Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Ma’naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, 
intellektual fazilatlar majmuasi. Har bir millatning ma’naviy 
boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil 
topadi. Ma’naviy meros o‘tmishning yutug‘i. Uni to‘la, odilona 
egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlarning vazifasidir
2
. O‘z 
madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik 
madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko‘tarishga 
intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun ziyondir. 
Ma’naviyatini yuksak darajada rivojlantirgan insongina o‘zligini va 
nodir betakrorligini anglaydi, bugungi jamiyatning ravnaqi uchun 
kurashda o‘zida kuch va qudrat topa oladi.
Asrlar davomida xalqning ma’naviy ehtiyoji, talabi asosida 
yaratilgan qadriyatlarda olg‘a surilgan ilg‘or g‘oyalarni o‘z ongida 
yaxlit shakllantirgan, ularning mohiyatini amaliy faoliyatida 
namoyon qila oladigan, oilaning, xalqning, jamiyatning ma’naviy 
rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan shaxs 
ma’naviy madaniyatli hisoblanadi. Milliy va umuminsoniy 
ma’naviy qadriyatlardan to‘la bahramand bo‘lmagan, ona tilini 
bilmagan jaimiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli tarzda 
hissa qo‘shmagan inson ma’naviy qashshoqdir.

 
Mustaqil respublikamiz istiqbolini belgilovchi har bir 
fuqaroning o‘z burchi va majburiyati mohiyatida ma’naviyat va 
axloqiylikni qayta tiklash;

 
o‘zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklarni, 
noyob tarixiy obidalarni avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga 
yetkazish tadbirlarini ko‘rish; 

 
qadimiy va zamonaviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va 
san’atni bilish va rivojlantirish;

 
o‘zbek tilini taraqqiy ettirish, respublikada yashovchi boshqa 
1
Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». T. «Ma’naviyat». 2008 y. 
2
O‘sha asar. 


235 
xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

 
hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish;

 
ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; 

 
oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash;

 
maorif tizimining barcha bo‘g‘inlarida umuminsoniy va 
milliy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini chuqur o‘rganishga 
erishi kabi shartlarini amalga oshirish yotadi.
Bir so‘z bilan aytganda, insoniyat paydo bo‘libdiki, hamisha 
odamiylik qiyofasini, fe’l-atvorda o‘ziga yarashadigan xatti-
harakatlarini, u yoki bu fazilatlarini mujassamlashtirishga intilgan. 
Hozirgi zamon kishisiga odob, xulq atvor qoidalari asrlar davomida 
tarkib topib, takomillashgan. Bu fazilatlar har bir odamning bokiriy 
va botiniy xislatlarida, o‘zini tuta bilishida, xatti-harakatida, 
muomala-munosabatida o‘z ifodasini topgan. 
Ma’naviy barkamollik «hayot qonunini ilmini idrok etish» 
demakdir. Ilmni har qanday ko‘rinishi esa ta’lim –tarbiya orqali
ustoz-muallimlar boshchiligida beriladi. 
Ushbu ma’noda umumta’lim maktablari mazkur masalani hal
qilishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Bugungi ta’lim oldiga 
qo‘yilgan muhim masala-umuminsoniy va milliy qadriyatlarga 
tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik 
g‘oyasini kuchaytirish xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchilligi, 
ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlarni ma’naviy madaniyatini 
shakllantirishdan iboratdir.
Zeroki, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
qonunida ham, “... ta’limda umuminsoniy va milliy madaniy 
qadriyatlarning ustivorligi”

ta’lim sohasidagi davlat siyosatining 
asosiy tamoyillaridan biri ekanligi ta’kidlangan.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy 
madaniy qadriyatlarning ustivorligiga erish o‘quvchilarining 
ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muhim omilidir.
Ayniqsa boshlang‘ich sinflardan boshlab murg‘ak qalblarda 
axloq-odobga oid sodda tushunchalardan boshlab sekin-astalik 
bilan milliy qadriyatlarimiz elementlarini singdirib borish katta 
ahamiyatga ega, ular ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zbekona 


236 
ibratomuz urf-odatlarimizdan xabardor bo‘lib boradilar. Insoniy 
fazilatlarni kichik hikoyalar, tanbehlar va rivoyatlar orqali anglab, 
axloqan tarbiyalanadilar. Salbiy xislatlardan o‘zlarini saqlab, ota-
bobolarimizdan meros qolgan udum va qadriyatlarni tiklashga, 
amal qilishga hissa qo‘shishga intiladilar. Bu esa ularning milliy 
mafkuramizning asl mohiyatini tushunishga olib keladi.
Eng asosiysi bizning davlat demokratik tamoyillarga 
asoslangan holda, barcha mafkuralarning yashash huquqini 
ta’minlovchi institut sifatida ish ko‘rishini tushunib yetadilar.
Shu sababli biz ma’naviy qadriyatlarni ta’lim-tarbiya 
jarayoniga kiritib yoshlarni axloqan pok va ruhan tetik, sog‘lom 
aqlli qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir. 
Shaxsning ma’naviy madaniyatini shakllantirishga qo‘yiladigan 
hozirgi zamon talablarini amalga oshirish muammolari dinamik 
xarakterga ega bo‘lib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. 
Bu muammoni falsafa, etnografiya, adabiyot, sotsiologiya, 
pedagogika, psixologiya, etika,estetika fanlari tadqiq etadi.

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling