Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
3-yo‘nalish. Psixologik dam olish.
Psixologik dam olish sifatida qo‘llaniladi. Bosh miya yarim sharlarini garmonik rivojlanishiga ta’sir etuvchi jismoniy mashqlar (Shuni esda tutish lozimki, o‘ng va chap qo‘llar imkoniyatini rivojlantirish muhimdir. Psixologlarning ta’kidlashicha, o‘ng va chap qo‘lda birday harakatlanish xotira, fikrlash va nutqning rivojlanishi, yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.) O‘yinlar, sport-hissiyotli, teatrlashgan, taqlid etuvchi raqslar. Sport hissiyotga asoslangan “Jangler”, “Arqon tortuvchilar” kabi o‘yinlarni shu turkumga kiritish mumkin. Quvnoq bolalar kuylariga raqsga tushish, go‘dakka harakat va teatrlashtirilgan taqlidchan “Tabassum o‘yini” va shu kabilar o‘ziga xos kulgi terapiyasidir. 215 Topshiriqlar turlari xilma-xil bo‘lib, o‘qituvchining ixtiyoriga qarab yangilari bilan to‘ldirib boriladi. “Pantomima” o‘yinlarida 2 tomonlama dam olishga erishiladi: tegishli guruh muskullari dam oladi va o‘yin ijobiy hissiyotlar hisobiga reaksiya amalga oshadi. Pantomimo bilan shug‘ullanish ijodkorlik rivojlanishining boshlanishi bo‘libgina qolmay, go‘dakni o‘z-o‘ziga ishonchini orttiruvchi ijobiy hissiyotdir.Psixologik va fiziologik kuzatishlar aqliy va hissiy toliqish bilan, vegetativ qo‘zg‘alishlar bilan skelet muskullaridan toliqishning uzviy bog‘lanishini ko‘rsatmoqda. Hammaga ma’lumki, muntazam jismoniy mashqlar ishchanlik va sog‘lomlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Bosh miyaning optimal funksional holatini ta’minlash, bundan tashqari, miyadan chiqayotgan nerv impulslarining to‘lqinini boshqarishga ham bog‘liq. O‘z-o‘zini boshqarish tizimi yordamida markaziy qo‘zg‘alishni periferikka ko‘chirish, eng avvalo, skelet muskullarini va shu bilan birga asabiy zo‘riqishning oldini olishni ta’minlaydi. Ta’kidlash kerakki, tetik holatda fikriy qabul qilish (ijobiy hissiy reaksiyalar ta’sirida yuzaga kelgan) kelgusida quyidagi siljishlarga olib kelishi mumkin: o‘z-o‘ziga ta’sir etish orqali oldin boshdan kechirilgan emotsional holatlar tiklanishi mumkin. O‘z- o‘ziga ta’sir faqatgina oliy nerv faoliyatining xarakteriga ta’sir etib qolmasdan, organizmning hujayralargacha bo‘lgan mexanizmini boshqarishga ta’sir ko‘rsatadi. Autogen mashqlarning psixologik nazorat mashqlari – “Tinch maskan”, “To‘liq potensial”, “Lazzatlar ro‘yxati” kabilar muskul va psixologik reaksiya jarayonida o‘z- o‘ziga ta’sir etuvchi holatlarda yordam beruvchi formula va timsollardir. O‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatishga o‘qish va ijodiy faoliyati, munosabat va xulqi jarayonida o‘z ustida nazorat o‘rnatuvchi muhim omil sifatida qarash kerak. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling