Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
2.Milliy tarbiya va uning mazmuni
“Milliy tarbiya” tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, uning milliy qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy faoliyat; umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va 240 mos betakror shakli; xalq va uning madaniyatini saqlab qolish, tiklash va rivojlantirishdan iborat. Milliy tarbiyaning manbai - milliylikdir!. "Millat", "milliylik", "milliy g‘urur", "milliy odob", "millatlararo muloqot madaniyati" tushunchalarining o‘zagini arabcha "mil" so‘zi tashkil qiladi. Bu so‘z arabchada "o‘zak", "'tub mohiyat", "negiz" ma’nolarini anglatadi. "Millat" so‘zi esa bir necha ma’noni; 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi: 3) xalq ma’nolarini anglatadi 1 . "Millat", "milliylik" tushunchalarining talqini bilan tanishar ekanmiz, ularning g‘arbona va sharqona tarzlari bor ekanligini ko‘- ramiz. Aniqrog‘i, g‘arbiy talqin xristian, sharqiy talqin esa islomiy o‘zbeklarga borib tutashadi. Ya’ni Ovro‘po xalqlari tillariga "millat" tushunchasi lotincha "natio" - qabila, xalq sifatida xristian dini bilan birga kirib kelgan bo‘lsa, Osiyoga esa Islom ta’limoti orqali yuqoridagi uch xil ma’noda kirib kelib singdi. Milliy tarbiya mazmunini eng yaxshi o‘zbek oilalarida amal qilingan va amal qilinib kelinayotgan tarbiya mazmuni va mustaqillik sharoitida davlat, jamiyat maktab tarbiyasiga qo‘ygan talablardan mujas- samlangan fazilatlar hosil qiladi. Muayyan fazilatlarning izchil, turli vaziyatlarda, turli vositalar yordamida singdirilib, tuzatilib, takomillashtirilib borilishi pirovard natijada davlat va jamiyat, oila, mahalla, maktab uchun namunaviy o‘quvchi, o‘g‘il-qiz axloqini hosil qiladi. Milliy tarbiya mazmunini quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalar uyg‘unligini pedagogik ta’minlash tashkil qiladi: • katta-yu kichik bilan avval salomlashib, keyin so‘z boshlash; • ota-onaga mehrlilik; • nafaqat yoshi ulug‘larni, balki o‘zidan kichiklarni ham samimiy izzat qilish; • boshqa millat bolalarini ham xuddi o‘zidan millatparvar bilib, hurmat bilan e’zozlovchi, ularning milliy madaniyatiga samimiy qiziqish; • nohaqlik va axloqsizlikni ko‘rsa xoh katta, xoh kichikni noto‘g‘ri ishlardan qaytarib, insofga chaqira olish; 1 Farhangi zaboni tochikiy (Az asri X to ibtidoi asri XX). 2 child. 1 child. Sovetskaya entsiklopediya. – M.: 1969.-689 b. 241 • jamoat transportida o‘zidan katta va kichikka izzat ko‘rsatish; • o‘zi mansub jamoa muammolariga tegishli yig‘ilish, majlis, xayriyalarda faollik; • yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi narsalarni yo‘ldan olib qo‘yish; qanoatlilik; xalqlar, millatlar orasidagi fitna-fasod, jaholatga qarshi turish; • umummilliy jipslikni hamshaharlik, mahalliychilikdan ustun qo‘ya olish; • o‘zining tabiatga, jamiyatga, o‘ziga bo‘lgan munosabatlarni “yaxshi niyat”, “yaxshi so‘z”, “yaxshi ish” asosiga qura olish, tavozelilik, ochiq chehralik; • inson umri, vaqtini qadrlash; • gunoh, xato qilsa, kechirim so‘ray olish; • o‘zining yetti pushti tarixini mufassal aytib bera olish; • barcha qarindoshlarining yaqinlik darajalari va nomlarini bilish va ularga mehrini namoyish qilish; • sinfdoshi, o‘rtog‘i oilasida noxush voqea sodir bo‘lganida, bemor bo‘lganida albatta borib, hol-ahvol so‘rash; • tanishlari, do‘stlari, notanish bolalar arazlashganda ularni yarashtirishga harakat qilish; • birovning shodligidan shodlanish, qayg‘usiga hamdard, sherikligini bildira olish; • (o‘g‘il bolalar uchun) qiz bolalarni har tomonlama nozik deb e’zozlash, ularga o‘z hurmatini amalda namoyon qilish; • (qiz bolalar uchun) o‘g‘il bolalarni g‘ururli, mard, shijoatli deb bilish, ularga o‘z hurmatini bildirish; • aka va opani ota-ona kabi izzat qilish; • bir marta ko‘rishgan kishining ismini so‘rab qo‘yish va esda saqlash; • vafot etgan yoki o‘zi shu yerda yo‘q kishi haqqiga g‘iybat va tuhmatdan xazar qilish; • Unga ishongan kishining sirini saqlay olish; • “Yomon” deb nom chiqargan bolalardan o‘zini tuta olish; 242 • yaxshi kishilarga havas va taqlid qilish; • birovning aybiga kulmaslik, yuziga solmaslik; • kek saqlamaslik; • badavlat kiyingan bola qarshisida o‘zini xor tutmaslik, kambag‘al kiyingan bola oldida kekkaymaslik; • o‘g‘il bo‘lib qizlarning, qiz bo‘lib o‘g‘illarning kiyimini kiymaslik; • milliy axloq va sharoitga xilof xatti-harakatlardan tiyilish; • o‘ziga topshirilgan ishni oliy darajada bajarishni ilohiy e’tiqod darajasida tushunuvchi; • sinab va o‘rtaga Allohni qo‘yib do‘st bo‘lish, millat, vatan manfaatlariga zid harakat qilgan do‘stidan kecha olish, ota-onasi lozim ko‘rib bergan ovqat, kiyim-boshga qanoat qilish; • balog‘atga yetgach, g‘usl qilish; • nonni ilohiy darajada e’zozlash; • ona tilida sof fikrlash, so‘zlash; • uyat, xarom so‘zlarni hech qachon, hech qayerda, hatto urishgan paytida ham tiliga keltirmaslik, kattalarning ijobiy-axloq namunalarini diqqat bilan kuzatish va asta-sekin o‘z xatti- harakatlarida namoyon qila borish; • har bir jiddiy ishni ota-ona bilan maslahatlashgan holda boshlash, o‘z tarixi haqida allomalari, xizmatlari haqida, minnatdorlik bilan hikoya qilib bera olish; • milliy madaniy yodgorliklar tarixini yaxshi bilish va ularni asrashga xizmat qilish; • savdo-sotiq, bozor munosabatlarida insofli, chaqqon, jur’atli bo‘lish; • milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘zlashtirish, ijtimoiy- siyosiy voqealarga tarixiy nuqtayi-nazardan turib mustaqil munosabat bildira olish; • kitobxonlik; barvaqt uyquga yotib, barvaqt uyg‘onish; • sabrli, andishalilik; • o‘z kelajagiga taalluqli masalalar bo‘yicha mustaqil, yoshiga mos fikr yurita olish va h.k. 243 Axloqiy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri hadisdir. Chunonchi, Qur’oni karim oyatlari mazmuni, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Hadislari, sharq allomalari va faylasuf- larining kitoblari tarbiyamizning manbai bo‘lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha qirralarini, hatto mayda jihatlarigacha qamrab olgan. U go‘daklarni emizish- dan tortib, qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib, ko‘cha-ko‘yda, kattalar qoshida o‘zini qanday tutish lozimligining barcha jihatlarini o‘z ichiga olgan. Eng asosiysi, islomiy odob farzandlarning halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchan, katta- larni, ayniqsa, ota-onani hurmatlash ruhida tarbiyalanishni shart qilib qo‘ygan. Payg‘ambar alayhissalom Hadislarida: “Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini ham yaxshilanglar!” “Hech bir ota o‘z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera olmaydi”, deyilgan. Yana bir Hadisda esa: “Mo‘min kishiga berilgan narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulqdir”, deyilgani bejiz emas. Bobokalon- larimiz hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar va o‘z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali bo‘lishi uchun kurashganlar. Yoshlarni tarbiyalashda “Mening bolam”, “Sening bolang” deb ajratishmagan. Tarbiya berish hammaning vijdoniy burchi, deb qaralgan. Payg‘ambar alayhissalom Hadislarida yana shunday deyilgan: Masalan: Munofiqlikning belgisi 3 tadir 1) Yolg‘on so‘zlash 2) Va’daning ustidan chiqmaslik 3) Omonatga hiyonat qilish Tangri nazarida eng yaxshi gap-rost gapdir. Yana xadislarda, halokatga olib boruvchi 7 xil gunohdan saqlaning deyilgan: 1. Tangriga shak keltirmaslik 2. Sehr ishlari bilan shug‘ullanmoq 3. Birovni nohaq o‘ldirmoq 4. Sudxo‘rlik 244 5. Yetimlar molini yemoqlik 6. Vatan mudofaasi uchun bo‘layotgan urushdan qochmoq 7. Erli, mo‘mina, iffatli ayollarni fohisha deb haqoratlamoq. Umuman Sharq xalqlarida odob-axloq, izzat-hurmat, xayo- andisha uning insoniylik qiyofasini belgilovchi asosiy omildir. Bu haqida rus pedagogi N.Krupskaya shunday deydi: “O‘zi- dan kattalarni hurmat qilishni Sharq, xalqlaridan o‘rganish kerak”. Darhaqiqat, Sharq xalqlarining ibrat bo‘larli ahloqiy fazilatlari benihoyat ko‘pdir. Musulmonlarda ayollarga bepisandlik bilan qaraladi degan bid’atlar bor, holbuki, hadisda onalarni ulug‘lovchi hadislar son-sanoqsiz. Masalan: Jannat onalar oyog‘i ostidadir. Ota ona birdan chaqirganda, avval onaga 3-marta “labbay” deb javob berib, so‘ng otaga javob berish kerak. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling