Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Kreativ dars yo‘nalishlarining mazmuni va psixologik asosi
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-yo‘nalish.
4.Kreativ dars yo‘nalishlarining mazmuni va psixologik asosi 1-yo‘nalish. Motivlashtirish (hayratlanish, surpriz). “Hayratlanish – donishmandlikning boshlanishidir” (Suqrot). Axborotlardan toliqishning oldini olish va o‘quvchilarni intellektual faolligini oshirish maqsadidagi izlanishlar yo‘lidagi muqobil usullaridan biri “hayratlanish” yoki boshqacha aytganda, “mo‘jiza effekti”. Hayratlanarli predmetlar bilan to‘qnashuv tizimi, ularni yaratilish haqidagi izlanishlari kichik maktab o‘quvchilarining qiziqish va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi. Motivlashtirish dars jarayonida predmetlar timsolida, masalan, go‘dak tafakkurini jumboqliligi, siri va favqulodda go‘zalligi bilan olib boriladi. Bunday predmetlar turlicha bo‘lishi mumkin. Jumladan, oynasi orasiga o‘rgimchak kirib qolgan soat, ichiga yelkanli kema joylashtirilgan butilka va h.k. Bolalar qiziqishini oshiruvchi oddiy fokuslar. Masalan: quti ichida bir ko‘rinib, bir ko‘rinmaydigan sichqoncha va b. Bunday jihozlar unutilgan qadimiy o‘yinchoqlar vazifasini ham bajarishi mumkin. Yog‘ochdan yasalgan cho‘qiyotgan tovuq, pianino chalayotgan ayiq, ayiq bilan o‘tin arralayotgan dehqon. Bolalarda sovun ko‘piklarida hosil bo‘ladigan shakllar ham hayrat va qiziqish uyg‘otadi. Sovun pufagini hosil qiluvchi qismi bo‘lgan 214 oddiy ruchka yoki sovun pufagidan chiroyli shakllar yasovchi to‘pponcha – avtomat o‘yinchog‘i. Obyektning tortishish mar- kaziga asoslangan o‘yinchoqlar: yiqilmas matryoshkalar, magnit tortishiga asoslangan kamondan o‘q otish o‘yinchoqlari o‘quv- chilarda kuchli qiziqish uyg‘otadi. Bundan tashqari, o‘yinchoq- boshqotirmalar ham qiziqarlidir. 2-yo‘nalish. Dasturning mazmuni. Dasturning mazmuni boshqa yo‘nalishlarni tizimli umumlash- tirish asosida bir butunlikda ijodiy tafakkurning va fantaziyasining rivojlanishiga hamda tasviriy masalalarning nazariy yechimi degan jiddiy muammoni (G.S.Altmuller) yechishga xizmat qiladi. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki, qiyin masalalarni yechishda yuqori natijalarga erishish uchun 3 ta muhim omil mavjud: Qobiliyat, imkoniyat, individualliklarni og‘zaki, matematik va texnik hisoblash, o‘zlashtirish qobiliyati, abstrakt va murakkab fikrlash natijasidir. Bunday qobiliyatlar boshqa kishilar tomonidan ijobiy e’tirof etilishi muhimdir. Imkoniyatlar go‘dakni intellektual faol va o‘z muammolarini mustaqil hal etishdan manfaatdor bo‘lgan, atrofdagi eng yaxshi, o‘z-o‘ziga ishonch tug‘diradigan boshlang‘ich tajribalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Individuallik dastlabki ikki omilning ta’sirini kuchaytirishga, shu bilan birga qobiliyatlar shakllanishini qiyinlashtirishga ta’sir qiladi. Ijodkor shaxsning shakllanishida uni qurshab turgan muhit ijobiy sharoitni yaratishi lozim. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling