quv elementlardan iborat bo‘lgan quyi bosqich bo‘lib, darslik va qo‘llanmalarda o‘z aksini topadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida ta’lim mazmu- nini belgilash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling