Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

7-yo‘nalish. Rezyume. 
Darsning bu qismi o‘qituvchi va o‘quvchi orasida aniq dars 
mavzusi bo‘yicha materiallar yuzasidan fikrini bilish va baholashda 
qarama-qarshi aloqa o‘rnatish imkonini beradi.
Har bir kreativ yo‘nalishning dars mazmuni va psixologik 
asosi quyida berilgan: 
“Dars” tizimida tizimli tashkil etuvchi element bo‘lib, 
go‘dakning ijodiy potensialini yuqoriga ko‘taruvchi o‘quvchining 
ijodiy faoliyati ko‘zda tutiladi. 
O‘qituvchi diqqatiga bunday mashg‘ulotlarning dastlabkisi 
shunisi bilan diqqatga sazovorki, u pedagog va sinf orasida ijodiy 
mikroiqlimni o‘zaro tushunish va ishonchni uyg‘otadi.Buning 
uchun o‘qituvchi darsni o‘yin shaklida qiziqarli tarzda o‘quvchilar 
diqqatini bir faoliyatdan ikkinchisiga qaratib, istisnosiz barcha 
o‘quvchilarni faol izlanish faoliyatiga jalb qila bilishi kerak. 


221 
Nazorar uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Kreativ ta’lim deb nimaga aytiladi? 
2. Kreativ ta’limning mazmun mohiyati nimalardan iborat? 
3. Kreativlik va uning tashxislanishi haqida gapiring 
4. Kreativ dars tuzilishiga misollar keltiring.
5. Kreativ dars yo‘nalishlarining mazmuni nimalardan 
iborat? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


222 
 
III BO‘LIM 
 
IX BOB. TARBIYA NAZARIYASI VA USULLARI 
 
1.Tarbiya jarayonining mohiyati va uning jamiyat 
taraqqiyotidagi o‘rni 
Pedagogika fanining muhim bo‘limlaridan biri tarbiya 
nazariyasidir. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim 
tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari
qonuniyatlari, uni tashkil etish masalalari, metodikasi, shakllari
metodlari, vositalari, usullari va muammolarini o‘rganadi. 
Mazkur bo‘limda tarbiya jarayonining mazmuni, shakli, me-
todlari, vosita va usullari o‘rganiladi. Tarbiya pedagogikaning 
asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib – insonni ijtimoiy tajribalar 
bilan, uning barcha shakllarida - bilim, xis-hayajon, estetika, odob-
axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga xos 
jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha 
faoliyat hisoblanadi. Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va 
xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga taya-
nadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, 
sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlar-
ning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogi-
kaning boshqa bo‘limlari: ya’ni pedagogikaning umumiy asoslari, 
ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy 
bog‘liq. Tarbiya bu muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy 
tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-
atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq 
talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har 
tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni 
tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. Turli zamon va 
makonda tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy 
maqsadlaridan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha 


223 
ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda 
ob’yektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling