Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
Madaniyat – arabcha so‘z bo‘lib, u jamiyatning ishlab
chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotda qo‘lga kiritgan yutuqlari majmuidir. Demak, madaniyat- insoniyat faoliyati mahsuli natijasi sifatida, insonlarning moddiy va ma’naviy faoliyatlari jarayonida vujudga keladi. Madaniyat - jamiyat va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to‘plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi. Madaniyat shaxs kamolotiga moddiy (texnika ishlab chiqarish tajribasi, moddiy boyliklar) va ma’naviy (fan, adabiyot, san’at, maorif, din, umuminsoniy va milliy ma’naviy ruhiy qadriyatlar) jihatdan ta’sir etadi. Moddiy va ma’naviy madaniyatning o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’siri natijasida aqlan yetuk yaxlit shakllangan shaxs tarkib topadi. Ma’naviy madaniyatning negizi hisoblangan umuminsoniy va milliy qadriyatlar shaxslar ijtimoiy tuzumiga munosabati, turli ma’rifiy ma’naviy g‘oyalar, tushunchalar, qarashlar, tasavvurlar tizimining mahsulidir. Ma’naviy madaniyatning mohiyatini namoyon etuvchi obyekt shaxs hisoblanadi. 237 Shuningdek, asrlar davomida jamiyatning moddiy va ma’na- viy rivojlanishiga diniy ta’limot tarbiya vositasi bo‘lib kelayotgan diniy ma’naviy qadriyatlar ham ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligi sir emas. Jumladan, islom diniga qadar mavjud bo‘lgan va islom tomo- nidan to‘ldirilgan, rivojlantirilgan axloqiy ma’naviy an’analar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Zeroki, Qur’oni Karimda bayon etilgan quyidagi axloqiy va ma’naviy mezonlar bugungi kunning tarbiyasi uchun ham ayni haqiqatdir: o‘zaro muloqot uchrashish, xayrlashish va hamkorlik faoliyatidagi odob-axloq talablari; mehmon kutish, mehmonga borish, katta va kichikka bo‘lgan munosabat, ota-onaga bo‘lgan hurmat, oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari masalalarining o‘ziga xos odobi; bayram, tantana, marosim va an’analarda ishtirok etishning tartibotlari haqidagi da’vat va boshqalar. Qur’onda keltirilib, keyinchalik Sharq xalqlarining milliy – ma’naviy qadriyatlariga aylangan yuzlab qadriyatlar va odob-axloq mezonlarini keltirish mumkin. Lekin biz yuqorida keltirilgan salomlashish odatini izohlash bilan kifoyalanamiz. Sharq xalqlarining salomlashish odatlarining negizida: shu xalqning ruhiy xususiyatlari, o‘zaro munosabatlarining ma’naviy asoslari, bo‘lajak muloqotning xarakteri, o‘zaro hamkorligi yotadi. Qur’oni karimda bu odat qat’iy majburiy burch tarzida belgilab qo‘yilgan: “Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaganingizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad ushbu eslatmadan ibrat olsangiz”. Muqaddas meroslarimizdan biri Qur’ondan keyingi muqaddas diniy-axloqiy manba hadislardir. Hadislarning asosiy mohiyati “savob” va “gunoh” tarzida insonlarning fazilat va salbiy xususiyatlarini sharhlash, da’vat etish va ishontirish orqali beriladi. Hadislarda “savob”ning mohiyatini beruvchi fazilatlar: Ota- ona, keksalarga hurmat, ilmli bo‘lish, hamkorlik, do‘stlik, insonpar- varlik, ayollarni qadrlash, sahovat, rostgo‘ylik, iffat, nonni e’zoz- lash, diyonat, rahm-shafqat, e’tiqod, mehmondo‘stlik, mehr-oqibat, xayr-ehson,tozalik, pokizalik, bilimdonlik, vazminlik, tadbirkorlik, 238 halollik, sabr-qanoat, ishonch, himmat, bardoshlilik, xushxulqlilik, muloyimlik, latiflik, marhamat, to‘g‘rilik, shukur, vafo, saxiylik, sadoqat, sabotlilik, kamtarlik, viqorlilik, salohiyat, hayo, tejamkor- lik, sir saqlash va shu kabilar jamiyat ma’naviy taraqqiyotini belgilovchi axloqiy ma’naviy omillar tarzida namoyon bo‘ladi. Musulmon ma’naviy olamida iymon talablariga zid noaxloqiy xususiyatlar keskin qoralanadi va huquqiy qonunlar bilan man etiladi. Hadislarda taqiqlangan bunday salbiy xususiyatlarni ba’zan “gunoh” ham deb yuritiladi. Bunday salbiy xususiyatlar jumlasiga: o‘g‘rilik, zino, hayosizlik, munofiqlik, yolg‘on so‘zlash, bevafolik, kek saqlash, nopoklik, riyokorlik, xusumat, nohaqlik, hasad, nodonlik, qotillik, fitna, yolg‘onchilik, g‘iybat, ochko‘zlik, tama- girlik, isrofgarchilik, itoatsizlik, bid’at, xurofot, chaqimchilik, kibr, gina, adovat, hiyonat, baxillik, zulm, maqtanchoqlik, ikkiyuzla- machilik, takabburlik, manmanlik, shuhratparastlik, shoshqaloqlik va boshqalar kiradi. Sharq mutafakkirlari dunyoviy bilim bilan bir qatorda diniy bilimni o‘zlari egallagan holda, umuminsoniy qadriyat tarzida har bir insonda uning mazmun va mohiyatidan voqif bo‘lish kerak, ilm olib aqliy kamol topish kishining yoshligidan va umrining oxirigacha davom etmog‘i lozim degan g‘oyani ilgari suradilar. Barcha guruhdagi ma’naviy qadriyatlarning mohiyatida eng oliy tuyg‘u- insonparvarlik yotadi. Insonparvarlik qadriyati mazmunida musibatli kishiga hamdard bo‘lish, keksalarga, muhtojlarga, ayolmandlarga yordam berish, hojatbarorlik qilish, andishalik, vazminlik, samimiylik, kamtarlik kabi yuksak fazilatlar yotadi. A.Navoiy nazdida ta’ma aralashgan yaxshilik, hikmat, himmat insonning ma’naviy hissiyotiga salbiy ta’sir etuvchi holatdir. Ta’masiz yaxshilik qilish, bu – saxiylikdir. Odamgarchilikning eng yuksak belgisi saxiylik va himmatdir. Demak, insonparvarlik qadriyatining mohiyatida samimiy hojatbarorlik tushunchasi yotadi. Yuksak insoniylikning o‘lchovi burch va vijdon hisoblanadi. Shu boisdan sharq mutafakkirlari vijdon pokligi, oila, ota-ona, ustoz, xalq, farzand burchi haqida olg‘a surilgan g‘oya- larning asosini insonparvarlik tashkil etadi. Mehnat avvalo insonning moddiy ehtiyojini qondirish, qolaversa 239 ma’naviy ongini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. Mehnatsevarlik qadriyatining mohiyatini aqliy va jismoniy ijodiy munosabat ongli va halol mehnat qilib, jamiyatning moddiy va ma’naviy rivojlanishiga ta’sir etish, mehnat natijalaridan rohatlana bilish, o‘zgalar manfaati uchun mas’uliyatni his etish kabi tushunchalar yotadi. Yu.X.Xojib mehnat jaryonida shoshmasdan ishlash, sabrli va ehtiyotli bo‘lish kerak deb ta’kidlaydi. Sharq mutafakkirlari didaktik xarakterdagi ilmiy asarlarida ma’- naviy madaniyatni shakllantirishning shakl, usul va vositalarini umumlashtirilgan holda bayon etdilar. Chunki o‘rta asr pedagogik fikrlar nazariyasi va amaliyoti tarbiyaning insoniy shakl va usullariga tayangan. Ta’lim-tarbiya berishning vositasi esa amaliyot bo‘lib hi- soblangan edi. Bu qoida ayniqsa Ibn Sinoning tibbiy risolalarida, “Donishnoma” asarida, Kaykovusning “Qobusnoma”, Yu.X.Xojib- ning “Qutadg‘u bilig”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston”, A.Navoiy- ning “Hayrat-ul abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlariga bevosita taaluqlidir. Bir so‘z bilan aytganda, mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin etdilar va targ‘ib qildilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy omillarni yuksak baholadilar. Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qad- riyatlar ruhida tarbiyalash zamon talabi bo‘lib kelmoqda. Buning uchun esa ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida jumladan umumiy ta’lim maktablarida xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ti- liga, diniga, ruhiyatiga asoslanib kelajakka ishonch, mehr-oqibat, in- sof, sabr-qanoat, adolat, ma’rifat, insonparvarlik, iymon, e’tiqod, mehnatsevarlik tuyg‘ularini har bir yosh ongiga singdirish talab etiladi. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling