Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi 
qoidasiO‘zbek xalqining madaniy merosini o‘rganishda va rivoj-
lantirishda milliy o‘ziga xosligi, ma'naviy xususiyatlari hisobga 
olinib, xalq pedagogika an'analariga suyangan holda ish ko‘rilishi 
maqsadga muvofiq. Xalq pedagogikasining bola tarbiyasidagi boy 
tajribalari hayotga to‘la tadbiq etilmaganligi, buyuk allomalarning 
pedagogik qarashlari, Sharqona urf-odatlar, boy an'analari hayotga 
joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay qusurlarning yuzaga 
kelishiga sabab bo‘lgan. Xalqimizning ko‘p asrli qadriyatlarini, 
ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni 
anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. 
O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni 
yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita 
bo‘lib xizmat qiladi. Ismoil-al Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, 
Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy
Sa'di Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Farididdin 
Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk 
mutafakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq, baxt, 
insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, sihat-salomatlik, 
ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega 
bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy 
xususiyatlarini, ya'ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda 
bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik 
kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlik-
dan ana shu go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga ahamiyat berganlar.
Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olish qoidasi. Bolalar maktabda rivojlanishning turli 
davrlarini bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik pallalarini bosib o‘tadilar. 
Shu davrlar ichida ular hayot, inson va tabiat, umuman atrofimizni 
o‘rab olgan dunyo haqida aniq bilimlarga ega bo’ladilar. Ularnig 
axloqi ham o‘zgarib boradi. Shu yillar ichida bolaning axloqiy 
tuyg‘ulari rivojlanadi, ongi bilan xulqi o‘rtasida uyg‘unlik vujudga 


231 
keladi, xarakteri tarkib topadi, o‘z xulqi va xatti-harakatlarini ehti-
yojga va sharoitga muvofiqlashtirishga intilish odatlari tarbiya-
lanadi. 
Bolalarning yoshi rivojlanish darajasiga ko‘ra ularga beriladi-
gan tarbiyaning mazmuni, pedagogik rahbarlikning xarakteri ham 
o‘zgarib boradi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktab-
dagi o‘z asosiy vazifalarini: o‘zini maktabda, uyda, ko‘chada 
qanday tutish qoidalarini bilib oladilar. Bunday odatlar ularga 
namuna ko‘rsatish, tushuntirish yo‘li bilan singdiriladi. Bolalarning 
yoshi ulg‘aygan sari ularga talab ham orta boradi. Shu tufayli o‘rta 
va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustaqilligiga 
suyanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi. Tarbiyada bolalarning 
kuchi va imkoniyatlarini tola ishga solish yaxshi, lekin ularning 
kuchiga ortiqcha baho berib yuborish ham yaramaydi. 
Tarbiya berishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan 
tashqari, har qaysi bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish 
ham katta ahamiyatga ega. Bolalarning yoshi, bo‘yi bir xil bo‘lsa-
da, ularnig mijozi, fazilatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari har 
xil bo‘ladi. Bu farqlar bolalarning xulqida, o‘qish va mehnatida aks 
etadi. Bir o‘quvchiga nisbatan muvofiq bo‘lgan tarbiya uslubini 
boshqa bir o‘quvchiga nisbatan qo‘llaganda u kutilgan natijani 
bermasligi mumkin. Sinfdagi o‘quvchilarning ba’zilariga oddiy 
tanbehning o‘ziyoq samarali ta’sir ko‘rsatadi, ammo boshqa 
o‘quvchilarga tanbeh berishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ba’zi bir 
o‘quvchi ayrim axloqiy fazilatlarni tezda uqib oladi va unga amal 
qiladi, ikkinchisi esa unga amal qilmaydi, ayrim bolalar esa bu xil 
sifatlarni o‘zlariga juda sekinlik bilan singdiradilar. 
Ayrim o‘quvchilar o‘zlarining faolliklari, saranjom-sarishta-
ligi, intizomliligi, fahm-farosati bilan o‘qituvchi va bolalar jamoa-
sining ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘ladilar, boshqalari esa 
intizomsizligi, pala-partishligi, betgachoparligi, bema’ni qiliqlari 
bilan tezda “tanilib” qoladilar. Demak, har bir o‘quvchining qobi-
liyati, qiziqishi, his-tuyg‘ulari, kuchli va zaif jihatlarini aniqlab, 
tarbiyaviy ishlarda ularni hisobga olish tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yish imkoniyatini beradi. 


232 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling