Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

4-yo‘nalish. Boshqotirmalar. 
Zamonaviy kreativ darsning muhim elementlaridan biri sifatida 
o‘quvchilar ijodiy faoliyati tabiiy obyektlar tizimida o‘tkir aql va 
topqirlik mujassamlashgan boshqotirmalar muhim ahamiyatga ega. 
Boshqotirmalar o‘quvchi oldiga yechimini topish jarayoni fikrni 
noan’anaviy birikishga olib keladigan muammo zararsiz materiallar 


216 
(yog‘och, qog‘oz, metall, plastmassa)dan yasalgan buyumlardan 
foydalanish mumkin. Taklif etiladigan boshqotirmalar ko‘p sonli 
obyektlar ichida didaktik prinsiplarga mos ravishda tanlab olinadi. 
Quyidagi talablar qo‘yiladi: 
• Boshqotirmaga asoslangan g‘oyaning jozibadorligi. 
• O‘quvchilar qiziqishlariga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik 
quvvati. 
• Maktabda o‘qitiladigan predmetlar bilan bog‘liqlik (fizik, 
kimyoiy, biologik va boshqalar.). 
• Go‘dakning obyekt bilan estetik uyg‘unligi. 
• Go‘dakning qiziqishlari va yoshiga bog‘liq ijodiy 
imkoniyatlari. 
• Natijani topishda asta-sekin yuksalish. 
Boshqotirmalarning bunday tizimi biz tomonimizdan dunyo 
tajribasida birinchi marta dars tizimining yaxlit bir bo‘lagi sifatida 
tavsiya etilmoqda.Biz tomonimizdan saralangan boshqotirmalar 
tizimi kreativ ta’lim tizimining yangi didaktik vositasidir. Uning 
bosh funksiyasi ijodiy fikrlashni, topqirlikni, fikrlash to‘siqlarini 
yengish, ijodiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari, 
bu tizim kuzatuvchanlikni, qiziquvchanlik va ijodkorlik faoliyatini 
natijasi sifatida intellektual faollikni rivojlantiradi. Boshqo-
tirmalarni yechish insonning doimiy o‘yinga bo‘lgan ehtiyojini 
qondiradi. O‘yin ijodiy faoliyatning o‘ziga xos tayyorgarlik turi 
bo‘lib, boshlang‘ich maktab o‘quvchisining kreativ sifatlarini 
rivojlantiradi. Ehtiyojning kitob javoni matematik boshqotirma va 
o‘yinlar bilan to‘la bo‘lganligi ham bejiz emas. “Alisa mo‘jizalar 
mamlakatida”, “Alisa ko‘zgu ortida” kabi umume’tirof etilgan 
ertaklarning muallifi, ajoyib ertakchi, Oksford universitetida 
matematikadan dars o‘tgan Lyuis Kerrol boshqotirmalarning katta 
ixlosmandi edi. U oddiy qog‘oz varag‘ini buklash orqali g‘aroyib 
figuralar (origami)dan juda ko‘p foydalangan. Uning qo‘llarida 
varaqni buklash orqali oddiy geometrik chiziqlardan kutilmaganda 
o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘zining mukammalligi bilan miniatura 
asarlari, yarim abstrakt haykallar paydo bo‘lgan. 


217 
Boshqotirmalar tizimida yana bir muhim (motivatsion) funk-
siyasi shundan iboratki, ular o‘quvchilarning o‘rganilayotgan 
materialga nisbatan qiziqishini orttiradi, bundan ko‘p samaraliroq 
motivlash shaklini topish mushkuldir. Berilgan masalalarni bir 
necha usullarda yechish ham samaralidir. Boshqotirmalar bilan olib 
boriladigan faoliyat fikrlash mahsuldorligini oshirishda qo‘shimcha 
imkoniyatlarni ishga soladi. Tafakkurda hayoliy obrazlarning 
mavjudligi, taxminlarni tekshirishda kattalar yordamiga tayan-
maslik o‘quvchida zoriqmasdan belgilar olamidan obrazlarga yoki 
aksinchaga o‘tishga yordam beradi. Yaxlit ta’limiy ish shaklida 
o‘qish, o‘z holicha aqliy rivojlanish amalga oshiriladi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling